Rivojlantirish strategiyasi
Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
2. Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar
“Qadriyat” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida esa “qiymat”, “ahamiyat”, “qimmatbaho buyumlar”, “xalq boyligi” degan ma’nolarni anglatadi. Qadriyatlarni odatda moddiy va ma’naviy, umuminsoniy va milliy, ijtimoiy-siyosiy, diniy, shaxsiy-individual shakllarga ajratib o‘rganiladi. Moddiy qadriyatlar-bu odamzod uchun zarur va ahamiyatli bo‘lgan tabiiy muhit, undagi shart-sharoitlarning qulayligi, jamiyat hayotini ta’minlaydigan iqtisodiy omillarning mavjudligi bo‘lib, u o‘z ichiga uy-joy, mehnat qurollari, mehnat ashyolari va boshqalarni qamrab oladi. Ularning barchasi odamzotga moddiy in’om va ma’naviy kuch beradi. Ma’naviy qadriyatlar-bu inson ma’anviyati va ahloqiy qiyofasiga, jamiyatning ma’anviy hayotiga daxldor bo‘lib, odamlarni tarbiyalashga, ularning barkamolligini ta’minlashga, millatlar va jamiyatni ezgulik va bunyodkorlikka undashga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimi hisoblanadi. Mazkur tushunchada ma’anviy qiyofa, tafakkur va turmush tarzi, o‘zgalarga nisbatan munosabat, tinchlik va totuvlik, barqarorlik va bunyodkorlikka intilish va hokazolarning qadr-qimmati yaqqol namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari xilma-xildir. Jamiyat tarixining hamma davrlarida odamlar eng oliy qadriyatlarga intilib yashaganlar. Kundalik hayot va ilmiy adabiyotlarda eng oliy qadriyatlarga nisbatan qator ibora va tushunchalar keng qo‘llaniladi: ma’anviy va ahloqiy poklikning umuiy belgisi-yaxshilik, nafosat belgisi-go‘zallik; bilim va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi-haqiqat; inson huquqlarining oliy ifodasi-erkinlik va tenglik; mafkura va siyosatning to‘g‘riligi-odillik; odamlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar-do‘stlik; eng xokisor va beg‘araz tuyg‘ular asosidagi qalblar bog‘langani-muhabbat; orzu-umidlarga erishganlik-baxt-sadoat; o‘z yurtini sevmoqlik va ardoqlash-vatanparvarlik va hokazo. Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat va elat, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuidan iborat. Qadriyatlar muammosi XIX-asr oxirida G‘arb falsafasida alohida yo‘nalish sifatida paydo bo‘ldi. Bu sohani o‘rganadigan fan tarmog‘i aksiologiya vujudga keldi. Bu yerda “axio-qadriyat”, “logos-ta’limot” demakdir. Bu muammo bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Milliy qadriyatlar-millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘zida ifoda etadi. Mintaqaviy qadriyatlar - iqtisodiyotni, madaniyatni, tarixni, tilni, dinni, urf-odatni, an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatiga xizmat qiladigan ijtimoiy-tabiiy hodisalar majmuidan iboratdir. Umuminsoniy qadriyatlar-barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarini o‘zida ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar : -Ilm-fan taraqqiyoti -Tinchlik -Qurollanish poygasini to‘xtatish -Kasalliklarni oldini olish -Tabiat muhofazasi -Savodsizlikka barham berish -Energetika -Oziq-ovqat ilan ta’minlash -Koinot va okean resurslarini o‘zlashtirish va boshqalar kiradi. Ilg‘or qadriyatlar jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishiga, respublikamizni jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilishiga astoydil xizmat qiladi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy muammolarni hal etishga to‘sqinlik qiladigan hodisalar reaksion qadriyatlarga kiradi. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimizdir. Ularni avaylab-asrash, ya’ni qadriyatlarni qadrlash va muhofaza qilish barchamizning insoniylik burchimizdir. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling