Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet12/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

NAZORAT SAVOLLARI:


1.Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari to‘g‘risida gapirib bering.
2.Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning
gumanistik mohiyati nimalardan iborat?
3.Milliy mafkuraning tarixiy ildizlari deganda nimani tushunasiz?


3-mavzu. JAMIYAT MAFKURASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

Reja:

1.Jamiyat mafkurasi tushunchasi
2.Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar
3.Qadriyatlarning amiyat rivojiga ijobiy ta’siri



  1. Jamiyat mafkurasi tushunchasi

Jamiyat -(arabcha-“umumiy”) tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. Odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikni, ob‘yektivlik va sub‘yektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha. Jamiyat g‘oyat murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, u odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy munosabatlarning, tarixan tarkib topgan oila, jamoa, millat, din, davlat, ahloq va h.k.larning majmuidir


Jamiyat mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi.
Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar.
Ikkinchidan, qayerdaki g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona g‘oya asosida bo‘lgan mafkuralar ta’siri uchun sharoit mavjud bo‘ladi. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir.
Binobarin, milliy mafkurahar qanday xalqni-xalq, millatni - millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq-ravshan charog‘on etadigan mayoqdir.
Darhaqiqat, jamiyatimiz mafkurasi, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’no-mazmunini belgilab beradi.
“Avesto”da aks etgan Zardushtning “Ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, so‘z va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih so‘z va qabih amaldan yuz buraman”, degan hikmatli so‘zlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu o‘lmas g‘oyalar keyinchalik paydo bo‘lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi.
Demak, bu kitob o‘z davrida shakllangan g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan jamiyat mafkurasi edi.
Har qanday jamiyat o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy, ta’lim-tarbiya kabi muammolarni o‘zida aks etiradi va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.
Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‘zini qurshab olgan olamdagi o‘zgarishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda, ularning ta’sirisiz yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyati tufayli sodir bo‘lgan turli hodisa va jarayonlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyo qarashiga ta’sir etadi.
Hayotda maqsadi, yuksak g‘oyasi, ezgu orzu-intilishlari bo‘lmagan inson va jamiyat a’zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma’naviy yuksaklikka erishishi qiyin. Ayrim yovuz kuchlar ta’sir o‘tkazish orqali o‘z g‘arazli niyatlariga yetish maqsadida foydalanishlari mumkin. Shu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o‘z maqsad-muddaolarini ifoda etadigan manfaatiga zid bo‘lgan zararli va begona g‘oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o‘z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g‘oyaga ehtiyoj sezadi.
Binobarin, g‘oya muayyan millat va xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy g‘oya ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o‘zida mujassamlashtiradi. U o‘zining hayotbaxsh hoyalari, buyuk maqsadlari bilan o‘z kuch-g‘ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini buyuk g‘oyalar yo‘lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, yer yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan.
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‘ladi.
Darhaqiqat barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan.
Shuning, uchun ham g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
Shu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim o‘rin tutadi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo, insonning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‘liq. Chunki, insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko‘zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi.
Shu sababli ham milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o‘rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan.
Milliy g‘oya quyidagi qadriyatlarni e’tirof etadi va ulardan oziqlanadi:
-Qonun ustivorligi;
-Inson huquqlari va hur fikrliylik;
-Turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahimjihat yashash;
-Diniy bag‘rikenglik;
-Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;
-O‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va hokazo.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy mafkuramiz jamiyatimiz milliy taraqqiyotining yangicha mazmundagi “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish va amalga oshirishda uyg‘un tarzda harakat qilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Chunki milliy g‘oya va mafkura doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lsagina, jamiyatimizni buyuk kelajak sari yetaklib boruvchi ma’anviy kuchga aylanadi.



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling