Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.mavzu. G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI
- 1.G‘oyalarning xilma-xilligi
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Jamiyatda mafkuraning tutgan orni tog‘risida gapirib bering. 2.Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi deganda nimani tushunasiz? 3.Qadriyatlar jamiyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 4.mavzu. G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI Reja:
1.G‘oyalarning xilma-xilligi
G‘oya-aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida-maqsad, intilish, niyat degan ma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, ob‘yektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining ob‘yektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil qiluvchi odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr; biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, o‘y, niyat, maqsad degan ma’nolarni anglashtish uchun ishlatiladi. G‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi degan savol bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan yo‘q. G‘oya bilan g‘oyaning bir-biriga o‘xshamasligi va ular o‘rtasida farq bo‘lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak. Lekin, ma’lum bir g‘oya va mafkurani jamiyat a’zolari ongiga majburan singdirish va rioya qilishni barchasidan talab qilish-jiddiy xatodir. Yer yuzidagi barcha insonlar o‘z fikr-mulohazalariga ega bo‘lib amaliy faoliyat yuritadilar. Shu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma-xildir, deydi. Tabiiyki, mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy turli-xillik (plyuralizm) hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olishi uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga va ularni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratadi. Umummilliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va orzu-umidlarini ifoda etadi, shu sababli ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ladi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Ammo, fikrni erkin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq-ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining oqibati uchun ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi zarur. Tarixan ma’lumki, jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, oliyjanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Shu narsani unutmaslik kerakki inson va jamiyat bor ekan, ezgulik g‘oyalarining ziddiyatli bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik rivojlanishi va farovonlik g‘oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari intilishlarini to‘xtata olmaydi. Ezgu g‘oyalar odamlarni faqat olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrga aytiladi. Xulosa sifatida shuni alohida aytish zarurki O‘zbekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda. Bu mafkura mustaqillik yillarda erishgan g‘alabalarni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizni baxtli kelajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz-uni asrash har birimizning vazifamizdir. Shu ma’noda, milliy g‘oya har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongimiz, dunyo qarashimizini tarkibiy qismidir. Muayyan g‘oya tom ma’noda g‘oya bo‘lishi uchun kishilar ongini egallashi, to‘g‘rirog‘i, ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g‘oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. Boshqacha aytganda, omborxonadagi keraksiz buyumlar kabi ongimizning bir chetidan joy olib yotaverishi mumkin. Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarining sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq anglash mumkin. Hozirgi paytda ham g‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga eng avvalo, “bo‘lib tashla va hukmronlik qil”, degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur. Bu tamoyilni ro‘yobga chiqarishning birinchi yo‘li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg‘otish, o‘z nog‘oralariga o‘ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo‘lgan harakatlarda namoyon bo‘ladi. Bu yo‘lda diniy omildan foydalanishlar kuzatiladi. Ana shu holat ham “maqsad vositani oqlaydi” degan aqida g‘arazli geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganligini ko‘rsatadi. Nega kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Chunki g‘oya faqat inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda jahon miqyosida nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda. Chunonchi, yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi har xil go‘yalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Odatda, poligon deganda, qurol aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada mashq va tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Hozirgi paytda uning mafkuraviy maydonga aylanganini va mintaqalararo harakat qilayotganini ko‘rib, bilib turibmiz. Shuning uchun ham hozirgi davr g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan payt mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kuchliroq, ham xavfliroq bo‘lgan davrdir. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling