Rivojlantirish strategiyasi


“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti va asosiy vazifalari


Download 228.95 Kb.
bet4/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

2.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti va asosiy vazifalari

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, ya’ni o‘rganish sohasi g‘oya va maf­kuralarga tegishli narsa, hodisa va jarayonlar turlicha bo‘lib, ular bir tomondan: g‘oya va mafkuralarning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari; bir g‘oya va mafkuraning o‘rniga boshqa bir g‘oya va mafkuraning vujudga kelishi; g‘oya va mafkura tamoyillarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarni o‘rnatish ishlarini tashkil etish; davlatning ichki va tashqi siyosati; jamoat tashkilotlari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar bilan munosabatlari; xalqlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar; ikkinchi tomondan: mafkuralarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; davlat, shaxs, jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan mafkuraviy munosabatlar; qonunchilik, huquq-tartibot;g‘oya va mafkuraga zid hatti-harakatlar; g‘oyaviy mas’uliyat, g‘oyaviy madaniyat, g‘oyaviy tarbiya; mafkuraviy ong, mafkuraviy tafakkur, mafkuraviy munosabat, mafkuraviy faoliyat va h.k.qamrab oladi.


Ijtimoiy fanlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani ham amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy-mafkuraviy amaliyot taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi. U g‘oyaviy-mafkuraviy amaliyot xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezidir.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani hayot tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan vazifalar negizida o‘z xulosa va takliflariga aniqliqlar kiritadi, ularni boyitadi va rivojlantiradi. G‘oya va mafkura har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir.
Mamlakatimiz taraqqiyotida tinchlik, xavfsizlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning shartlari nimalardan iborat ekanligini tushuntirish, yurt tinchligiga har bir fuqaroning ma’sullik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
O‘zbekiston taraqqiyotida inson omili asosiy omil ekanligini, inson omili mamlakatning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishida yangi qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati faqatgina zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashga xizmat qilibgina qolmasdan, yoshlarni ma’naviy yetuk shaxslar qilib, vatanparvarlik, tinchlikparvarlik, ijtimoiy hamjihatlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini targ‘ib qilishdan iborat.
Demokratik tuzum, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan erkin fuqaroni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Bu borada yoshlarda demokratik qadriyatlarni, fuqaro erkinligi va jamiyat, davlat, kelgusi avlod oldidagi mas’ulligi tuyg‘ularini shakllantirish lozim bo‘ladi.
Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalari qanday yo‘nalishlarga ega ekanligi, bunda O‘zbekiston manfaatlari nimalardan iborat ekanligini yoshlar ongiga singdirish va shu orqali milliy manfaatlar ustuvorligini ijtimoiy qo‘llab quvvatlanishiga erishishdir.
Milliy g‘oyaning ob‘yekti sifatida O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e’tirof etish mumkin.
Shuningdek, fanning ob‘yektini O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi. Negaki, O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos shunday milliy-madaniy merosi va qadriyatlari mavjudki, ular mamlkatda yashayotgan har bir fuqaro, oila, xalq va millat hayotining barcha jabhalaridan chuqur o‘rin olgan. Ular orqali shu xalq, millatning “o‘zligini”, “borligini” boshqa xalqlar yoki millatlar o‘xshashligi (umumiyligi) va farqi (ayrimligi)ni anglab olish mumkin. Buning uchun milliy g‘oya jamiyat hayoti sohalari bilan o‘zaro uyg‘unlashmog‘i muhim ahamiyatga ega.
Ana shunday ishonch, e’tiqod, milliy g‘urur, o‘zligini namoyon etish va qadrlash tuyg‘ulari milliy istiqlol g‘oyasini xalqning ishonch va e’tiqodiga aylanganligini ko‘rsatuvchi muhim mezondir.
Milliy g‘oyaning vazifalari umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyiliga to‘la-to‘kis mos kelishi, demokratik erkinliklar va inson huquqlarini saqlashga doir xalqaro andozalarga hamohangligi bilan ham insoniyat tarixidagi ko‘pgina milliy g‘oyalardan farq qiladi.
Milliy g‘oya fuqarolarni g‘oyaviy jihatdan tarbiyalaydi. G‘oya bilan g‘oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma’rifatni farqini anglashga, ma’rifatga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Milliy g‘oya hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini boshqarishni, ularni yana allaqanday “qolipga”, “yagona andozaga” solishga qaratilgan emas.
U fikrlar, g‘oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. Milliy g‘oya erkin fikrni uyg‘otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, o‘zgalar fikrini tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratadi.
Demak, milliy g‘oya “hukmron g‘oya” ga intilishdan mutlaqo begona bo‘lganligi bilan ham boshqa nosog‘lom g‘oyalardan farq qiladi.
Milliy g‘oya voqea-hodisalarni bilish, tahlil etish, ularga baho berishga imkoniyat yaratib, bir qator ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi.
Ular:
- odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlarini shakllantiradi;
milliy totuvlik, hamjihatlikni eng katta g‘oyalardan hisoblanishi, nosog‘lom, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik deb ataladigan illatlardan holi bo‘lish;
- yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy qarashni, milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish;
-jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun mas’ullik, yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlash.
-istibdod davri asoratlarini bartaraf etishda ko‘maklashadi.
Demak, yangicha fikrlaydigan, mute’lik tuyg‘usidan holi bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.
G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G‘arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi “idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadimda u “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma’nolarni anglatar edi.
Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va xilma-xil ma’noda ishlatilgan.
Masalan, Platon “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi ta’limotida, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi deb talqin etadi. Demokrit esa olam tarkibidagi eng mayda va bo‘linmas zarra-atomlarni ideyalar deb atagan, Gegel fikricha esa ideya-barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.
Keyinchalik “g‘oya” va “mafkura” tushunchalarining mazmuni va ko‘lami kengayib borgan. Katta-katta hududlarda yashaydigan xalqlarni birlashtiradigan g‘oya va mafkuralar paydo bo‘lgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi:-strategiya nima?
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, deganda nimani tushunish kerak?
“Strategiya” so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib qo‘mondonlik sa’nati deb tarjima qilinadi. U dastlab harbiy tushuncha sifatida ishlatilgan, keyinchalik boshqa sohalarni ham boshqarishda uzoq muddatga mo‘ljallangan reja, asosiy maqsad va unga olib boradigan dastur ma’nolarida ishlatilib kelingan.
Shuning uchun uzoqni ko‘zlab rejalar tuzuvchi va uni mohirona amalga oshiruvchi siyosatchilar strateg, deb ataladi. Strategiyaning davlat strategiyasi, harbiy strategiya, iqtisodiy strategiya, ijtimoiy strategiya va boshqa ko‘rinishlari bor.
Aslida, davlat strategiyasi ma’lum bir tarixiy rivojlanish bosqichida biror ijtimoiy qatlamning mamlakat rivojlanish yo‘lini belgilashidir.
Davlatning strategik vazifalariga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar faoliyatini belgilash va shaxsiy tashabbus rivoji uchun sharoit yaratish, xavfsizlikni ta’minlash, har kimga huquqiy erkinlik va mulkka egalik qilishni ta’minlash, jamiyatda axloqiy qarashlarni rivojlantirish va boshqalar kiradi.
Agar davlat strategiyasi xalqni, millatni rivojlanishiga, farovonlikka olib kelsa, u milliy strategiya deyiladi, aks holda, aksilmilliy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling