Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


 MS Accessda ma’lumotlar omborini tashkil etish


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

3. MS Accessda ma’lumotlar omborini tashkil etish
Ma'lumotlar deb ma'lum bir shaklga qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash, 
va uzatish uchun yaroqli bo'lgan voqelikka aytiladi. 
Borliqni ma'lum bir sohasi bo'yicha birlashtirgan ma'lumotlar to'plami ma 
'lumotlar ombori deb yuritiladi. 
«Ma'lumotlar ombori» deyilganda ma'lum bir obyekt holatini aks 
ettiruvchi o'zaro bog'langan ma'lumotlar to'plamining avtomatik tarzda 
ishlashini ta'minlovchi tizim tushuniladi. 
Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma 'lumotlar 
majmuasi bo 'lib, ko 'rilayotgan ob 'ektlarning xususiatini, holatini va ob 'ektlar 
o'rtasidagi munosabatni ma 'lum sohada tavsiflaydi Ma'lumotlar omborini 
boshqarish sistemasi deb, ma'lumotlar omborini yaratish, ishlatish va ko'pchilik 
foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanishni ta'minlovchi tillar hamda 
dastur ta'minotlari to'plamiga aytiladi.
Ma’lumotlarning turlari 
Kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o‘z ichiga turli kasb egalariga 
kerakli bo‘lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng 
asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har 
qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli yetarlidir, 
chunki foydalanuvchiga yetkazilmoqchi barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan 
iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchi yana ikkita 
ma’lumot turi – sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.


Ma’lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy 
uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», 
«10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili 
ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina 
songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan 
chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar 
tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki 
o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 
30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan 
matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy 
tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. 
Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami 
(raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati 
katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar 
Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE 
(yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror 
obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» 
(TRUE) 
yoki 
«lampa 
o‘chirilgan» 
(FALSE). 
Mantiqiy 
ma’lumotlarning 
informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi 
telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha 
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri 
keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli 
ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.


Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), 
tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash 
jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda 
elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror 
element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. 
Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling