Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

Nazorat savollari: 
1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.


2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz? 
5. Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab qanday turlarga 
bo`linadi 
12-MA’RUZA 
MS Access dasturida ma’lumotlar omborini tashkil etish. 
 
Reja: 
1. Ma’lumotlar ombori. 
2. Ma’lumotlar omborining turlari. 
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil 
etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, 
ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan 
ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga 
mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ) ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun 
maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda 
amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi 
kengayganligi (40-60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar 
omborini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi 
ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar 
(ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday 
foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi 
dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki 
u haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-birdan jiddiy farq 
qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab 


chiqarilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori 
uchun mo‘ljallangan dasturlar aaviapassajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun 
umuman yaroqsizdir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni 
ko‘rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo‘lgan biror ma’lumot (hodisa yoki holat 
tahlili) berilgan darslikni yo‘q deylik. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon 
muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta’lim kutubxonaga 
borasiz (bu yerda kitob ma’lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz 
brogan paytdanoq kutubxona ma’muriyati kitobni (agar u kitob kutubxonada 
mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan 
erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, 
ma’muriyatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan 
o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati 
beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma’lumotlar omboridan foydalanish 
uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui – ma’lumotlar omborini 
boshqarish tizimi yaratiladi.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va 
bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi.
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida 
saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini 
boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
 Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot 
turidan qat’i nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.
 Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi 
talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish. 
 Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilgan ma’lumotlar 
omborining qayta tiklanish qobiliyati.
 Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsat (sanksiyasiz) 
foydalanishning cheklanganligi.
 Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir 
vaqtda necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.


Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki 
tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga bo‘lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli 
dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini 
tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta’minlaydi:
muammoli — yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
— oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
— murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
— shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari boshqa vositalarni 
yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan 
ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), 
«Elektron jadvallar» va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. 
Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari 
keyingi o‘rinda turadi.
Muayyan yo‘nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar 
tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularni foydalanuvchining tizim bilan muloqoti 
asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko‘riladigan tipik 
vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling