Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

Dasturlash tillarini sinflash. 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi masalalarning xususiyatlariga butunlay 
mo’ljallangan va aniq bir mashinaga bog’liq bo’lmagan yuqori darajadagi 


dasturlash algoritmik tillarining paydo bo’lishi hamda ularning rivojlanishiga olib 
keladi. Mazkur tillarning imlosi, so’z boyligi dastur bilan ishlaydigan insonga 
(dasturchiga) ham, kompyuterga ham bir xilda qulay qilib tanlanishi kerak. Yuqori 
saviyadagi dasturlash tillariga Algol, Fortran, PL/1, Paskal, Simula va boshqa juda 
ko’p tillar misol bo’la oladi. Kompyuter dasturda beriladigan buyruqlar ketma – 
ketligini oson talqin qilishi va bajara olishi kerak. Demak, dasturlash tilini inson va 
mashinaning muloqot vositasi, deb hisoblash mumkin.
Dasturlash tili quyidagi afzalliklarga ega: 
- U jonli tilimizga o’xshash bo’lib, uni o’rganish oson;
- Bu tilda yozilgan dastur mashina tilidagidan qisqaroq bo’ladi; 
- Dastur yozishga kamroq vaqt sarflanadi va kam xatolikka yo’l qo’yiladi; 
- Yozilgan dasturni ixtiyoriy dasturchi o’qiy oladi;
- Dasturlash tili mashina turiga bog’liq emas.
Demak, dastrulash (yuqori saviyadagi) tilida dastur tuzish qulayroq, 
osonroq va buning uchun aynan bir mashina (quyi saviyadagi)tilini bilish shart 
emas ekan.
Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin, 
shuni aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o’zining darajasi va qo’llash 
sohasiga ega. Ba’zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishga ishlatiladi. 
Bunday tillar universal tillar, deb ham ataladi. 
Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini bilish 
ham talab qilinadi.Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi.Biror 
masalani kompyuterda yechish uchun,avvalo,uning algoritmi tuzulishi va bu 
algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosida 
yozilishi kerak bo’ladi.Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo’lgan 
ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan.Kompyuter uchun dastur tuzish 
jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.Hozirgi kunda 
hisoblash,muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va 
boshqa masalalarni yechish uchun yuqorish darajadagi dasturlar tillari mavjud 
Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo'lib, FORmyla TRANslator –
formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muxandis - texnik 
masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. 
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til 
degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi. 
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge - 
savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til degan ma'noni anglatadi. Korxona va 


tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga 
olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun ishlatiladi. 
Pascal - 1969 yilda Syurix texnika universiteti professori N.Virt tomonidan 
yozilgan. Pascal tili 1971 yilda elon qilingan bo’lib, fransuz olimi Blez Paskal 
nomiga qo’yilgan bo’lib, talabalarga dasturlar tuzishni o’rgatishga mo’ljallangan. 
Keyinchalik bu dastur
 Amerikaning borland firmasi tomonidan qayta ishlangan va uni turbo pascal 
dasturlash tili deb nomlangan. turbo pascalni qayta ishlash natijasida ob’yektli dasturlash yo’lga qo’yildi 
va uni object pascal deb atala boshlandi.
hisoblash texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida borland firmasi tomonidan yangi delphi 
dasturlash tili yaratildi

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling