Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

 
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita 
EHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, 
grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish 
mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli 
hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda emas, balki elektron ko’rinishda yaratadi - 
tasvirning elektron nusxasi yaratiladi. 
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo’g’ini va 
istalgan «Elektron stol» ning kerakli elementidir. O’z faoliyatining natijalarini 
fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik 
anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini 
yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin. 
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash 
mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi. 
 
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. Shtrixli 
tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. 
Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish 
imkonini beradi. 
 
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. 
Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: 
skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket 
yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos 
signal alohida qayta ishlanadi. 
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 
16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. 
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan 
nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi. 
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi. 


Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi. 
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib 
turadi [5].  

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling