Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab
siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori
kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki
skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi
oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past
narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).
Masalan, Mustek GS-400L - oq-qora nim rangli, CG-8400T-rangli.
Planshetli skanerlar eng ko’p tarqalgan; ularda
skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik
siljiydi; ular ham varaqli, ham
risolalangan
(broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash
imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4
O’lchamli) 2-10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan
Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa
firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak,
u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi
interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) ega, 4096
rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi
kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin
skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin
pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi.
Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl
ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |