Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

HTML (Hyper Text Markup Languagegipermatn belgilash tili) WWW tizimi 
uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari orqali matnlarning shaklini 
ishtagancha o‘zgartirish, ya’ni matnning ma’lum bir qismini ajratib olib, boshqa 
faylga yozish, rangli tasvirlarni qo‘yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan 
bog‘laydigan gipermatnli aloqalarga ega.
WWW - «Jahon o‘rgimchak to‘ri» aloqa tarmog‘i (qisqacha Web) tizimida 
ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli 
hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi 


mamlakatning serverida turishidan qat’iy nazar) tezda o‘tish imkoniyatini beradi. 
Matnlar bilan bir qatorda WWW hujjatlarida multimedia ma’lumotlarni ham 
ko‘rish mumkin. Matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham beruvchi 
hujjatlar gipermedia hujjatlari deyiladi.
Multimediakompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, 
matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan 
musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar, hatto videofilmlar 
bilan ishlashdir.
Sayt – grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari 
ko‘rinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir.
 
 
Nazorat savollari: 
1. Internet qachon paydo bo’lgan? 
2. Multimediya nima? 
3. Sayt nima? 
4. WWW- nima? 
5. HTML-nima? 
6. Protokol nima? 
44-ma’ruza 
Web manzillar. URL manzili 
 
Reja: 
1. WEB-sahifalar haqida tushuncha 
2. Web manzillar
3. Url manzili 
Hozirgi paytda ko’pgina tashkilotlar to’liq tushunib yetdilarki, internetda 
o’z Web-saytlarini tashkil etmaslik u bu kiberfazoda mavjud bo’lmaslikka olib 
keladi va demak, bunday tashkilot rivojlanishdan ancha orqada qoladi. Shuning
uchun ham turli xil mamlakatlarning ilgor intelligensiya vakillari internetni 


insoniyat jamiyatining yangi informasion yashash muxiti deb tushunadilar va bu 
bilan unchalik katta xatoga yo’l qo’ymaydilar, albatta.
Kerakli ma'lumotlarni ko’rishning gipermurojaat deb ataluvchi usul bilan 
kompyuter tarmoqlarida joylashtirish WWW-World Wide Web-Jahon axborot 
tarmog’i (butun dunyo o’rgimchak to’ri-vsemirnaya pautina) deb atalgan. 1989 
yili CERN (Evropa elektron zarralar fizikasi labaratoriyasi) tadqiqotchilari 
tomonidan turli ilmiy guruhlar orasida o’zaro aloqani tashkil qilish maqsadida ish 
boshladilar. 1993 yildan boshlab WWW Internet ning eng ommaviy resurslaridan 
biriga aylandi.
WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma'lumotga yetib borish va uni ko’rish 
imkoniyati bor. WEB sahifalar HTTM - "gipermatnlarni belgilash tili"da yozilgan 
hujjat sifatida tayyorlanadi. Kalit so’zlar deb nomlangan so’zlar orqali boshqa 
ma'lumotlarga murojaat qilish-gipermurojaat deyiladi.
Bunday giperalohalar faqat so’zlar emas, balki tasvirlar, grafiklar va ularning 
qismlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Gipermatnli hujjatlarni qidirish, topish 
va ekranda tasvirlash uchun sharxlovchi-brouzerlardan foydalaniladi. 
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML- hujjat deb ataladi. 
Agar bu hujjat Internet orqali tarqatilsa WEB-hujjat, undan foydalanish haqida gap 
borsa WEB-sahifa deb ataladi.Bitta muallif yoki WWW ga tegishli bo’lgan bir 
gurux o‘zaro "giperbog’lanishlar" bilan aloqador bo’lgan WEB-sahifalar majmuasi 
WEB uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi. 
Web - Internet tarmoqlarida joylashgai fayllar to’plami bo’lib, ularning soni soat 
sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarning turli xillarini: matn, 
grafik, tasvirlar, video, audio ma'lumotlarini uchratish mumkin. 
Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus 
nomlar va yangi terminlar bo’lib, ularni qisqacha tushuntirib o’tish maqsadga 
muvofiqdir.
Element (element) HTML tilining tuzilmasi bo’lib, har qanday Web- sahifa 
shunday elementlar to’plamidan iboratdir. Gipermatn tashkil qilishning asosiy 
g’oyasi elementlarning bir biriga
bog’liqligini ta'minlab berishdir.

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling