1-ilova
NASHRIYOT TIZIMLARI.
Kichik
nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari
hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali
bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak
bosma
mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish
va tahrirlashdan to
maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha
turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol -
Page Maker, Ventura Publisher, Post
Script, QuarkXPress, TEX, LATEX
Ventura Publisher- gazeta va jurnallar
matnini terish va
chop etishga mo’ljallangan
TEX va LATEX - turli formulali matnlarni (masalan,
matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda
keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi yordamida qo’lyozmani
kiritish,
tahrirlash, qo’lyozmani o’qib chiqish, maxsus simvollar
bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni
bajarish mumkin.
2-ilova
“PINBORD” TEXNIKASI
Pinbord (inglizchadan: pin-mahkamlash, board-yozuv taxtasi) munozara
usullari yoki
o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.
O’qituvchi:
Taklif etilgan muammoni yechishga o’z nuqtai nazarini bayon qiladi.
Ommaviy to’g’ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
O’quvchilar:
Fikrlarni taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko’p maqbul
g’oyalarni tanlaydilar va ularni qog’oz varag’iga asosiy so’zlar ko’rinishida (2
so’zdan ko’p bo’lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar
Guruh a’zolaridan 2-3 ta vakil doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:
Aniq xato yoki qaytariluvchi g’oyalarni saralaydilar;
Tortishuvlarni aniqlaydilar;
G’oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar;
Shu belgilar bo’yicha hamma g’oylarni yozuv taxtasida guruhlayfilar
O’qituvchi:
Umumlashtiradi va natijalarni baholaydi.