2.3. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.
40320201 – Kutubxonashunoslik kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:
kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
2.4. O‘qishga qabul shartlari.
O‘qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi
3.1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:
Axborot kutubxona muassasalarida kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, nashrlarni qabul qilib olish va joylashtirish, elektron katalogni yuritish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish, kataloglar bilan ishlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritish kabi ishlarni mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish.;
3.1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat ob’yektlari:
3.1.1. Axborot kutubxona muassasasining kutubxonachisi kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
-Axborot-kutubxona markazi
-Axborot-resurs markazi
-Kutubxonalar
3.1.2. Elektron kutubxonalar kutubxonachisi kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
-Elektron kutubxonalar
-Axborot-resurs markazining elektron kutubxona bo’limida
3.2. 40320201 – Kutubxonashunoslik kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:
3.2.1. Axborot kutubxona muassasasining kutubxonachisi kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
Axborot kutubxona muassasalaridan foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish ishlarini bajarish;
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritish;
Kataloglar tashkil etish va yuritish;
Nashrlarga ilmiy va texnik ishlov berish ishlarini bajarish;
Nashrlarni qabul qilib olish va joylashtirish;
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish ishlarini bajarish;
Yangi kelgan adabiyotlarni targ’ib etish;
Muhim va unutimas sanalar uchun bibliografik ko’rsatkichlar tuzish;
Nashrlarga bibliografik tavsiflar tuzish.
3.2.2. Elektron kutubxonalar kutubxonachisi kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
Elektron katalogni tashkil etish va shakllantirib borish;
Yig’ma elektron katalogni yuritish;
Ommaviy tadbirlarga taqdimotlar, kitobxonlar uchun esdaliklar tayyorlash ishlarini bajarish;
Maxsus dasturiy ta’minotlarda ishlash;
Elektron katalog orqali berilgan buyurtmalarni bajarish;
Yangi kelgan nashrlarni elektron shaklga o’tkazish;
Avtomatlashtirilgan ish joylarida ishlash
Kitobxonlarni elektron ro’yhatga olish ishlarini bajarish
Bibliografik yozuvlarni eksport/import qilish;
Yangi ma’lumotlar bazasini yaratish, tizim interfeysi tilini o‘zgartirish, foydalanuvchilarga login va parol berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |