Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga
javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo`lsa, albatta murojat qiling.
Agar sizdan yordam so`rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim:
4-ilova
Daun sindromi bilan xastalangan bolalarning ota-onalari ushbu genetik anomaliyaning sababi farzandlarining har bir hujayrasida bor-yo‘g‘i bitta ortiqcha xromosomaning mavjudligi bilan izohlanishini yaxshi bilishadi
Yangi o'quv materialining slaydli taqdimoti
So‘z hujayralarning bo‘linish jarayonidagi tasodifiy buzilish haqida ketmoqda. Demak xulosa shuki, tabiatning ushbu «o‘yinida» hech kimning aybi yo‘q. Ammo baribir bunday oilada ko‘plab kunlar va oylar o‘zini-o‘zi ayblashga, hech qanday chora ko‘rmaslikka va «tangrining jazosi» haqidagi qayg‘uli xayollarga ketadi.
Agar bolaning rivojlanishi bilan o‘z vaqtida shug‘ullanilsa, u oddiy bolalar qiladigan ishlarning ko‘pchiligini o‘zlashtirishga qodir. Va aynan ota-onalar bu borada unga yordam bera oladigan birinchi kishilardir. Bu haqda Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi NSZD pediatriya ilmiy-tadqiqot institutining bolalar ruhshunoslari Svetlana Borisovna Lazurenko va Olga Borisovna Polovinkina yana bir bor eslatib o‘tishmoqda. Balki ularning maslahati kimnidir garangsish va sarosimalikdan chiqarib, amaliy ishga kirishishga yordam berar
Do'stlaringiz bilan baham: |