Muloqot qilish falsafasi
Bola bilan kichkinalarga mo‘ljallangan oddiy dastur bo‘yicha shug‘ullanganda, tabiiyki uning ahvolini ham inobatga olish kerak. Defektologlar quyidagi tamoyilga asoslanishadi: bolaning funksiyalari uyg‘unlikda, ammo aniq muddatga bog‘lanmagan holda rivojlanishi kerak. Shuning uchun yutuqlar ortidan quvmang, bolaga keragidan ortiq aqliy va jismoniy mehnatni yuklasangiz, qadam-baqadam uni oldinga harakat qildirish o‘rniga, uning noroziligini keltirib chiqarishingiz mumkin
5-ilova
Nazorat savollari
”Daun sindromi kasalligi va kelib chiqish sabablari” mavzusi bo’yicha
1.Daun sindromli bolalar birinchi so’zlarni necha yoshda aytadi ?
2.Daun sindromli bolalarga qanday o’yinlarni taklif qilish mumkin ?
3.Daun sindromli bolalarning turlarini ayting .
4.Daun sindromli bolalar qaysi oylarda o’tira boshlaydi ?
5.Necha yoshlrda yura boshlaydilar ?
6.Bunday bolalarga qanday yordam berish mumkin ?
7.Daun sindromli bolalarning rivojlanish xususiyatlari qanday ?
6-ilova
Test savollari
“ Daun sindromi kasalligi va kelib chiqish sabablari “ mavzusidan test .
1.Defektologiya fanining qaysi yo’nalishlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan?
A) Surdopedagogika ; B) Tiflopedagogika ; V) Oligofrenopedagogika ;
G) Logopediya ,surdopedagogika , tiflopedagogika , oligofrenopedagogika .
2.Ijtimoiy adaptatsiya bu :
A) Maxsus yordamga muxtoj bolalarni mustaqil ,hamma qatori yashab ketishini ta’minlash ;
B) Boladagi nuqsonni tuzatish jarayoni ;
V) Yordamga muxtoj bolani ijtimoiy hayotga ko’niktirish ;
G) Bolalarni kelgusi turmush jarayondagiga ko’niktirish .
3.Daun kasalligi bilan kasallangan bolalarning intelrkti oligofreniyaning qaysi darajasida to’g’ri ko’rsatilgan ?
A)Debil ; B) Imbetsil ; V) Idiot ; G) Debil va imbetsil .
Do'stlaringiz bilan baham: |