Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun


Download 39.84 Kb.
bet2/8
Sana29.04.2023
Hajmi39.84 Kb.
#1400056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rofe ibn Lays qo

O‘ZBEKISTON TARIXI
yangi xalifa al-Ma’munni (813-833) barcha qonuniy hukmdor si- fatida tan oldi. Al-Ma’mun o‘zaro nizolarni bartaraf qilish maqsa- dida 819-yilga qadar Marvdan turib hukmronlik qildi, u faqatgina 819-yildagina Bag‘dodga qaytib keldi. Al-Ma’mun Tohirning xizmat- larini inobatga olgan holda uni Bag‘dod shahri hamda al-Jazira (Me- sopotamiyaning janubiy qismi) viloyatining hokimi еtib tayinladi. Ta’kidlash joizki, Tohir ibn al-Husayn butun xalifalik hayotida katta rol o‘ynovchi shaxs bo‘lib qoldi. Al-Ma’mun Bag‘dodga qaytib kelgach, o‘z hokimiyatidan xavfsirab, Tohirni poytaxtdan chetlatishga qaror qildi. Ibn al-Asirning yozishiga ko‘ra, xalifa o‘ziga sadoqat bilan xizmat qilgan Tohirni inisi al-Aminni bir paytlar o‘ldirganligini bahona qilib (holbuki buni al-Ma’munni o‘zi buyurgan edi), qolaversa uni «makkor shaxs» deya atab, 821-yili Xurosonga hokim еtib tayinladi. Shu davrda Movarounnahr hududi ham Xuroson tarkibiga kirar edi.
Xurosonga hokim bo‘lib kelgan Tohir ibn al-Husayn xalifalik bi- lan munosabatlarini cheklay boshladi. Juma namozida xalifani oliy hukmdor sifatida tilga ham olmay qo‘ydi. Bu holat xalifa hokimiyati
Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining mohiyati asosan aholi- ning hukmron tabaqalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. Mi- sol uchun, Tohir ibn al-Husaynning bizga qadar saqlangan va o‘g‘li Abdullohga yozgan vasiyat xatida shunday deyiladi: «Shuni bilginki, boylik ko‘payib xazina to‘lib toshganda ham u daromad keltirmaydi. U fuqaro zarurati, ular haq-huquqlarini ado еtishga, ularni tashvish va qarzlardan ozod еtish uchun sarflangan taqdirdagina ko‘payadi, ortib boradi; bu bilan xalq ommasining e’tibori qozoniladi; Shu bilan xalq farovonligi ta’minlansa, bu hokimlarga zeb beradi, davronning еmin-erkinligi shu bo‘ladi, shuhrat va qudrat bag‘ishlaydi; Shu bilan birga agar shunday ish yuritsang, yer solig‘ini katta miqdorda undi- rish imoniyatiga ega bo‘lasan va boyliging oshadi. Bu bilan sen xalq ommasiga saxovat qo‘lini ochsang, boyliging ortadi, kuch-qudrat egasi bo‘lasan, qo‘shin saqlaysan va hammani o‘zingga maftun etasan». To- hir o‘z o‘g‘lini mana shunday siyosat yurgizishga chaqiradi Abdulloh ibn Tohir ko‘p holda otasining maslahatlariga amal qilgan.
O‘z davrida Abdulloh yirik yer egalari va davlat amaldorlari tomoni- dan ayrim yerlardagi ziroatkorlarga nisbatan bo‘layotgan nohaqliklarni cheklashga harakat qildi. U ziroatkorlarning ahvolini birmuncha tartib- ga soluvchi maxsus farmon e’lon qildi. Manbalarning guvohlik berishi- cha, bu farmonda jumladan shunday deyiladi: «Alloh bizni ularning qo‘li bilan boqadi, bizni ularni og‘zi bilan olqishlaydi va ularga ozor berishni taqiqlaydi». Albatta, bu bilan Abdulloh butunlay ziroatkor-dehqonlar- ning manfaatlarini himoya qiluvchi hukmdor bo‘lgan, deb bo‘lmaydi. U «dehqonlarga ozor bermaslikni» talab qilishiga sabab, tabiiyki busiz davlat xazinasiga yetarli soliqlar kelib tushmas edi.


Download 39.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling