Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun


Download 39.84 Kb.
bet8/8
Sana29.04.2023
Hajmi39.84 Kb.
#1400056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rofe ibn Lays qo

O‘ZBEKISTON TARIXI
Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag‘oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlar Somoniylar davlati tarkibiga kirdi. Ismoil Somoniy uyushgan qo‘shin va marazlashgan davlat barpo еtib, ko‘chmanchilar hujumla- riga chek qo‘ydi. Tarixchi Narshaxiy bu xususda Ismoilning: «Men ha- yot ekanman, Buxoroning istehkomi o‘zim bo‘laman», degan so‘zlarini keltiradi. Ismoil Somoniy yirik yer egasi bo‘lib, mahalliy zodagonlar va savdogarlarga tayangan holda davlatni idora qilgan. Ismoil va boshqa Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmadilar. Natija- da dehqonlarning yer egalariga qarshi chiqishlari muntazam ravish- da bo‘lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka viloyatlar hokimlari markazlashtirish siyosatiga qarshilik qilib turganlar.
907-yilda Ismoil Somoniy vafot еtib, taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi (907-914). Uning davrida davlatni idora еtishda arab tilining qayta tiklanishi, boshqaruvdagi ba’zi salbiy holatlar ko‘pgina mahalliy zodagonlar va turk g‘ulomlarining noroziligini uyg‘otdi. Natijada, u 914-yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad o‘tirdi. U balog‘atga yetgunga qadar davlat ishlarini bosh vazir



Abu Abdulloh Jayhoniy (914-918) hamda al-Balamiy (918-938) kabi ma’rifatli vazirlar boshqardilar12.
914-yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvaziy rahbarligidagi isyon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo‘zg‘olon qarmatlar g‘oyasi bay- rog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olon 918-yilda bostirilib, Marvaziy asir olindi. Ko‘p o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi. 922-yilda esa Ilyos ibn Ishoh qo‘zg‘olon ko‘tar- di. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatin- ing qudratiga ta’sir ko‘rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshladi.
Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukmronligi davrida So- moniylar davlati hududlarida qarmatlar diniy harakati ancha keskin tus oldi. Qarmatlar islomning yoyilishi, yer egaligi munosabatlarini kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analari qishloq jamoala- rini qayta tiklash g‘oyalarini yoqlab chiqqan edilar13. Mazkur harakat mamlakatda ma’lum notinchliklarga sabab ham bo‘ldi. Qarmatlar harakatiga amirning ba’zi yon berishlari, hukumatning bu boradagi qat’iy harakatlarni amalga oshirmaganligi musulmon ruhoniylarining noroziligiga ham sabab bo‘lgan edi. Harbiy gvardiya ham ruhoniylar tomonga yuz tutdi. Natijada, Nasr II ga qarshi fitna yuzaga keldi. Gar- chi Nasr II fitnachilar boshlig‘ini qatl etsa-da, lekin mamlakatda yuzaga kelgan norozilik va inqiroz holatini oldini ololmasligiga ko‘zi yetdi shu bois o‘g‘li Nuh ibn Nasr foydasiga taxtdan voz kechdi. 943-yilda taxtga o‘tirgan Nasrning o‘g‘li Nuh qarmatlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklarini musodara qilb, o‘zlarini ta’qib etdi.
Nuh hukmronligi davrida (943-954) Somoniylar davlatining in- qirozi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. 942 moliyaviy tang bo‘lgan











































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Download 39.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling