Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun ar-Rashid 809-yilning mart oyida Xurosonning Tus shahrida vafot еtdi. Xalifaning hokimiyatga da’vogar ikki o‘g‘li bo‘lib, katta o‘g‘il Abdulloh 798-yili Xuroson va xalifalik sharqiy yerlari hokimi еtib tayinlangan edi. Abdulloh ona tomonidan kelib chiqishiga ko‘ra zodagonlarga borib taqalmagan. Shu bois ham xalifa uni kichik o‘g‘li Muhammaddan keyin voris bo‘lishini e’lon qilgan edi. Abdullohga «al-Ma’mun» (arab- chasiga «omadli», «iqboli baland») faxrli taxallusi berilgan. Kichik o‘g‘il Muhammadga esa «al-Amin» (arabchasiga «ishonchli», «sado- qatli») taxallusi berilib u Iroq, Suriya, Mag‘rib yerlari bilan chegara- dosh yerlarning hokimi еtib tayinlangan edi.
Horun ar-Rashid vafot etgan vaqtda al-Ma’mun Xurosonning marka- ziy shahri Marvga, sobiq xalifaning buyrug‘iga ko‘ra yetib kelgan edi. Al-Aminning xalifa sifatida taxtga o‘tirishini (809-813) avval boshda Ma’mun oldindan berilgan va’daga muvofiq xotirjamlik bilan qabul qil- di. Lekin, tez orada al-Amin o‘z valiahdi sifatida o‘g‘li Musoni tayinlashi aka-ukalar o‘rtasidagi munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. Tabiiyki, taxtga da’vogar bo‘lgan al-Ma’mun yangi xalifaning bu qaro- rini qabul qila olmas edi. Garchi al-Amin tarafdorlari ancha bo‘lsa ham, uning sa’y-harakatlariga ko‘pchilik harbiylar norozilik bildirdilar. Sa- marqandda qo‘zg‘olon ko‘targan Rofe ibn Lays al-Ma’munning hokimiyat masalasida avval boshida tutgan vazminligini qadrlab, o‘z isyoniga chek qo‘ydi hamda undan uzr so‘rab keldi. Al-Ma’mun uni gvardiya boshlig‘i еtib tayinlaydi. Musoning taxt merosxo‘ri еtib tayinlanishiga javoban al-Ma’mun al-Aminning nomini barcha rasmiy marosimlardan chiqarib tashlab, u bilan choparlar almashuviga chek qo‘ydi. Ko‘plab Xuroson va Erondagi aslzodalar ham Ma’munni qo‘llab-quvvatlay boshladilar.
O‘ZBEKISTON TARIXI
Mahalliy aslzodalar, xalq ommasi noroziligidan xavfsiragan xalifa- lik sharqiy hududdagi yerlardagi aholi haq-huquqlarini kengaytirish- ga majbur bo‘la boshladi. Xalifalikda ilk bora mahalliy zodagonlardan bo‘lmish asli balxlik Barmakiylar markaziy hokimiyat boshqaruviga jalb etildilar. Barmakiylardan bo‘lmish Xuroson noibi Fadl ibn Yahyo (794- 795) davrida Xurosonda mahalliy aholi ichidan bir necha yuz mingga etadigan qo‘shin barpo etilgan. At-Tabariy ham buni o‘z asarida alohi- da ta’kidlab o‘tgan edi. Asli arab bo‘lmagan mahalliy zodagonlarning hokimiyatda katta mavqega ega bo‘lib borayotganligini ko‘rgan xa- lifa Horun ar-Rashid (786-809) bu holdan xavfsiragan holda 803-yil 29-yanvar kuni Barmakiylar xonadonining barcha vakillarini qirib tash- lashga buyruq berdi. Lekin, xalifalik qancha harakat qilmasin qadimiy
boy madaniyat, o‘troq turmush tarziga ega bo‘lmish Movarounnahr va Xuroson zaminida mahalliy aslzodalarning mavqeyi ko‘tarila bordi.
Tarixiy manbalarga asoslangan materiallarning xabariga ko‘ra, To- hiriylar sulolasining birinchi vakili VII asr 80-yillarida Seyiston hokimi al-Huzayi dargohida xizmatda bo‘lgan. Uning avlodlari Musa’b, Hu- sayn, Tohirlar Hirot viloyatidagi Bo‘shang shahrini boshqarganlar.
Kelib chiqishi bo‘yicha Hirot yonidagi Bo‘shang shahri hokimi bo‘lgan Tohir ibn al-Husayn (Tohir ibn al-Husayn ibn Musa’b ibn Zu- rayk ibn Asad al-Huzayi) al-Ma’munni qo‘llagan holda unga xizmat qilishni boshladi. 811-yili Ray yaqinida Tohir ibn al-Husayn xalifa al-Aminning ishongan sarkardasi ibn Moxon (Ali ibn Iso ibn Moxon) boshchiligidagi qo‘shinni mag‘lub etdi. Ibn Moxon zulmidan aziyat chekkan aholi al-Ma’mun qo‘shinlari faoliyatini qo‘llab-quvvatladilar. Tohir ibn al-Husayn janglarning birida o‘z shijoat va mardligini ko‘rsat- ib, ikki qo‘lda qilich bilan jang namunasini namoyon qilgan. Shu bois Tohir «Zul yaminayn» (arabchasiga «ikki qo‘llab kurashuvchi») faxriy taxallusiga sazovor bo‘lgan. Tohir ibn al-Husayn al-Ma’munga sadoqat bilan xizmat qila borib, 813-yili Bag‘dodni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Al-Amin qo‘lga olinib, Tohir ibn al-Husayn o‘ziga topshirilgan buyruq asnosida uni qatl etgan. Ibn al-Asirning yozishiga ko‘ra, sobiq xalifaning boshi avval minora peshtoqiga ilib qo‘yilib, keyinchalik yangi xalifa al- Ma’mun ixtiyoriga, barcha xalifalik rasmiy ashyolari bilan jo‘natildi.
|