O‘ZBEKISTON TARIXI
Talhadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir (830-844) otasi Tohirning mustaqillik tomon siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuro- son noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirar edi. Abdulloh davrida turkiy o‘g‘uz qabilalar- ga tegishli ba’zi yerlar ham egallandi. Uning farmoyishi bilan ko‘ch- manchi qabilalar hukmini bartaraf еtish, munosib mudofaa tizimini yaratish maqsadida Farova va Dehiston qo‘rg‘onlari barpo etildi. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga bo‘linib, bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z hokimiyatini mustah- kamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar ham o‘tkazgan. Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashti- rish siyosati edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini keng tarqaladi.
Tohiriylar mustahkam hokimiyat yaratish va qishloq xo‘jaligini tartibga solish borasida jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Ular yangi kanallar bunyod еtib, suvdan foydalanishni yaxshilash choralarini ko‘rdilar. Abdulloh ibn Tohirning (830-844) buyrug‘i bi- lan o‘lkadagi yirik qonunshunoslar sug‘orish uchun foydalaniladigan suv taqsimoti qonunlari to‘plami – «Kitob al-kuniy»ni tuzdilar. Ushbu qonunlar yuz yillar mobaynida Movarounnahrda suvdan foydalanish- dagi bahs-munozaralarni hal еtishda asos bo‘lib xizmat qilgan.
Mustahkam tartibot saqlanishini xohlagan Abdulloh ibn Tohir o‘zi- ga qarshi har qanday harakat yoki qo‘zg‘olonning oldini olishning eng muhim usuli – soliq yig‘uvchilarning suiste’molliklariga yo‘l qo‘ymas- likda deb hisoblar edi. U turli soliqlarning miqdorini kamaytirmagan bo‘lsa-da, soliqlar yig‘ishda turli jinoiy ishga qo‘l urganlarni jazolar edi. Amal va mansab egalarining o‘zboshimchaligini oldini olish va davlat xazinasiga ziyon yetkazmaslik maqsadida Abdulloh o‘z qo‘l ostidagi o‘ziga sodiq kishilar orasidan ayg‘oqchilar tanlab, ularning xizmatidan foydalangan edi. Bunday maxfiy shaxslar joylarda hukmdorlarning yurish-turishi, har bir mansabdorning Abdulloh oldidagi majburiyat- larini qay darajada bajarishlari xususida noibga xabar yetkazib turish- gan. Uning davrida poytaxt Marvdan Nishopurga ko‘chirildi.
Tohiriylar davlati ko‘p sonli bilimdon amaldorlarga muhtoj edi. Shu bois Abdulloh ibn Tohir aholining barcha qatlamlari ma’lumot olishi- ni ta’minlashga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Ab- dulloh otasi Tohir singari shoir ham bo‘lgan. Abdullohning Marv, Amul va Xorazmni boshqarib turgan jiyani Mansur o‘zining falsafiy asarlari bilan mashhur bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Abdullohning o‘g‘li Tohir II (844-862) ham otasidan o‘rnak olishga harakat qilgan.
Umuman, Abdulloh va Tohir II hukmronliklari davri mahalliy madaniyatning qayta tiklanish davri bo‘ldi. Ammo, bu murakkab va qi- yin jarayon edi. Gap shundaki, Tohiriylar sulolasi vakillarining o‘zlari, xususan, Abdulloh ibn Tohir o‘zining arab madaniyatiga xayrixohligini ta’kidlar edi. Shunga qaramasdan bizga qadar yetib kelgan ayrim yoz- ma manbalar va moddiy ashyolar mahalliy madaniyat rivojidan dalo- lat beradi.
bo‘lsa-da, bu harakatlar natijasiz tugadi. 874-yilda xalifa bo‘lib o‘tgan
IX-X asrning boshlariga kelib ilgarigi davrlarda bo‘lgani kabi, O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalaridagi davlat hokimiyatining asosiy vazi- falaridan biri-ko‘chmanchilar hujumlaridan himoyalanish edi. Aynan mana shu maqsadda bu davrda qurolli ko‘ngillilarning maxsus gu- ruhlari, din uchun kurashuvchilar-g‘oziylar guruhlari tuziladi. G‘oziy- lar guruhlarining asosiy qismini kasodga uchragan dehqonlar va hu- narmandlar tashkil еtar edi.
Mahalliy hukmdorlar dehqonchilik vohalari chegaralarini dasht chegaralaridan himoya qilish uchun g‘oziylar guruhlaridan foydalana boshlaydilar. Arab mualliflarining ma’lumot berishlaricha, g‘oziylar
«mahalliy hukmdorlar uchun bir vaqtning o‘zida ham tayanch, ham notinchlik sababi» ga aylana boshlaydilar. Chunki, bir tomondan ular ko‘chmanchilarning hujumlariga qarshi turib, dehqonchilik vohalarini ularning hujumlaridan saqlab tursa, ikkinchi tomondan ko‘p hollarda mahalliy zodagonlarga qarshi xalq harakatlarining faol ishtirokchilari edilar.
IX asrning 70-yillarida g‘oziylarning qurollangan guruhlari O‘rta Osiyo va Eron chegaralaridagi xalq harakatining asosini tashkil еtar- di. Bu xalq harakatlaridan hunarmand misgar (saffor) aka-uka Yoqub va Amr ibn Layslar (safforiylar) o‘z niyatlarini amalga oshirish uchun foydalandilar. Avval boshda Safforiylar kichik bir qaroqchilar guruhi- ni tuzadilar va keyinroq, Seyistondagi g‘oziylar guruhlariga qo‘shiladi- lar. Lashkarboshilik qobiliyatiga ega bo‘lgan Yoqub ibn Lays tez orada g‘oziylar guruhlarining boshlig‘iga aylanadi. Yoqub boshchiligidagi g‘oziylar guruhi Seyistondagi siyosiy hayotga faol aralasha boshlay- di va xalq harakatlaridan foydalanib 861-yilda Seyistonning markazi Zaranj shahrini egallaydilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |