Romanlarida ijtimoiy-madaniy hayotning aks ettirilishi bitiruv malakaviy ishi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik yillarida yaratilgan ozbek romanlarida ijtimoiy-madaniy hayotning aks ettirilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. Bitiruv malakaviy ishi uchun nazariy asos bo`lgan adabiyotlar ro`yxati
- II. Asosiy adabiyotlar
66
Hulosa Bu davr o'zbek romanchiligida yaqin o'tmish haqida yozilgan asarlar ko'pchilikni tashkil etdi. Shukrulloning «Kafansiz ko'milganlar», Odil Yoqubovning «Adolat manzili», O'lmas Umarbekovning «Fotima va Zuhra», Shukur Xolmirzayevning «Olabo'ji», O'tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Mirmuhsinning «Ilon o'chi», Omon Muxtorning «Tepalikdagi xaroba», Uchqun Nazarovning «Chayon yili», Murod Mansurning «Judolik diyori», Tog'ay Murodning «Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi» romanlari shu davrning mahsuli bo'lib, ularda davr voqeligi turli rakurslarda tasvirlangan. Bu asarlarda oshkoralik va tanqidiy ruh kuchli. Zero, yozuvchilarimiz hayot haqiqatini ochib berishga harakat qilar ekanlar, kishilarimiz ongida, ruhiyatida kamol topgan insonparvarlik, halollik, poklik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik singari fazilatlarni ulug'lash bilan birga, turmushda muayyan davrda ancha ildiz otgan mansabparastlik, qonunbuzarlik, manmanlik, diyonatsizlik, ko'zbo'yamachilik, nopoklik, vijdonsizlik kabi illatlarni dangal ochib tashlaganlar. Shukur Xolmirzayevning «Olabo'ji» (1995) romanida hayotda tomir yoygan adolatsizlik, nopoklik, ma'naviy buzuqlik mohirona tasvirlangan. Asar voqealari Surxondaryo viloyati Olatog' tumanida, 80-yillarda, asosan o'n-o'n besh kun davomida bo'lib o'tadi. Shunday bo'lsa-da, roman xalqimizning so'nggi qariyb bir asrlik tarixiga doir xarakterli voqea va soxtaliklar haqida aniq tasavvur beradi. Chunki adib romanning voqealarini tasvirlash jarayonida xalq tarixini soxtalashtirish, chor imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoning bosib olinishini oqlash, milliy urf-odatlarni oyoqosti qilish singari illatlarni keskin qoralagan. «Olabo'ji» romanining bosh qahramoni tog' qishloqlaridan birida yashovchi Ulton Sultonov nomli yigit. U Toshkent dorulfununini tugatgach, avval viloyat gazetasida, so'ngra o'z qishlog'idagi maktabda o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Kamtarin hayot kechiradi. Kunlardan bir kuni uni tuman partiya qo'mitasining birinchi kotibi To'qliboy Qo'chqorov o'z huzuriga chorlab muhim topshiriq beradi. Qishloq markazidagi kasalxona bosh vrachi Bahor bilan birga Oqsuvdagi maktabni tekshirib kelishni buyuradi. Shu jarayonda bu ikki yoshni o'zaro yaqinlashtirib, 67
qovushtirib qo'yadi. Kotib rahbarligida bir hafta ichida ularning to'yi ham bo'lib o'tadi
43 . Biroq xursandchilik uch kunga ham cho'zilmaydi. Tezda bu «xolis xizmat»ning misi chiqadi. Kotibning bu «xolis xizmati» ostida razil maqsad yotgani oshkor bo'lib qoladi. Tuman rahbari o'ynashini erli qilish orqali o'z sirini yashirmoqchi, aysh-ishratini davom ettirmoqchi ekan. Sir oshkor bo'lgach, kotib zo'ravonlik yo'liga o'tadi. Kuyov yigitni jinniga chiqarib, uni jinnixonaga tashlatadi. Bu haqsizlik tufayli sof vijdonli va oriyatli yigit Ulton Sultonov oxir- oqibatda atrofmi o'rab turgan soxtakorlik va yolg'onga, zulmga qarshi kurashadi. Uni hech kim tushunmaydi, hech kim qo'llamaydi. Ko'ngli toza, niyati to'g'ri yigit o'z yurtida hammaga begona olabo'ji holiga tushib qoladi. Romanda Ulton Sultonov, To'qliboy Qo'chqorov, Bahor obrazlari bilan birga, tuman partiya qo'mitasining ikkinchi kotibi Tarakanov, qishloq direktori Bo'taboy So'piyev, qishloq sho'rosi raisi Tursuntosh, firqa kotibi Maxfirat Egamqulova, Zikriyo domla, mehnatsevar, pok vijdonli, sodda cho'pon Sulton bobo singari jonli obrazlar yaratilgan. Bu obrazlar xarakterini ochishda adib ruhiyat tasviri imkoniyatlaridan mohirona foydalangan. Romandagi asosiy obrazlar o'zlarining ichki va tashqi olami jihatidan bir-biridan aniq farq qiladi. Shu bilan birga, kitobxon yodida uzoq saqlanadi. «Olabo'ji» romanida tabiat va jamiyat omuxtaligi hamda hayvonot dunyosining «siru asrorlari» ham aks etgan. Adib Surxon o'lkasi tabiatini mohirona tasvirlagan va roman g'oyasini ochishda peyzajdan unumli va o'rinli foydalangan. Bunda Shukur Xolmirzayevning o'ziga xos uslubi yaqqol namoyon bo'lgan 44 .
romanchiligining yaxshi namunasi sifatida tilga olish lozim. Romanda xalqning urush davridagi hayoti tasvirlangan. O'zbek adabiyotida ikkinchi jahon urushi mavzusida anchagina romanlar yozilgan. Lekin ularning aksariyatida urush davridagi hayot bo'yab-bezab, nuqsonsiz qilib tasvirlangan. Uchqun Nazarov esa «Chayon yili» romanida masalaga boshqacharoq yondashadi. Adib xalqning bu
43 Ҳ. Каримов. Шукур Холмирзаев. - Т.: Қатортол, Камолот, 1999. –Б.89. 44 Ҳ. Каримов. Шукур Холмирзаев. - Т.: Қатортол, Камолот, 1999. –Б.90. 68
davrdagi jonkuyarligini, fidoyiligini ko'rsatish bilan birga, front ortidagi noxushliklarni ham ro'yirost aks ettiradi. Bu jihatdan romandagi Murodxo'ja obrazi va uning kirdikorlari tasviri xarakterlidir. Yozuvchi romanda Oynisa, Qayumjon, Ma'sud kabi sof vijdonli kishilar obrazlarini tasvirlash bilan birga, Murodxo'ja, Hoshimjon singari nopok shaxslarning qiyofalarini ham chizib bergan. Shu orqali urush davridagi mamlakat hayoti qanday bo'lsa, shundayligicha ko'rsatgan. «Chayon yili» romanidagi yangilik ham, avvalo, ana shu haqqoniylik bilan bevosita bog'liq. Qisqasi, mustaqillik davrida o'zbek nasri sotsrealizm tazyiqidan xalos bo'lib, hayotni yangicha badiiy aks ettirish yo'liga chiqib oldi va bu sohada muayyan yutuqlarga erishdi. Yozuvchilarimiz uzoq va yaqin o'tmish voqeligini yangicha tasvir etish bilan birga, bevosita mustaqillik davri haqida ham turli janrlarda xilma- xil asarlar yoza boshladilar. Natijada, adabiyotimizda mustaqillik davri voqeligini tasvirlashga, yangi davr qahramonlarini adabiyot qahramonlariga aylantirishga intilish va qiziqish ko'zga yaqqol tashlana boshladi. Ko'plab hikoya va qissalar hamda «Dinozavr» (Sh. Xolmirzayev), «Albatta general bo'lasan» (B. Ro'ziyev), «Bozor» (X. Do'stmuhamedov), «Muvozanat», «Isyon va itoat» (Ulug'bek Hamdam) kabi yangi romanlar buning isbotidir. Biroq bular yetarli emas. Adabiyotimizda mustaqillik davridagi xalq hayotini butun borlig'i bilan tasvir etuvchi yirik va qiziqarli asarlar kam. Agarda yozuvchilar uzoq va yaqin o'tmish mavzularini e'tibordan soqit qilmagan holda asosiy diqqatni mustaqillik davrining muhim masalalarini tasvirlashga, yangi zamon qahramonlari obrazlarini yaratishga qaratsalar, nur ustiga nur bo'lar edi. Mavzuni tadqiq qilish jarayonida juda ko‘p o‘zbek romanlari bilan tanishib chiqdik. O‘rganganlarimizdan kelib chiqib
o‘zimizning taklif
va mulohazalarimizni bildirib o‘tamiz:
ommalashtirish;
O‘zbek romanlarini nashr ettirilishida mualliflariga iqtisodiy yordam berish; Darslik yaratishda o‘zbek romanlaridan keng foydalanish. 69
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. Bitiruv malakaviy ishi uchun nazariy asos bo`lgan adabiyotlar ro`yxati: 1.1. Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – 325 б. 1.2. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – 31б. 1.3. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маъна- вият, 2008. – 176 б. 1.4. Каримов И. А. Жайхун соҳилидаги абадий шаҳар // Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – 56 б. 1.5. Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 439 b. 1.6. Каримов И. А. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятинин шакллантириш – мамлакатимиз тараққиётининнг асосий мезонидир. 19- жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 345 б. 1.7. Каримов И. А. Тарихий хотира ва инсон омили – буюк келажагимизнинг гаровидир. – Т.: Ўқитувчи, 2011. – 144 б. 1.8. Каримов И. А. Бизнинг йўлимиз демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом эттириш йўлидир. – Т.: Ўзбекистон, 2012. – 312 б. 1.9. Каримов И. А. Мустақиллик – барча эзгу режа ва марраларимизнинг мустаҳкам мезонидир // Ўзбекистон Республикаси Президенти И. А. Каримовнинг давлат мустақиллигининг 22 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи. 2013 йил 2 сентябрь. 1.10. Каримов И. А. Амалга оширилаётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ келажагимизнинг асосий омилидир // Ўзбекистон Республикаси Президенти И. А. Каримовнинг
70
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 21 йилллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. O`zbekiston ovozi. 2013 йил 10 декабрь. 1.11. Каримов И. А. Тинчлик ва аҳиллик – мамлакатимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигимиз асосидир // Ўзбекистон Республикаси И.А.Каримовнинг 9- май “Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан сўзлаган нутқи. O`zbekiston ovozi 2014 йил 10 май. 1.12. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6 февралдаги ПҚ- 2124-сонли “Ўзбекистон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори // Turkiston. 2014 йил 8 февраль.
2.1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: O‘zbekiston, 2000. -B. 49. 2.2. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik. -T.: Yangi nashr, 2010. 2.3. Mirzayev S. XX asr o’zbek adabiyoti. - T.: Yangi asr avlodi, 2005. 2.4. Hamdamov U. Badiiy tafakkur tadriji. - T.: Yangi asr avlodi, 2002. 2.5. Hozirgi adabiy jarayon: tahlil va talqin. Maqolalar to‘plami. -T.: 2005. 2.6. Mirzayev I. Nasrimiz badiiy olami. -T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1991. 2.7. Karimov H. Shukur Xolmirzayev. -T.: Qatortol, Kamolot, 1999. 2.8. Ikrom Otamurod. Ichkari... tashqari... -Т.: Sharq yulduzi, 1997. № 5. 2.9. Ikrom Otamurod. Sopol siniqlari. Sharq yulduzi. 1994, № 11-12. 2.10. Karimov H. Insoniy iztirob va tuyg‘ular//Sharq yulduzi. –Toshkent, 2003.-№ 2. 2.11. Karimov H. O‘zlikning badiiy ifodasi//O‘zbekiston adabiyoti va san'ati. – Toshkent, 2003, 11 iyul soni. 2.12. Muhammad G‘azzoliy. Dunyo hayoti. -Т.: Sharq yulduzi, 1999. № 9-10. 2.13. Mustaqillik davri adabiyoti. –T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2006. 2.14. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti. Ilmiy-tanqidiy, badialar. –T.: G‘. G‘ulom, 2006.
71
2.15. Sharopova N. Hozirgi o‘zbek she'riyatida janriy izlanishlar tamoyili. O‘zbek tili va adabiyoti, 1996 yil, № 5. 2.16. Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. -T.: 2005. 2.17. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she'riyati. –T.: Fan, 2007. 2.18. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. -T.: Fan, 2000. 2.19. Umurov X. Adabiyot nazariyasi. - T.: Sharq, 2002. 2.20. Xolmirzaev Sh. Quyosh falakda kezib yuribdi. Hikoya. Yoshlik. 1997. № 1. 2.21. Xotam Umurov. Adabiyot nazariyasi. -T.: Sharq, 2002. 2.22. Xurshid Do‘stmuhammad. Ozod iztirob quvonchlari. - T.: Sharq, 2000. 2.23. Rasulov A. Tarix, falsafa roman. // Jahon adabiyoti. – Toshkent, 2000. 2.24. Ro‘zimuhammedov B. Nasrimizga befarq qaramayapmizmi? // O‘zAS. – Toshkent, 2001 yil, 7 dekabr soni. 2.25. Hasanov Sh. Doston janridagi o‘zgarish va yangicha badiiy talqinlar. O‘zbek tili va adabiyoti, 2000. № 2. 2.26. Turdimov Sh. Lirik kechinma va obrazlilik. O‘zbek tili va adabiyoti, 2000. № 5-6.
2.27. Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. -T.: Sharq, 1999. 2.28. Ulug‘ov A. Inson ibratga intiladi // Jahon adabiyoti. – Toshkent, 2005. -№ 9. 2.29. Hasanov Sh. Dostonlarda shoir shaxsiyati talqini. O‘zbek tili va adabiyoti, 2001. № 3. 2.30. Cho‘lpon Ergash. Ra'noning savdosi. Sharq yulduzi. 1997. № 3. 2.31. Dunyo hayoti. Sharq yulduzi jurnali. 1995, № 9-10. 2.32. www.google.uz 2.33. www. ziyonet.uz Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling