Ronning eneolit va bronza davri yodgorliklari Mundarija: Kirish


II.Bob Bronza (jez) davri yodgorliklari


Download 54.25 Kb.
bet4/8
Sana23.01.2023
Hajmi54.25 Kb.
#1111907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari (2)

II.Bob Bronza (jez) davri yodgorliklari
2.1 Bronza davri haqida umumiy tushuncha.
Bronza davri miloddan avvalgi III-II ming yillikni o`z ichiga oladi. Bu davrda egey dunyosi, Misr, Ikki daryo oralig`i, Hindiston va Xitoyda quldorlik jamiyati ravnaq topgan. Evropa va Osiyoning ko`p mamlakatlarida esa hali ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surgan.
Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig`i bo`lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo`lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko`p afzalliklarga ega:

  1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o`tkirroq.

  2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.

Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish __° - 1084 S°. Bronzaning erish t° 700-900 S° o`rtasida. Mis va qalayni birga qo`shib, qoliplarga quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo`lgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho`jaligida ro`y bergan buyuk madaniy xo`jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko`paytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro`zg`or buyumlari ham paydo bo`ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metal bo`lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar, to`g`nag`ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar ham ko`plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya`ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli ishlarda foydalanish mumkinligi, ko`p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni kamyobligi, mo`rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo`lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan.
Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro`zg`or va ho`jalik buyumlari, xarbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo`lishi bilan izohlanadi.
Bronza davri ho`jaliklari ho`jalik va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir-biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir-biridan farqlanadi.
Evropadagi ibtidoiy davr qo`rg`onlarining deyarli hammasidan bo`yalgan va bo`yalmagan skletlar topilgan. Skletlar erda yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Xatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy qabilalar tug`ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo`lsa, o`lganidan keyin ona-er bag`rida shu taxlikda yotadi deb o`ylaganlar. Arxeologlar tomonidan murdani bo`yab, bukchaytirib ko`mishning 3 davri ajratib o`rganilgan:

  1. Qadimgi chuqur, mozor-qo`rg`onlari (eneolit davriga mansub).

  2. Katakomba mozor-qo`rg`onlari.

  3. Yog`ochband mozor qo`rg`onlari.

Katakomba mozor-qo`rg`onlari go`rlari yon tomoniga o`yib qazilgan
alohida lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo`rg`onlardan bronza, mis-pichoqlar, to`g`nag`ichlar, bigiz, . . . buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo`rg`onlarida tosh qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o`q va pichoqlar, sopol idishlar ko`plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.
Katakomba davri miloddan avvalgi III ming yilning oxirlarida II ming
yillikning I-yarmiga bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Katakomba mozor-qo`rg`onlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan. Ko`plab kollektiv qabrlar ham uchraydi.
Eramizdan avvalgi II ming yillikning o`rtalarida katakomba davri o`rniga yog`ochband davri keladi. Yog`ochband-yog`och qabr, MDH hududlarida, Shimoliy Evropada ko`plab tarqalgan. Go`rlarning ichiga murdalar yog`och tobutda qo`yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog`ochband qabrlar deb ataladi.
Yog`ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o`rtalariga to`g`ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog`ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to`planishiga va xarbiy to`qnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo`lida to`planishi jarayoni boshlanadi. Bronza davriga oid bo`lgan qo`rg`onsiz qabrlar ham ko`p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so`nggi bronza davri uchun xarakterlidir. Bronza (Jez) davri mozor-qo`rg`onlari o`rganilishi orqali bu davr haqida ma`lum tasavvurlarga ega bo`lindi. Bu davr mozorlaridan «bo`yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko`plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko`proq qizil, och qizil) tabiiy bo`yoqlar sepishgan. Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan. «Bukchaytirilgan skletlar» - murdalarni yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda ko`milishi, odamning dunyoga kelishi, ibtido va intiho haqidagi tasavvurlarning inikosi sifatida, ona qornida va ona er bag`rida bir holatda bo`lishini aks etirilishidir.Evropada bronza davri chorvador qabilalari o`ziga xos katta birliklarni tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o`z birliklarga xos bo`lib, ular bir-birlaridan farq qilgan. Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Pol`sha, Chexiya, Frantsiya, Venetsiya, . . . hududlarida, xatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Garbiy Germaniya hududlarida esa oddiy, o`ziga xos shakldagi sopol buyumlar tarqalgan. Er yuzining ko`plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgorliklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosabatlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o`rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Sharqiy O`rta er dengizi bo`ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo`lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo`ladi. Ushlagichli cho`zinchoq ko`zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan. Hatto milddan avvalgi III ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush hazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat bo`lib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar bo`lgan. Bronza davri manzillari ko`pincha mudofaa devorlari, bilan o`ralgan, to`g`ri burchakli binolardan iborat bo`lgan. Bu davr shahar xarobalarining o`rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o`ziga xos reja asosida bo`lgan. Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o`ralgan bo`lib, bu devorlarning eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo`lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o`ralgan. Fara shahar xarobasi hisoblanadi. Shahardan ijtimoiy xarakterdagi binolarning qoldiqlari topilgan. Yuqori tabaqa uylari, mahalliy hukmdorlarning saroylari ham mavjud bo`lgan. Shahardan unga uzoq bo`lmagan joyda qabriston joylashgan. Bu erda (Ochiq Qabr) kollektiv qabrlar bo`lib, ar bir qabrda 50-90 murdaning qoldig`i bo`lgan. Xatto, bir qabrga 300 kishi ko`milgan. Qabrlardan kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan. Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o`zgaradi. Bu davrga oid bo`lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil etadi. U poytaxt, ya`ni markaz vazifasini o`tagan. Xarobada ibodatxona qoldig`i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud bo`lganligini bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o`rganilgan. Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo`lib, u miloddan avvalgi III ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo`lib, unda uylar poydevorigina emas, balki xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo`lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o`rganilgan. Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida hunarmandchilikni rivojlanishi shaharlarning gullab-yashnashiga sabab bo`lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel` 1-2 ga maydonni tashkil etgan. Beyjesulton shahar xarobasining maydoni 24ga teng bo`lib, yodgorlik xarobalardan shahar xususiyatiga xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o`rganilgan. Elamning bronza davri yodgorliklari – Eron hududida Suza kompleksi bo`lib, u miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga oiddir. Suza kompleksidan buqa, echki, baliq, . . . suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan. MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o`rganilgan. Janubiy Sibir` hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas`ev madaniyati bo`lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas`ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo`yida joylashgan. Afanas`ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o`rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo`lib, unga murdalar yonlab qo`yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan. Miloddan avvalgi II ming yilliklarda Garbiy Sibir` xududida Andronov madaniyati keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi- Janubiy Sibir`, Janubiy Ural, Qozog`iston shimoliy hududiga mosdir. Andronovo madaniyati qabrlar va makonlardan iborat bo`lgan. Qabrlar – to`g`ri burchakli bo`lib, yog`och va tosh plitalar bilan yonlari mustahkamlangan. Andronovo madaniyatiga oid makonlarda metallurgiya, chorvachilik, motiga dehqonchiligi rivojlangan. Ko`plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan. Andronovo madaniyati bronza davri chorvador qabilalari madaniyati bo`lib, bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik o`tgan asrning 20-yillarida Sibiriyaning Achinsk shahri yaqinidagi Andronovo qishlog`idan topib o`rganilgani uchun shu nomni olgan. Bu madaniyatga tegishli jamoalarning ayrim guruhlari hatto o`z podasiga bo`sh yaylovlar qidirib miloddan avvalgi II ming yillik o`rtalarida O`rta Osiyo hududlariga ham kirib keladi. Xorazmda va Farg`ona hududlarida o`z moddiy madaniyat izlarini qoldiradilar. Kavkazning tabiiy sharoiti bronza davri xo`jaligi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo`lganligi uchun ham bu er ko`plab qabilalar o`zlarining madaniyatini vujudga keltirgan. Kavkazorti madaniyati Old Osiyo madaniyatiga yaqin. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid makonlardan qadimgi sharq qurollari, qadimgi Ossuriya qilichlari kabi moddiy topilmalar topilgan. Kavkazortida Maykop, Trialeti kabi mozor- qo`rg`onlar o`rganilgan. Bronza davrida ibtidoiy jamiyat ho`jalik va madaniy taraqqiyoti yuqori darajada bo`lgan. Bronza davri urug`chilik jamoasi xarobalari o`rnida dastlabki sinfiy jamiyat vujudga kelganligini ko`rsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan aniq langan. Bronza davrida mulkiy tabaqalanish jarayoni natijasida ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o`tish ro`y beradi. Bu jarayonlarni o`rganishda turli hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalari katta ahamiyatga egadir.


Download 54.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling