Ronning eneolit va bronza davri yodgorliklari Mundarija: Kirish


Download 54.25 Kb.
bet2/8
Sana23.01.2023
Hajmi54.25 Kb.
#1111907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari (2)

Kurs ishining maqsadi: eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari
Kurs ishining vazifalari:
- Eronning Eneolit davri arxeologiyasi
- Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi.
- Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari.
- Bronza (jez) davri yodgorliklari
- Bronza davri haqida umumiy tushuncha.
- Bronza davr haqida umumiy ma’lumot
Kurs ishining obyekti:Eronning eneolit va bronza davri
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, Ikki bob to’rt paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat

I.Bob eronning eneolit va bronza davri yodgorliklari
1.1 Eronning Eneolit davri arxeologiyasi
Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopotamiya makonlarida, keyinroq Yevropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko’zga tashlanadi. Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Yevropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan. Eneolit makonlarining ko’pchiligida, ya’ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo’lsada, ba’zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Yevropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo’q. Aksincha, bu yerdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o’yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo’lgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo’yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo’lgan. Eneolit makonlari yer yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan. Yuqo-rida ko’rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo’l-gan. Masalan, Ikkidaryo oralig’ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig’i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) qul-dorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Yevro-paning katta hududlarida unumdor ho’jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi. Eneolit davriga xos bo’lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor xo’jalik shakli – dehqonchilik mashg’ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo’lgan. Ammo o’z xususiyatiga ko’ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo’lsa-da, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo’lsa-da, u kuchli, og’ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o’z xususiyatiga ko’ra yumshoq va juda tez o’z shaklini o’zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis-tosh davrida odamlar metall bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar 2-3 million yillar davomida faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo’lmay, ayrim xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo’lsa-da, o’zining shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli shaklga kelishi oson bo’lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parellel holda ishlatila boshlangan. Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi. Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e’tibori va mavqeini ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan. Eneolit makonlari yer yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo, Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o’rganilgan. Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So’za kompleksi, Ukrainada Tripole madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir. Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko’p tarqalgani - retushlangan egri o’roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o’roqlar barcha mamlakatlarda eng qadimgi dehqonchilik хo’jalik mashg’uloti bilan birga paydo bo’lgan. Yevropa va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don - bug’doy, arpa va tariq qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Yevropada yetishtirilgan. Ular bu yerlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan. Yer yuzining ko’p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari keng tarqalgan. Ular ho’jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg’ulot bo’lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo’lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari ularning mozor qo’rg’onlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo’lgan “Qadimiy chuqur” mozor qo’rg’onlari deb atalib, yer yuzida ulardan qadimiyrog’i yo’q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go’r chuqurlar bu davr uchun nom bo’lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo’rg’onlarida chaqmoqtosh o’q uchlari, qirg’ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi. Eronning Koshon shahri yaqinida ko’pqatlamli eneolit davriga oid manzilgoh xarobasi topib o’rganilgan. Bu yerdan turar joy qoldiqlari, qabrlar, sopol idishlar, mis va jez (bronza) dan ishlangan qurollar va boshqalar topilgan. Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat va o’ziga xos madaniyatni hosil qilgan (SialkI). Tehron vohasida aynan shu madaniyatga xos, juda ko’p va qiziqarli ashyolarni o’zida jam qilgan Ray shahri yaqinidaChashma Ali manzilgohi topib o’rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi topib o’rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g’ishtdan qilingan ko’p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Uylarning asosi xom g’ishtdan qilinib devori paxsadan iborat bo’lgan, pol qismi ham ba‘zi hollarda xom g’ishtdan iborat bo’lgan, devorlari esa loy bilan suvalib qizil rang bilan bo’yalgan. Sialk manzilgohida bevosita XX asrning 60-yillarida qazuv ishlrini olib borgan R.Girshmanning ta’kidiga ko’ra, sopol buyumlarini asosan maxsus xumdonlarda pishirishgan. Ular asosan geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan, ayrimhollarda esa echki tasviri ko’zga tashlanadi.
Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo’yida 1,5-2 ga maydonga ega ko’plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza madaniyatiga xos bo’lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish mumkin. Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan bo’lsa-da, ko’plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho’kiz, echki va qo’y, ba‘zan ayol haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini ko’rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi. Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning tasviri tushirilgan.O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G’ulomov, A.Asqarov, O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloqqishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan. Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg’uchoq-lar, o’roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan.1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegarasida) hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsa-tadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning Turkmaniston deh-qonchilik markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to’rt bosqichga bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Fransiya olimlarini ham e’tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan.

Download 54.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling