Roʻyхatdan ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida gi qarorni qabul qildi
Download 35.03 Kb.
|
Ipoteka krediti undan foydalanish imkoniyatlari mavjud muammolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ipoteka kreditiga murojaat qilishda siz quyidagi qoshimcha xarajatlarga tayyor bolishingiz kerak
Kerakli hujjatlar
Banklarda hujjatlar to'plamiga qo'yiladigan talablar har xil, shuning uchun siz tanlagan bank mutaxassislaridan oldindan aniq ro'yxatni bilib olish maqsadga muvofiqdir. Kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirishda zarur bo'ladigan asosiy hujjatlarni sanab o'tamiz: shaxsni tasdiqlovchi hujjat; daromadlar to’g’risida ma’lumotnoma; quruvchi tashkilot bilan tuzilgan dastlabki shartnoma. Agar birgalikda qarz oluvchilar bo'lsa, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va daromadlar to'g'risidagi ma’lumotnomalari ham talab qilinadi. Ko'p hollarda, kredit bo'yicha mijozning to'lov qobiliyatini aniqlash uchun qanday daromadlar hisobga olinadi degan savol tug'iladi. Quyidagilar daromad sifatida qabul qilinadi: rasmiy mehnat faoliyatidan olingan oylik ish haqi, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan doimiy daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar. Barcha hujjatlar to'plangandan so'ng, siz bankka ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Arizani ko'rib chiqish 30 kungacha davom etishi mumkin. Agar bank arizani ma'qullagan bo'lsa, unda asosiy bosqich – kredit shartnomasini imzolash va uy-joyga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazish amalga oshiriladi. Kredit shartnomasini imzolash bosqichida qarz oluvchi dastlabki to'lovni bankka kiritadi. Kredit shartnomasi kvartirani xaridor nomiga notarial ro'yxatdan o'tkazish uchun asos hisoblanadi. Qarz oluvchi kvartiraning egasi bo'lgandan so'ng, uy-joy sug'urta qilinadi va garovga qo’yiladi. Shundan keyingina kvartira uchun pul dastlabki to'lov va ipoteka krediti hisobidan to'lab beriladi. Ipoteka kreditiga murojaat qilishda siz quyidagi qo'shimcha xarajatlarga tayyor bo'lishingiz kerak: Kvartirani sotib olish va sotish bo'yicha notarial xizmatlar uchun xarajatlar; Mulkni ro'yxatdan o'tkazish uchun kadastr xarajatlari; Uyni sug'urtalash xarajatlari. Ipoteka krediti rasmiylashtirilganda kvartira butun kredit muddati davomida garovda turadi. Shu bilan birga, kvartiraning egasi bo’lib, ko'pchilik o'ylaganidek bank emas, balki qarz oluvchining o'zi hisoblanadi. Kredit bo'yicha barcha qarzdorlik to’liq to'lanmagunicha, kvartirani sotish va boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirish mumkin emas. Biroq, agar qarz oluvchi qarzni to'lay olmasa, bank sud orqali uy-joyni tortib olishi, sotishi va qarzni yopishi mumkin. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ipoteka kreditini rasmiylashtirish, garchi ko'p vaqt va mehnat talab qiladigan jarayon bo'lsa-da, uning afzalliklari ko’proqdir. Ipoteka - bu o'z yashash joyiga ega bo’lishning eng yaxshi va yagona usulidir. Barcha ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan Ipoteka kreditlari sahifasida tanishishingiz mumkin. Aholi soni o‘sishi bilan uy-joyga ehtiyoj ham oshishi tabiiy. Shavkat Mirziyoev Prezident vazifasiga kirishgan ilk pallalardanoq bu dolzarb masalani alohida e'tiborga olib, odamlarni uy bilan ta'minlash choralarini ko‘rdi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 21-oktabrdagi qaroriga ko‘ra, qishloqlarda, 22-noyabrdagi qarori bilan esa shaharlarda arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturlar qabul qilindi. Ular asosida, o‘tgan to‘rt yilda 140 mingta uy-joy barpo etildi. Yiliga qurilgan uylarning o‘rtacha soni taqqoslanganda, bu avvalgi davrdagi ko‘rsatkichdan 4-5 baravar ko‘pdir. Lekin, shu bilan cheklanib qolinmaydi. Uyga ehtiyoji bor oilalar hali ham ko‘p. Bu bo‘yicha xalqdan murojaatlar bo‘lmoqda. Yana minglab uy-joylar barpo etish, loyiha va qurilish sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni hayotning o‘zi talab qilmoqda. Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi vazifalar muhokama qilindi. Prezident aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta'minlash, bu borada tanlash imkoniyatini kengaytirish zarurligini ta'kidladi. Shu maqsadda joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta'minlash mo‘ljallanmoqda. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy quriladi. Shundan “Qishloq qurilish invest” va “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari tomonidan 12 mingta uy, Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26 ming 500 ta kvartira, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan 8 mingta xonadon foydalanishga topshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500 tagacha, jami 6,5 mingta oilaga kredit beriladi. Bundan tashqari, og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan mingta oila, ayniqsa, ayollarga ijara asosida ijtimoiy uy-joylar ajratiladi. Hududlar miqyosida aytganda, Qoraqalpog‘istonda 2290 ta, Andijonda 4665 ta, Buxoroda 3220 ta, Jizzaxda 1670 ta, Qashqadaryoda 3710 ta, Navoiyda 1836 ta, Namanganda 4025 ta, Samarqandda 4479 ta, Surxondaryoda 3989 ta, Sirdaryoda 1414 ta, Toshkent viloyatida 4046 ta, Farg‘onada 4530 ta, Xorazmda 3016 ta va Toshkent shahrida 7556 ta uy-joy qurib bitkaziladi. – Bugungi kungacha bunday hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz. Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasi bilan chuqur shug‘ullanib, aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerak. Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas, – dedi Shavkat Mirziyoev. Download 35.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling