Ro’yxatga olindi “tasdiqlayman” № Tarix fakultet dekani


Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi


Download 93.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi93.59 Kb.
#1834376
1   2   3   4
Bog'liq
4138 ГЕОСИЁСАТ АСОСЛАРИ ЯКУНИЙ ДАСТУР

Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 
4-kurs talabalari uchun “Geosiyosat asoslari” fanidan yakuniy nazoratda 
“Yozma ish” usulini baholash
MEZONI 
«Geosiyosat asoslari» fani bo‟yicha o‟tkaziladigan yakuniy nazorat “Yozma 
ishlari” ko‟p variantli usulda o‟tkaziladi. Har bir variantda uchtadan savol bo‟lib, 
har bir savolga tegishli javob yoziladi. “Yozma ish” variantlarining birinchi savoli 
«Geopolitika» fanining mazmun-mohiyati, predmeti, ob‟ekti, asosiy tushunchalari, 
vazifalari, uslublari, shuningdek fanning qonuniyatlari, geosiyosiy jarayonlarning 
rivojlanish bosqichlari bilan bog‟liq masalalar bo‟yicha bittadan savol bo‟ladi. 
“Yozma ish” variantlarining ikkinchi savoli jahon siyosiy maydonlarida ro‟y 
berayotgan mafkuraviy jarayonlar, unda etakchi davlatlarning tutgan o‟rni 
masalalari, xalqaro tashkilotlarning jaxon siyosatini belgilashdagi roli kabi 
masalalarni qamrab oladi.
“Yozma ish” variantlarining uchinchi savoli O‟zbekistonning jahon 
hamjamiyatida tutgan o‟rni, O‟zbekistonning MDH va Markaziy Osiyoda 
xavfsizlikni ta‟minlashdagi faoliyati, O‟zbekiston va BMT, O‟zbekiston va ShHT 
munosabatlarini qamrab olgan. 
“Yozma ish” variantlarida keltirilgan har bir savol to‟g‟ri va to‟liq yozilishi
ya‟ni tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar mazmuni, mohiyati, sabablari, natijalari 
izchil yoritilishi, tarixiy atamalar va shaxslarning nomi to‟g‟ri yozilishi, ijodiy 
yondashish va javobda mantiqiy yaxlitlikka erishish, baholash uchun asos bo‟lib 
hizmat qiladi. 
«Geosiyosat asoslari» fanidan o‟tkaziladigan Yakuniy nazorat “Yozma 
ish”ini bajarishda quyidagilarga amal qilinadi: 



- “Yozma ish”larni o‟tkazish uchun, universitet rektorining buyrug‟i bilan 
komissiya tashkil etiladi; 
- “Yozma ish” savollari va ularni yoritishga yordam beruvchi tayanch 
tushunchalar fakulьtet dekani tomonidan komissiya a‟zolariga “Yozma ish” 
o‟tkazishi belgilangan vaqtdan bir soat oldin, maxsus konvertda taqdim etiladi;
- “Yozma ish” ning hajmi 500-600 so‟zgacha deb belgilanadi. “Yozma 
ish”ni o‟tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi; 
- Komissiya “Yozma ish”larni belgilangan tartibda tekshiradi va natijalarini 
ikki kun ichida talabalarga ma‟lum qiladi; 
- Yakuniy nazorat “Yozma ish”iga 30 ball beriladi;
- Yakuniy nazorat “Yozma ish”ining har bir variantida uchtadan savol 
bo‟lganligini hisobga olib har bir savolga 10 baldan taqsimlanadi;
- JN va ON lardan to‟plangan jami ballar yakuniy nazorat “Yozma ish”iga 
qo‟shilib umumiy ballar yig‟indisi chiqariladi; 
- Talabalarning “Yozma ish”lari ikki yil mobaynida kafedrada saqlanadi. 




Download 93.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling