Ro’yxatga olindi №
Bob O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari
Download 58.79 Kb.
|
Islombek kurs ishi
2. Bob O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari
Tahlili Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste‘mol narxlari indeksi(INI) ya‘ni iste‘molchi o‘rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma‘lum davr mobaynida ozgarmas bolgan holida, aholining istemol xarajatlari umumiy miqdorining ozgarishini ifodalash orqali aniqlanadi. Istemol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari boyicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati ortacha holga keltiriladi. O‘zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksini hisoblash tizimi ilk bor Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) yordamida 1994- yil yanvar oyidan boshlab amalga oshirila boshladi. INI ―Istemol narxlari indeksi boyicha qollanmaga: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasining 2012-yil 8-iyundagi 10-sonli qaroriga muvofiq Tovar va xizmatlarning istemol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish boyicha uslubiy nizom shakllantirildi. Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi yillarda inflyatsiya darajasi keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat otkazilishi, milliy valyutani barqarorligini taminlashi natijasida, istemol Sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi. Masalan, 2005 yilda tovar va xizmatlar narxlari darajasi ortacha 7,8%ga osgan bolsa, 2015 – 2016 yillarga kelib, yillik ortacha narxlarning osish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi. O‘zbekiston Respublikasida 2005–2017 yillarda istemol narxlari indeksining ortacha yillik osishi surati tahlili, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining osish suratlari oziq-ovqat tovarlari narxlaridagi huddi shunday ozgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ilgarilab ketganligini korsatib turibdi. 2005, 2010, 2016 va 2017 yillar uchun yillik istemol narxlari indeksiga tasir etuvchi omillarning tahlilida, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining osishi yigma indeksning osishiga tasiri ulushini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, eng kichik ko‘rsatkich 2016-yilda (2%) kuzatilganiga guvoh bo‘lamiz. Bunga qarama-qarshi tarzda bu ko‘rsatkich 2017-yilda 48,1%ga yetganini ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda bu vaqtda esa asosiy inflyatsion omil sifatida nooziq-ovqat tovarlarini tahlil etsak, muayyan holat 39,6 %ni tashkil etganini (tasir ulushining kopayishi 2005 yildagi 19,0%dan 2016 yilda 60,4%gacha) hamda xizmatlar narxining ko`tarilishi jihatidan esa 12,3% ga yetganiga guvoh bo‘lamiz. Dastlab 2005-2016-yillar davomidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini tahlil qilib ko‘rsak, undagi ko‘rsatkich (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) sezilarli darajada qisqargan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi malumotlarga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davr mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar gosht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatilgan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari ortacha narxlarining eng yuqori osish darajasi 2005 yilga togri kelgan (yillik 6,7%), bu esa gosht, parranda goshti va baliq mahsulotlari (24,0%ga), non mahsulotlari (12,6%ga), tuxum (9,6%ga) va sut mahsulotlari (6,1%ga) narxlarining sezilarli oshishi bilan bogliq bolib, ushbu mahsulotlar ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar bolib hisoblanadi va istemol narxlari indeksini hisoblash uchun tovar va xizmatlar tuzilmasida ozining ahamiyatli salmogiga egadir (2005 yil yakunida ularning qiymat ulushi jami yakuniy korsatkichda 32,9%ni va oziq-ovqat Tovarlarida 52,1%ni tashkil etgan). Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari osish suratlarining sezilarli darajada sekinlashishi 2016 yilda qayd etilgan bolib, bunda narxlarning osish surati atigi 0,3%ni tashkil etgan. Bunda, tuxum narxlari 8,6%ga, sut mahsulotlari narxi 4,2%ga, gosht mahsulotlari narxi 3,8%ga oshdi, non mahsulotlari narxi 1,0%ga pasaydi (guruch narxining 25,6%ga, mosh 11,9%ga, fasol 4,1%ga pasayishi hisobiga). 2017-yilda esa mamlakat aholisiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha narxlar va tariflar o‘rtacha 8,6%ga oshdi va INIni umumiy 1,8%darajada o‘sishiga olib keldi. Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya omillari aloqa xizmatlari ta‘riflarini 23,9%ga, yuridik va bank xizmatlari 15%ga, maishiy xizmatlar 8,3%ga, uy-joy kommunal xizmatlari 7,1%ga, yo‘lovchi tashish transport xizmatlari 6,9%ga o‘sib, INI ni umumiy o‘sish sur‘atiga 1,45 darajada ta‘sir ko‘rsatdi. Inflyatsiya darajasini kelgusidagi prognozi. 2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirish to’g’risida qaror qabul qildi.Mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlashga qaratilgan yo’nalishini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini ta’minlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish maqsadlariga asoslangan. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2018 yil yakunlari bo’yicha inflyatsiya darajasi yillik hisobda 14,3 foizni tashkil etdi. Bunda, 2018 yilning dekabr oyida narxlarning oylik o’sishi o’tgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2018 yilning II–IV choraklari davomida choraklik inflyatsiya darajasini 2017 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.Ayni paytda, IV chorakda ichki talabning yuqori bo’lishi, tartibga solinadigan narxlarning oshishi va almashuv kursi dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari ta’sirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi. 2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining oshirilishi bilan bir qatorda prudensial nazorat choralarining kuchaytirilishi kreditlashning narxga bog’liq hamda narxga bog’liq bo’lmagan sharoitlarini qat’iylashtirish va yakunda kreditlar o’sish sur’atini maqbullashtirish imkonini berdi. Meva va sabzavotlarini saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hisobiga ularning narxlaridagi mavsumiy tebranishlar nisbatan past bo’lganligi hamda hukumat tomonidan bozorlarni asosiy iste’mol mahsulotlari bilan to’ldirish bo’yicha ko’rilgan choralar, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasini keskin o’zishining oldini olishga yordam berdi. Noyabr oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining 2018 yilgi inflyatsiya darajasiga ikkilamchi ta’siri prognoz qilingan ko’rsatkichlardan past darajada bo’ldi. Bu, o’z navbatida, 2019 yilda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi hisobiga inflyasiyani tezlashishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi o’zgarishlarga (asosan QQS bazasining kengaytirilishi) oldindan moslashishishi amalga oshmadi, bu biznes vakillarida soliq tizimidagi o’zgarishlar ularning moliyaviy faoliyati va ishlab chiqarish xarajatlariga ta’siri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.Natijada, yillik inflyatsiya darajasi (14,3 foiz) sentyabr oyidagi prognoz ko’rsatkichga (16-17 foiz) nisbatan past bo’ldi. 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida aholi va biznes vakillarining qisqa va o’rta muddatli inflyasion kutilmalari tartibga solinadigan narxlar o’sishi sharoitida oshib bordi. Dekabr oyida respondentlar tomonidan yangi yil bayramidan so’ng savdo faolligining susayishi taxmin qilinganligi qisqa muddatli kutilmalarni tushishiga sabab bo’lldi. O’rta muddatli inflyasion kutilmalarda ham biroz pasayish kuzatilgan bo’lsada, noyabr oyidagi energiya resurslarning qimmatlashishi hisobiga inflyasion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qoldi. Download 58.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling