Ro’yxatga olindi №


Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari


Download 58.79 Kb.
bet4/7
Sana23.09.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1686611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Islombek kurs ishi

Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.

Inlyatsiya dunyoning qay bir mamlakatida mavjud bo‘lmasin, u o‘z salbiy ta‘sirini nafaqat shu mamlakat iqtisodiyotida balki jamiyat hayotida ham namoyon qiladi. Iqtisodiy jihatidan inflyatsiya keltirib chiqaradigan noxush holatlarga bir qancha misollarni keltirish mumkin.
Avvalo, mamlakatda mavjud inflyatsiyaning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu holatda esa narx-navoning doimiy tebranuvchanligi sharoiti paydo bo‘lib, buning natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga ishonchning yo‘qolishi kuzatiladi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish sohasidagi kapitalning asosiy qismi savdo va vositachilik operatsiyalariga yo‘naltirilishga moyil bo‘ladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshishi kuzatiladi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiyaning yuqori sharoitida aholi o’rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya’ni kishilar qo’llaridagi pullarni tovarlar xaridi uchun sarf etishga urinishadi. Bu holat natijasida esa savdo va vositachilik do’konlarida tovarlar tez sotiladi.
Shuningdek, narx-navoning keskin va notekis o’zgarishi natijasida chayqovchilik tobora kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko’tarilishiga olib keladi.
Davlat moliya resurslari ham qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlasha boradi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanishi kuzatiladi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasi yuqori darajada o’rnatiladi.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati sarasiga esa daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishini kiritish mumkin. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
Mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
Tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o’zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo’nalishlarda qayta taqsimlanadi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlakat hududlari o’rtasida narx-navoning notekis o’sishi natijasida;
Mamlakat aholisi va davlat o’rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo’shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o’rtasida. Mahsulotlar va xizmatlarga bo’lgan narx-navoning notekis o’sib ketishi natijasida aholi o’rtasida ijtimoiy toifalarga bo’linishini (boylar, kambag‗allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg’armalar va joriy iste’molning keskin o’zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta’siri eng avvalo qat’iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxorlar, nogironlar, ko’p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o’qituvchilar, vrachlar, bog’cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og’ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o’rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo’shimcha zarar ko’radi.
Yuqorida keltirilgan oqibatlarga qo’shimcha ravishda inflyatsiya mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo’shimcha sug’urta va turli kafolatlar asosida o’zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga inflyatsiyaning salbiy ta‘siri bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashuvida namoyon bo‘ladi. Noxushliklarni kamaytirish uchun hukumat barqarorlashtirishning oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim bo’ladi.

Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling