Ro’yxatga olindi №
Download 58.79 Kb.
|
Islombek kurs ishi
3.Bob Xulosa
Kurs ishini yozish davomida o‗rganilgan nazariy bilimlarga tayangan holda quyidagilar muhim deb topildi: -Inflyatsiya iqtisodiyotni qoni bo‘lgan pulni qadrsizlanishi bo‘lib, barcha mamlakatlar uchun umumiy va mamlakat iqtisodiyotini bir qismi bolgan hodisa hisoblanadi. -Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida bu oddiy mahsulot va xizmat ko‘rsatish narxlarining o‘sishi bilan ifodalanadi. Bunday mamlakatlarda inflyatsiya aholi daromadlari o‘sishi va mahsulotlarning defitsiti sabab bo‘ladi. -Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi 4 ta sabab borligi aytiladi. Bular: mahsulotga bo‘lgan talabning haddan ziyod ortib ketishi, mahsulot taklifining haddan ziyod kam taklif etilishidir; pul massasi va aholi daromadlari o‘sishi bu bozorda pulning ko‘p taklif qilinishi va mahsulotga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi; ishlab chiqarish xarajatlari ortishi va oxirgisi milliy valyuta kursining jahon bozorida kursi tushib kelishi inflyatsiya keltirib chiqaradi. -Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har bir sohalarida takror ishlab chiqarish mutanosibliklarini tug‘diradigan murakkab ijtimoiy iqtisodiy xodisadir.Biroq alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.Shuningdek,iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda o‘sishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar malum muddat o‘tgach bozordagi talab va taklif muvozanatga kelgach,yana pasayishi mumkin.Yuqoridagilardan xulosa qilib, inflyatsiyaga quyidagicha ta‘rif berishimiz mumkin;Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qogoz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi -Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol Savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat otkazilishi, milliy valyutani barqarorligini taminlashi natijasida, istemol sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi. 2015 – 2016 yillarga kelib, yillik ortacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi. 2018 yilda pul-kredit siyosati “2017-2021 yillar davrida pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’plami” va “Rejimga bosqichma- bosqich o’tish” tadbirlariga muvofiq kelgusi yil tasdiqlangan rejalarni to’liq bajarilishini ta’minlashga yo’naltiriladi. Iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsiya bosimi va sezilarli keskin o’sish va iqtisodiyotda narx barqarorligini samarali ta’minlash uchun iqtisodiy va huquqiy bazani mustahkamlash bo’yicha ogohlantirish tatbiq etildi. Inflyatsiyani kamaytirishda hamma mamlakatlar uchun birdek ish beradigan usulni topish qiyin. Shuning uchun mamlakatda inflatsiyani oldini olish uchun olib boriladigan harakatlar mamlakatni iqtisodiy holati, inflyatsiyani darajasi kabi omillarga qarab olib boriladi. Inflyatsiya darajasini kamaytirishga qo‘llangan har bir chora albatta o‘z zararli ta‘sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘zbekiston respublikasida inflyatsiya hozirgi kunda yuqoriligidan kelib chiqib, inflyatsiya darajasini kamaytirish uchun barcha iqtisodchilarga ma‘lum bolgan ―pul ta‘minotini nazorat qilish‖ foydalanish mumkin. ―Pul ta‘minotini nazorat qilish‖ o‘tkazishda mamlakatda pulni massasini kamaytirish orqali narxlarni tushirishni va pulga bolgan ehtiyojni ko‘paytirish maqsad qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 16-son, 176-modda. 2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O‘RQ-360-son. 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y. №52-I-son. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotito‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-938-XII-son, 03.09.1993. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladiganpensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni.702-II-son, 02.12.2014. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublika qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y. 6-son, 70-modda. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 17-dekabr F-4760-son farmoyishi, 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son Qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli qarori. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarori. Download 58.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling