Ro’zimatov doniyor maxsudjon o’G’LI
Download 44.24 Kb.
|
DONIYORBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stenobiontlar
Ekologik valentlik — turning oʻzgaruvchan muhit sharoitiga moslanish darajasi. Miqdoriy jihatdan muhit sharoitining mazkur tur hayot faoliyati saqlanib qoladigan chegarada oʻzgarishi bilan ifodalanadi. Ekologik valentlikga turning bitta alohida omilga yoki bir qancha omillar kompleksiga nisbatan reaksiyasi sifatida qarash mumkin. Muayyan omilning keng koʻlamda oʻzgarishiga chidamli turlar "evri" qoʻshimchasi orqali belgilanadi (mas, evritermlar — harorat taʼsiriga, evrigalinlar — shoʻrlanishga nisbatan va h.k.). Mazkur omilning tor koʻlamda oʻzgarishiga chidamli turlar "steno" qoʻshimchasi bilan ifodalanadi (mas, stenotermlar, stenogalinlar). Kompleks omillarga nisbatan keng koʻlamdagi Ekologik valentlikga ega boʻlgan organizmlar evribiontlar, buning aksi stenobiontlar deyiladi. Evribiontlik turning turli xil yashash joyini egallashiga imkon bersa, stenobiontlik esa tur tarqalishi joyining keskin kamayishiga olib keladi. Bu tushunchalar turga nisbatan evritop va stenotip deb ataladi
Stenobiontlar (yun. stenos — tor va bios — yashovchi) — tashki sharoit omillari yoki omillar guruhi oʻzgarmaydigan doimiy muhitda yashovchi organizmlar. Haroratga nisbatan stenobiontlik stenoterm, shurlanishga nisbatan —stenogalin, gidrostatik bosimga nisbatan — stenobat deyiladi. Stenobiontlik namlikka, tuproqning kimyoviy tarkibiga nisbatan ham boʻladi. Muayyan omilni kam miqdorda talab qiladigan yoki talab qilmaydigan organizmlarga nisbatan omil nomiga fob qoʻshib ishlatiladi (mas, galofob, kalsefob va boshqalar). Stenobiontga faqat bitga hayvon turida parazitlik qiluvchi yoki simbioz yashovchi, okeanning muayyan chuqurligi bilan bogʻlangan, gʻorda va nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan organizmlar kiradi. Birdaniga bir necha omillarga nisbatan stenobiont organizmlar ham boʻladi. Masalan, togʻ daryolarida yashaydigan baliklar yuqori harorat va kislorod tanqisligiga, nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan hayvonlar va oʻsimliklar nam tanqisligi va pastki haroratga nisbatan Stenobiont boʻladi. Stenobiontlik turning tarqalishini cheklab turadi. Stenobiontga qarama qarshi jarayon evribiont deyiladi. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling