’rta asr iqtisodiy qarashlari reja
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma'ruza. O'rta asrlar iqtisodiy qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
- Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand)
- «Temur tuzuklari»
Ibn Sinoning (980–1037)
51
O’rta asr iqtisodiy qarashlari matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag’ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o’rganishga undaydi». O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: 1) hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;
52
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik bo’lmasin; 3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi; 4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan o’xshab ketadi.
davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri
Bolasog'unda tug'ildi(olamdan o'tgan yili
noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi. U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig» (Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy- ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak,
Yusuf Xos Hojib 1020 yil
53
O’rta asr iqtisodiy qarashlari degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli osmon sari ham yo'l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim, deb uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko'ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa: 1. Tinchlik-osoyishtalik; 2. Me'yoridagi soliqlar; 3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g'oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish; 3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st, dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi bilan chambarchas bog'liq, baholarning mo'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi. Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport- import) ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana
54
O’rta asr iqtisodiy qarashlari shunday kelishtirish yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu- mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo’lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir, qo'mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi. Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi.
Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk», ya‘ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oqib, voyaga yetgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha ko’tariladi. 1072 yili Alp Arslon o’ldirilgach, uning o’g’li, 17 yoshlik Malikshoh (1072-1092 yillar) saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini o’zi olib borgan. Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o’tkazgan. 1067 yili Bag’dodda «Nizomiya»
55
O’rta asr iqtisodiy qarashlari aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham o’rin olgan. Asarning asosiy g’oyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat‘iy qoida va tartib o’rnatishga, amaldorarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo’lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta‘minlash uchun harakat qilishga da‘vat qiladi. Nizomulmulk Bag’dod safari yo’lida yollangan qotil tig’idan halok bo’ladi. Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e‘tiborga sazovor manba bo’lib, u o’zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo’lib, unda o’rta asrlarda O’rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo’lgan muhim siyosiy voqealar bayoni va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy ma‘lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar - ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar; - ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar; - islom mazhablari o’rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar; - boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari; - siyosat falsafasi, o’zini o’zi boshqaruv institutlari. 1 Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo’lib, ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog’liq. Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bo’lib ko’rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo’l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta‘minlovchi idoralar ham hayot talablaridan orqada qolmaydi. Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, podshoh mas‘ul va mutasaddi shaxslar uchun jazo belgilagan (ular o’z yaqinlari bo’lsa ham). Chunki, markazlashgan
56
O’rta asr iqtisodiy qarashlari davlat siyosati shoh farmoniga so’zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o’sha davrning eng oliy siyosati edi, albatta. Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o’rtasidagi munosabatlarda uyg’unlikni ta‘minlash asosiy o’rinda turgan. Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. To’g’ri, u markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o’tkazishni o’rtaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (avom), amaldor(xizmatchi)lar bilan kishi(fuqaro)lar o’rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan. Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o’ylaydi, zo’rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo’q deb hisoblaydi», degan g’oyani o’z davrida alloma Konfusiy ilgari surgan edi. Bunday g’oyalarni Nizomulmulkda ham kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabatlardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli voqelikdir. To’g’ri, ba‘zan Nizomulmulk insoniylikni kichiklarning kattalarga hurmat ko’rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko’chiradi. Qanday bo’lmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da‘vat - Nizomulmulk ijodidagi olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlarning qanday sifatlarni o’zida shakllantirishi yoki ulug’lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita bog’liqdir. Bu o’rinda Sharq xalqlariga xos bo’lgan «aravaning katta g’ildiragi qayerdan yursa, kichik g’ildirak ham shu yerdan yuradi», degan maqol esga tushadi. «Xalqni o’z ketidan ergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor o’z axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..."1 Bunday siyosiy qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi. Agar Nizomulmulk Makiavelli, hukmdor xalqni, davlatni kuch bilan, qurol ishlatib ushlab turishi zarurligini ta‘kidlasa, Nizomulmulk siyosiy jihatdan boshqarishni yoqlaydi.
57
O’rta asr iqtisodiy qarashlari Shubhasiz, Nizomulmulk Makiavelli qadimgi Rim va Gretsiya davlatlarida shakllangan idora usullarini o’rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, despotiyani ilgari suradi. Hokimiyatda turli manfaatlar, intilishlar to’qnashadi, ularning barchasini qo’llab-quvvatlash podshoh (sulton)ni 1 Nizomulmulk, Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk, -T.:, 1997, 20-bet. 32 tilyog’lamalik qilishga, natijada umummanfaatlarni unutishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, Nizomulmulk Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb hisoblaydi.
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:
1. Suyurg’ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i – xiroj olganlar. Amir Temur (1336-1405)
3-savol
58
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayid va xo’jalarga mansub yerlar. Bu yerlarda olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar. Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo’ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
59
O’rta asr iqtisodiy qarashlari A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan: 1. Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 2. Aqlli, donishmand odamlar. 3. Xudojo’y kishilar. 4. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar. 5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq). 6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. 7. Vazirlar, sarkotiblar. 8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar). 9. Hadis olimlari. 10. Ahli hunar va san’atchilar. 11. Kasbu hunar egalari. 12. Savdogar va sayyohlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng
miqdorida maosh
olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar
ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida, –
turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling