’rta asr iqtisodiy qarashlari reja


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.12.2020
Hajmi1.2 Mb.
#160621
  1   2   3
Bog'liq
3-ma'ruza. O'rta asrlar iqtisodiy qarashlari


 

 

42 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



3

 

MAVZU  


 

O

’RTA ASR IQTISODIY QARASHLARI



  

Reja: 

1.  «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar 

rivojlanishidagi o'rni.

 

 



2.  O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar

 

3.  A.Temurning iqtisodiy qarashlari.  



4.  Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar 

5.  Alisher Navoiy iqtisodiy t’limoti.  

6.  Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri 

Mavzuning  qisqacha  tafsiloti.

 

O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni 



va  eksport  potensialiga  e'tiborni  qaratsak.  Markaziy  Osiyoga,  xususan, 

hozirgi  O'zbekiston  hududiga  qiziqish  avvaldan  ma'lum  va  bu  har 

tomonlama  (siyosiy,  iqtisodiy  jihatdan)  ahamiyatli  bo'lgan.  Tarixiy  va 

hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, 

qazilma  boyliklari,  hayvonot  dunyosi  jihatidan  ajralib  turgan.  Aholining 

mehnatsevarligi, 

mirishkorligi, 

bunyodkorligi, 

kasb-hunarga 

mehr 


qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.  

Bu  o'lka  eksport  potensialida  oltin,  kumush  va  undan  qilingan  zebu-

ziynatlar,  zargarlik  buyumlari,  sifatli  po'lat  olish  va  undan  yasalgan  asbob-

uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan 

to'qilgan xon atlas va boshqa nafis  matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi 

va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan.  

Markaziy  Osiyo  donishmandlarining  kitoblari,  diniy  va  ilmiy  asarlar 

hammani  qiziqtirgan.  Kitob  yozish  (hattotlar)  san'ati  ham  yuqori  bo'lgan. 

Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. 

o‘rtalarigacha iqtisodiyot to‘laligicha ijtimoiy fan mavqeiga ega emas edi. 



 

 

 

43 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



«Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy 

munosabatlar rivojlanishidagi o'rni.

 

 

Xitoyning  Tinch  okeani  bilan  Hindiston,  Markaziy  Osiyo,  Yaqin  Sharq, 

Evropa  davlatlarini  bog'lovchi  qadimgi  savdo  yo'li  -  Buyuk  ipak  yo'lidir.  Bu  yo'l 

orqali  asosan  ipak  eksport  qilinganligi  sababli  «Ipak  yo'li»  nomi  bilan  shuhrat 

qozongan.  Bu  yo'l  m.a.  II  asrdan  to  milodiy  XV  asrgacha,  suv  yo'llari 

rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta 

Er  dengiz  mamlakatlari  o'rtasidagi  savdo-sotiq  va  madaniy  aloqalarning  rivojida 

muhim rol o'ynagan. 

 

 



 

Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian 

shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u 

erda  ikkiga  ajralib  ,biri  shimoli-g'arbga  ikkinchisi  janubi-sharqqa  yo'nalgan. 

Karvon  yo'lining  umumiy  uzunligi  12  ming  chaqirim  atrofida  bo'lgan.  Nemis 

muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan 

nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.  

Shimoliy  yo'l  Turfon  orqali  Tarim  vohasiga  va  bu  erdan  qashg'ar,  Dovon 

(Farg'ona  vodiysi)  ga  borgan.  U  yerdan  So'g'dning  markazi  Samarqand  va 

Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa 

bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, 

Samarqand,  Buxoro  sari  uzaygan.  Keyingisi  Axsi  (Andijon)  va  Qamchiq 

1-savol

 


 

 

44 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



dovonidan  o'tib,  Iloq  vohasi  hamda  Toshkent  tarafga  engan.  Demak,  qamchiq 

tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va 

Farbni  turli  jabhalarda  bog'lovchi  yo'ldir  (savdo-sotiq,  diplomatiya,  madaniyat  va 

boshqalar).  

Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va 

poloslar,  oyna,  metall,  zeb-ziynat  buyumlari,  qimmatbaho  tosh  va  dorivorlar 

keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI 

asrlardan  bu  yo'lning  ahamiyati  ancha  pasaydi,  ammo  Markaziy  Osiyo 

respublikalarining  siyosiy  mustaqillikka  erishuvi  tufayli,  bu  yo'lni  yanada 

jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, 

Kaspiy  dengizi  orqali  Ozarbayjon,  Gruziya,  Qora  dengizga  chiquvchi  undan 

Evropa  (Parij,  Rotterdam)  ga  etkazuvchi  yo'l  loyixa  ishlab  chiqildi  va  amalga 

oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.  

Endi  esa,  moziyga  qaytib,  O'rta  Osiyoning  Buyuk  ipak  yo'li  o'rni  va  eksport 

potensialiga  e'tiborni  qaratsak.  Markaziy  Osiyoga,  xususan,  hozirgi  O'zbekiston 

hududiga  qiziqish  avvaldan  ma'lum  va  bu  har  tomonlama  (siyosiy,  iqtisodiy 

jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, 

suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma  boyliklari, hayvonot  dunyosi  jihatidan 

ajralib  turgan.  Aholining  mehnatsevarligi,  mirishkorligi,  bunyodkorligi,  kasb-

hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.  

Hudud  zaminida  turli-tuman  boyliklar,  ayniqsa  oltin,  kumush,  boshqa  rangli 

metallar  va  javohirlarning  mavjudligi  va  serobligi  shu  soha  hunarmandchiligi 

rivojida  hal  qiluvchidir.  Ayniqsa  oltin  ajnabiylarni  magnit  (oxangrabo)  kabi 

tortganligi aniq.  

Shu  sababli  bilim,  ilm  makoni  bo'lgan  kitob  savdo-sotig'i  etakchi  o'rinni 

egallagan.  Hozirgi  davrda  ko'plab  taniqli  mutafakkirlarimizning  asarlari  xorij 

davlat  va  shaxsiy  kutubxonalaridan  topilmoqda  va  o'z  vatani,  O'zbekistonga 

qaytarilmoqda.  Bu  fakt  shundan  dalolat  beradiki,  z  davrida  kitob  savdosi  Buyuk 

ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm 

va san'at asarlari chiqarilgan.  

Mamlakatimizda  dunyodagi  eng  yaxshi  ot  zotlari  bo'lganligi  ma'lum,  xalq 

eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, 

Xitoy  elchisidan  uni  qanday  tuhfa  qiziqtirishini  so'ralganda,  ot  olishni  afzal 

ko'rgan.  Otlar  xalq  xo'jaligining  barcha  tarmoqlarida,  harbiy  xizmatda,  transport 

vositasi  sifatida,  uloq  chopish,  chovgan  o'ynash,  zeb-ziynat  sifatida  nihoyatda 

qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.  

Qishloq  xo'jaligida  paxta  etishtirish  va  paxtadan  olinadigan  mahsulot  asosiy 

o'rinda  turgan.  Polizchilik  (ayniqsa,  qovunchilik),  bog'dorchilik  (uzum)  yaxshi 



 

 

45 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



rivojlangan.  Agar  bizga  ipak  etishtirish  Xitoydan  kirib  kelgan  bo'lsa,  xitoyliklar 

bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.  

Vatanimiz  hududida  qorako'l  teri  beradigan  qo'ylar  parvarishi  muhimdir. 

Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham 

bu  sohaga  e'tiborni  kuchaytirish  O'zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlash  uchun 

zarur vosita hisoblanadi.  

Tarixiy  ma'lumotlarga  qaraganda,  bir  karvonda  500-1000  tagacha  odam,  ot, 

tuya,  boshqa  ulovlar  ,  savdogarlar  bilan  birga  diplomatlar,  elchilar,  xajga 

boruvchilar,  harbiy  qo'riqchilar  bo'lgan.  Butun  yo'l  boshidan-oxirigacha  120-150 

kun davomida bosib o'tilgan.  



 

O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar

 

 

O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil 



topishi, Yaqin va O’rta  Sharq  mamlakatlari bilan 

aloqalarning 

kuchayishi 

ularning 

fan 

va 


madaniyatining  yana  ham  rivojlanishiga  katta 

turtki  bo’ldi.  O’rta  Osiyo  X–XIV  asrlarda 

Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir 

markazga  aylandi.  Bu  davrda    dunyoga  mashhur 

bo’lgan  Forobiy,  Ibn  Sino,  Yusuf  Xos  Hojib, 

Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy, Bobur va 

boshqa ko’plab olim va shoirlar, davlat arboblari 

etishib  chiqdi.  Ularning  asarlarida  iqtisodiy 

fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz. 



A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari. 

O’rta  asr  davrida    ilg’or  iqtisodiy  fikrlarni  ilgari  surgan  buyuk 

mutafakkirlardan  biri,  Aristotelning  izdoshi,  uning  asarlarini  tahlil  qilgan 

«ikkinchi  muallim»  Abu  Nasr  Farobiy  (870–950)  hisoblanadi.  U  ko’p  qirrali 

olim  bo’lib,  o’z  bilimini  oshirish  yo’lida  tinmay  mehnat  qilgan,  qaysi  yurtda 

mashhur  olim    borligini  eshitishi  bilan,  suhbatlashib  undan  saboq  olish  uchun 

yo’lga chiqqan. U 70dan ko’p tilni bilgan. 

 

Forobiy  bir  asarni  bir  marta  o’qib  tushunolmasa,  uni  qayta-qayta  o’qirdi. 



Aristotelning  «Jon  haqida»  asarining  Forobiy  o’qigan  nusxasi  topilgan  bo’lib, 

2-savol


 

 

Abu Nasr Farobiy (870–950)

 

 

 

46 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



kitob  chetiga  uning  tomonidan  «Men  bu  kitobni  yuz  marta  o’qidim»,  boshqa  bir 

kitobda  esa  «Bu  kitobni  qirq  marta  o’qidim,  lekin  yana  o’qishim    kerak»,  deb 

yozilgan.  Forobiy  Aristotel  asarlarini  o’qib  o’rganish  bilan  birga,  ularga  sharhlar 

ham  yozgan.  Buyuk  alloma  Ibn  Sino  Aristotelning  «Metafizika»  asarini  Forobiy 

yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan. 

 

Farobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar 



to’g’risida  ta’limot  yaratdi.  Uning  fikricha,  odamlarning  ehtiyoji  jamiyat 

shakllanishining  asosiy  sababidir.  «Tabiatan  har  bir  odam  shunday  yaralganki,  u 

yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi 

topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning 

har biri u ehtiyoj sezayotgan  narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam 

boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun 

moddiy  ehtiyojlar  to’g’risida  bunday  tushuncha  o’sha  davrdagi  ilg’or  fikrlardan 

hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  moddiy  boylik  yaratishdagi  mehnat  va  mehnat 

qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach,  qullikka keskin 

qarshi chiqdi.  

 

Forobiy  Platonga  o’xshab  ideal  tuzum  to’g’risida  fikr  yuritdi.  U  kelajak 



haqida  o’ylab,  baxtga  erishishning  zarur  va  birlamchi  shartini  tashkil  etuvchi 

o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; 

er  yuzida  barcha  xalqlarning  o’zaro  yordami  asosida  bir  butun  yagona  jamiyat 

qurish  mumkinligi  to’g’risida,  mahsulotlarni  adolatli    taqsimlash  haqida  fikrlar 

bildirgan.  Ammo  Forobiy  mazkur  o’zaro  yordamning  iqtisodiy  asosi  –  mehnat 

mahsulotlarini  ayirboshlashning  zarurligini  ko’rsatib  bera  olmadi.  Shu  narsani 

qayd  qilib  o’tish  kerakki,  Forobiy  iqtisodiy  savollarni  ikkinchi  o’ringa  surib 

qo’ydi.  Bu,  ayniqsa,  uning  davlat  to’g’risidagi  talqinida  ko’rinadi,  unda  adolat 

o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi. 

 

Forobiyning  mulkchilik  to’g’risidagi  qarashlari.  Abu  Nasr  Forobiy 

mulkchilik  haqida  fikr  yuritib,  mulkka  egalik  qilish,  undan  maqsadga  muvofiq 

foydalanish,  o’ziga  to’q  yashash  to’g’risidagi  ilg’or  fikrlarni  ilgari  suradi.  U 

odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, 

boshqalar uchun  zarar  keltiradigan  boylik to’plash, mol-mulk orttirish  esa  yomon 

odat ekanligini aytib o’tadi. 

 

Forobiy  kishilarni  mulkiy  qonunlar  asosida  tarbiyalash  masalasiga  alohida 



e’tibor  beradi.  Uningcha,  ma’rifatli,  qonun  asosida  ish  yuritadigan,  huquqiy 

madaniyatli  kishilar  jamiyat  taraqqiyotida  muhim  rol  o’ynaydilar  va  aksincha 



“...shahar  aholisi  ma’rifatsiz,  tajribasiz  odamlar  va    bolalardan  iborat  bo’lsa,  u 

holda  ular  qonun  o’rnatgan  tartib  va  boshqaruv  usulini  qabul  qilmaydilar”. 

Ko’rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. 



 

 

47 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



Huquqiy  tarbiya,  madaniyat  mulkni  to’g’ri  tasarruf  etish,  undan  unumli 

foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha,  “Mulk 



orttirishda  unchalik  xavf  yo’q...  Mulkni  ehtiyot  qilib  saqlab,  o’z  ehtiyoji  uchun 

ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. 

 

Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlarining to’g’ri ekanligini 

hayotning  o’zi  ko’rsatib  berdi.  Mamlakatimizda  mulkdorlar  sinfining  shakllanib, 

ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi  

davrda  Forobiyning  mulk  va  unga  egalik  qilish  haqidagi  g’oyalari  yana  ham 

faollashib bormoqda. 

 

Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari. Taqsimot Forobiyning 

iqtisodiy  qarashlarida  o’ziga  xos  usulda  talqin  etiladi.  Uningcha,  jamiyat  va 

kishilar  qo’lidagi  mol-mulkini,  noz-ne’matlarni  to’g’ri  taqsimlash  davlat 

miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq 

amalga  oshirilmas  ekan,  ko’pchilik  kishilar  bachkanalashib  ketadi,  odamlar  faqir 

ahvolga tushib qoladi. 

 

Shu  narsa  ayonki,  mavjud  narsalar  taqsimlanadi.  Shu  bois  maqsadga 



muvofiq  taqsimotni  amalga  oshirish  maqsadida  Forobiy  mavjud  bo’lgan  barcha 

boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo er va 



joylarning  miqdori, keyin  ularning  egalari  va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda 

zarur  narsalar  bo’lgan  oziq-ovqatlar,  ekiladigan  erlar,  saroy  va  shaxsi  uylar 

miqdori 

hisobga 

olinishi 

zarur”. 

Forobiy 


Platonning:  “Taqsimot  juda  qiyin  ish,  lekin  juda 

zarur  ishdir”,  –  degan  fikrini  alohida  ko’rsatib 

o’tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining 

qiyinligini,  uni  to’g’ri  hal  etish  jamiyat  hayotida 

muhim 


ahamiyatga 

ega 


ekanligini 

yaxshi 


tushunganligini ko’ramiz.  

Abu  Rayhon  Beruniy  Muhammad  ibn 

Ahmad (

4-sentabr

973


Kat


Xorazm


, — 

11-


dekabr

1048



Gʻazna


) — XI asr qomusiy olimi. 

Beruniy  juda  yoshligidan  ilm  va  fanga 

qiziqadi. 

sevgan 



fanlar —

 astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va

 mineralogiya bo’lgan. 

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini 

yozib  qoldirgan  100  dan  ortiq  asaridan  ham  koʻrish  mumkin.  Ulardan  eng 

yiriklari —  „Hindiston“,  „Yodgorliklar“,  „Qonuni  Mas’udiy“,  „Geodeziya“, 

„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: 

  

Abu Rayhon Beruniy 

Muhammad ibn Ahmad (

4-

sentabr



973


Kat


Xorazm


, —

 

11-dekabr



1048


Gʻazna




 

 

 

48 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



matematikaga  doirlari —  22  ta;  astronomik  asboblar  haqida —  10  ta; 

astrologiklari —  21  ta;  turli  fanlar  (fizika,  mineralogiya,  adabiyot,  tarix  va 

boshqalar) —  38  ta;  turli  tillardan  tarjima  asarlar —  21  ta.  Beruniyning  bu 

asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. 

995-yilgacha u  astronomiya,  geografiya,  geodeziya  amaliy  masalalarini  hal 

etish


  bilan  birga  Yer  va  osmon  globusini  yasadi  hamda  astronomiyaga  oid  bir 

necha  kitoblar  yozdi.  Olimning  ana  shunday  asarlaridan  biri  „Geodeziya“  1025-

yilda  yozib  tugatilgan.  Bu  asar  „shaharlar  orasidagi  masofalarni  aniqlash  uchun 

joylarning  chegaralarini  belgilash“ga  doirdir.  Kitobning  4-bobi  oxirida  Beruniy 

Yer  aylanasining  kattaligini  oʻlchash  haqida  fikr  yuritgan.  Qadimdan  insonlar 

Yerning  shakli  va  kattaligini  bilishga  qiziqqanlar  va  turli  xalqlar  Yer  shaklini 

turlicha 

tasavvur 

qilishgan. 

Miloddan 

avval 

oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi  buyuk  olimlar Yer dumaloq  va 



shar

 shaklida degan fikrni aytganlar. 

Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar 

akademiyasida  O‘rta  Osiyolik  olimlardan  Xorazmiy,  Fargʻoniy,  Habash  Xasib, 

Marvaridiy  kabi  olimlar  turli  sohalarda  ish  olib  borganlar.  Beruniy  ham  shu 

„Donishmandlik uyi“ning aʼzosi boʻlib, u yerda 7 yil ishlagan. 

Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ 

uning  Joʻrjon  saroyida  xizmat  qilgan  davrida  yaratiladi.  1000-yili  tugallagan  bu 

asar  muallifning  koʻp  qirrali  olim  ekanini  namoyish  etdi  va  unga  katta  shuhrat 

keltirdi. 

Muallifning  ilmiy  adabiyotlarda  qisqacha  „Geodeziya“  deb  yuritiladigan 

„Turar  joylar  orasidagi  masofani  tekshirish  uchun  joylarning  oxirgi  chegaralarni 

aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib 

tugatildi.  Beruniyning  „Munajjimlik  sanʼatidan  boshlangʻich  tushunchalar“  asari 

ham  1029-yilda  Gʻaznada  yoziladi.  Oradan  bir  yil  oʻtgandan  soʻng  u  oʻzining 

„Hindiston“  nomi  bilan  tanilgan  „Hindlarning  aqlga  sigʻadigan  va  sigʻmaydigan 

taʼlimotlarini  aniqlash“  kitobini 

yakunlaydi.  Bunda  Beruniy  hozirgi  Amerika 

qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha

 asr avval ilmiy asoslab bergan. 

Olim  yashagan  davrdagi  munosabatlar,  ishlab  chiqarishning  yuksalganligi, 

savdo-sotiqning  rivojlanishi,  sug'orish  inshooatlarining  ishga  tushirilishi  ana  shu 

davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va 

uni  qondirish  asoslari,  mehnat  va  hunarga  munosabatlari  uyg'unlashib  ketadi. 

Uning  fikriga  ko'ra,  kishilar  o'z  zaruriy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  uyushgan 

holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi 

uchun  insonlar  birlashgan  holda  turar  joy  va  shaharlar  yaratishga  intiladilar,  deb 


 

 

49 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



hisoblaydi.  Shuningdek,  u  davlatning  paydo  bo'lishini  ham  ehtiyoj  tufayli  deb 

o'ylagan.  Eng  muhim  g'oya  shuki,  barcha  qimmatli  narsalar  inson  mehnati  bilan 

yaratiladi  va  insonning  qadr-qimmati  uning  avlod-ajdodlarining  kim  bo'lganligi 

emas,  balki  uning  mehnati,  aqliy  va  jismoniy  mahorati  bilan  belgilanadi.  Har  bir 

davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, 

aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk 

donishmand.  

Olimning  fikrlariga  tayanib  shunday  muhim  qisqacha  xulosalar  chiqarish 

mumkinki,  inson  erdagi  bunyodkor  va  yaratuvchi  kuchdir.  Inson  avvalo  halol 

mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.  

Beruniy  qayd  etishicha,  bilimlarni  egallamoq  va  hunar  o'rganmoq  uchun 

mehnat  qilish  zarur,  bu  esa  doim  davom  etadigan  va  takomillashib  boradigan 

jarayondir.  U  mehnatni  turlarga  ajratib,  ularning  har  qaysisi  alohida  talab  va 

ehtiyojlar  asosida  vujudga  kelishini  ko'rsatib  berdi.  Binokor,  ko'mir  qazuvchi, 

hunarmand,  fan  sohiblari  mehnatini  og'ir  mehnat  deb  biladi.  Ilm,  ma'rifat 

zag'matkashlari  mehnatiga  ta'rif  berish,  ilm  olish,  o'qish  eng  kerakli  mehnat 

ekanligini  isbotlaydi.  Shunga  ko'ra  olimlarning  mehnatini  qadrlash  turli  ilmlar 

ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan 

harakatlarda, mehnatda deb biladi.  

Qul  mehnati,  majburiy  mehnatdan  erkin  kishilarning  faoliyati  usutunligi 

isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-

irodasiga  qarshi,  ularni  majburlab  ishlatishga  qarshi  bo'lgan,  chunki  bunday 

mehnat  samarasi  pastdir.  Meros  bo'lib  avloddan  avlodga  o'tib  keladigan  hunarlar 

yuqori baholangan.  

Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida 

gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar 

va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq 

va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash 

(falokat  oldini  olish  uchun),  er  osti  suvlarini  chiqarib  tashlash,  olingan  rudani 

yuqoriga  olib  chiqish  uchun  maxsus  moslamalardan  foydalanish  tavsiya  etiladi. 

Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.  

Er  osti  boyliklarini  qazib  olish  ishlari  katta  jismoniy  mehnat,  ixtirochilik, 

aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish 

maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi 

olim.  Xuddi  shu  o'rinda  Beruniy  ilm  ahllari,  olimlar,  tarbiyachilarning  mehnati 

jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning 

avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari 

suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. 



 

 

50 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



  

Olimning  yozishicha:  «Basrada  billurdan  idish-tovor  va  boshqa  narsalar 

yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning 

mayda  va  katta  bo'lakchalari  to'plangan.  U  ana  shulardan  chiroyli  va  keraklisini 

olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. 

Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 

buyumlarni yasay boshlaydi.  

Olim  shu  erda  mehnat  taqsimoti  va  uning  ahamiyatini  ko'rsatadi.  Olim  va 

mutaxassislar  mehnatini  mamlakat  boshqaruvchilari  tomonidan  rag'banlantirib 

turish  foydali  ekanligi  alohida  ta'kidlanadi.  Bu  aslini  olganda  manfaatdorlik 

tamoyilining  xuddi  o'zidir.  Uningcha,  ayniqsa,  erga  ishlov  berib,  rizq-ro'z 

yaratuvchilarga  mehribon  bo'lish  kerakligi  ko'rsatiladi.  Ana  shu  g'amxo'rlik 

oqibatida  erga  yaxshi  ishlov  beriladi  va  er  hosildor  bo'ladi,  moddiy  ne'matlar 

yaratiladi,  ishlovchi  va  jamiyat  manfaatlari  bab-baravar  himoya  qilinadi  (bu  fikr 

XVIII  asrda  Adam  Smit  tomonidan  to'laroq  isbotlab  berilgan).  Moddiy  ne'matlar 

esa  tiriklik  asosi.  Ana  shunday  qilinganda  hokimiyat  ham  mustahkam  bo'ladi, 

deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).  

Agar  kishilar  to'q  bo'lsa,  davlat  ham  kuchlidir.  Hukmdorlarning  vazifasi 

yuqori  tabaqalar  bilan  quyi  tabaqalar  o'rtasida  haqiqatni,  kuchli  bilan  kuchsiz 

o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, 

ozodligi,  erkinligi  kishilar  o'rtasida  hulq-atvor,  hurmat-e'tibor  uchun  muhim  va 

zarurdir.  Bozor  iqtisodiyotining  eng  zarur  tamoyillaridan  biri-  bu  tanlash  va 

tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 

Beruniy o’gitlaridan: 

Har bir yangi narsada lazzat bor.

 

Ne’matning qadri u yo’qolgandagina bilinadi. 



Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

 

Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb 



yotadiganlarini o’ldirib tashlaydilar.

 

Ikkala da’vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi 



bo’lmabdi.

 

Tenglik  hukm  surgan  joyda  sotqin,  aldamchi 



ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.

 

Haddan  ortiq  g’azab  vahshiylik  keltiradi  va 



bevaqt qilingan lutf obro’ni ketkazadi.

 

Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. 

Ulug’  mutafakkir  Ibn  Sinoning  (980–1037) 

280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling