’rta asr iqtisodiy qarashlari reja


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.12.2020
Hajmi1.2 Mb.
#160621
1   2   3
Bog'liq
3-ma'ruza. O'rta asrlar iqtisodiy qarashlari


 

Ibn Sinoning (980–1037) 

 

 

 

51 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



matematika,  astronomiya,  ximiya,  falsafa,  iqtisodiyot  va  boshqa  sohalarga 

bag’ishlangan. 

 

Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning  moddiy ishlab 



chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon 

tabiat  ne’matlariga  qanoat  qiladi,  insonga  esa  tabiat  ne’matlari  kamlik  qiladi,  u 

oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini 

o’zlashtiradi,  inson  esa  o’z  mehnati  bilan  o’ziga  ovqat,  kiyim-kechak,  uy-joy 

yaratadi. Shu maqsadda  inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar 

garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda 

o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar 

muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar». 

 

Ibn  Sino  feodal  jamiyatning  asosiy  muammolarini  tadqiqot  qiladi.  U 



jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z 

quvvatini  saqlashga  va  oziq-ovqatga  bo’lgan  ehtiyoji,  –deb  yozadi  Ibn  Sino,  – 

hammani hunar o’rganishga undaydi». 

O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo 

markaziga  aylandi.  Bu  jarayonlar  bir-biridan  minglab  chaqirim  uzoqlikdagi 

davlatlar,  xalqlar  o'rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlarni  shakllantirdi.  Axir, 

Osiyodagi  va  Evropadagi  tovarlarga  bo'lgan  talab  va  taklifni  (bozorning  asosiy 

unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta 

karvonlarni tog'u toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun 

ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va 

qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon  yo'lidagi davlatlar, 

xalqlar  talab-etiyojini  yaxshi  bilish  talab  etilgan.  Oqibatda  turli  bilim  sohalari, 

matematika  (al-jabr),  geometriya  (xandasa),  astronomiya  (falakiyot  )  va  boshqa 

ko'pgina  fanlar  rivojlandi.  Bu  davrda  butun  dunyoga  tanilgan  Xorazmiy  , 

Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab 

mutafikkirlar  yashab,  ijod  qilishdi.  Ularning  asarlarida  muhim  iqtisodiy  g'oyalar 

ham  o'z  aksini  topgan.  Sharq  uyg'onishi  davridagi  olimlar  shu  davrdagi  tijorat, 

mulkdorlik  sirlarini  bayon  etganlar.  Ularning  ko'plari  hozirgi  kunda  ham  o'z 

ahamiyatini saqlab kelmoqda.  

 

Ibn  Sino  nafaqat  oila  doirasidagi,  balki  shahar  va  hatto  davlat  miqyosidagi 



daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat 

tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda 

daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. 

 

Ibn  Sino  ideal  davlat  to’g’risida  fikr  yuritib,  uni  quyidagicha  tavsiflab 



beradi: 

1)  hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak; 



 

 

52 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



2)  bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, 

unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik bo’lmasin; 

3)  barcha  kishilar  halol  mehnat  bilan  shug’ullanishi  va  halol  savdo  qilishi 

sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi 

siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi; 

4)  ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi,  shuning uchun 

ular  bir-biriga  qarama-qarshi  bo’lmaydilar,  quvnoq  ashula  va  musiqani  yaxshi 

ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. 

 

Ibn  Sinoning ideal  davlat to’g’risidagi  qarashlari  Platonning  «Qonun»larida, 



Aristotelning    «Afina  siyosatchilari»da,  Forobiyning  «Saxovatli  shahar 

yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan 

o’xshab ketadi. 

Yusuf  Xos  Hojibning  iqtisodiy  fikrlari.  Atoqli 

davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 

1020  yili  Qoraxoniylarning  markaziy  shaharlaridan 

biri 


Bolasog'unda 

tug'ildi(olamdan 

o'tgan 

yili 


noma'lum).  Bo'lajak  mutafakkir  o'z  davridagi  barcha 

bilimlarni,  arab  va  forsiy  tillar  hamda  undagi 

adabiyotlarni puxta egallaydi.  

U  1069-1070  yillar  orasida  «Qutadg'u  bilig» 

(Qutga,  ya'ni  baxt  saodatga  erishtiruvchi  bilim)asarini 

turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon 

Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» 

(eshik og'asi) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy 

didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga 

barham  berish  kabi  ma'muriy-  xo'jalik  hamda  ma'rifat,  obodonchilik,  moddiy-

ma'naviy  va  boshqa  adolatli  hukmron,  davlatni  tadbir  bilan  boshqarish  ishini 

o'rganish,  kasb-hunar  egallash,  xalq  g'amini  eyish  haqidagi  fikrlar  ilgari  suriladi. 

Bizgacha  donishmandning  faqat  bir  asari  etib  kelgan,  ammo  bu  asarda  shunday 

durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy 

va  nazmiy  muqaddimadan  tashqari)-73  bobdan  iborat.  Unda  inson  tafakkurining 

barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. 

Kitobda  berilgan  bu  g'oyalar  o'z  davri  uchun  ham  ,  hozirgi  davr  uchun  ham 

nihoyatda  qadrlidir.  Ayniqsa  iqtisodiyot  masalalari  bo'yicha  davlat  va  raiyat 

munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan 

(Bolasog'unda  boshlangan  va  Qashqarda  nioyalangan)  bo'lsa  ham,  uni  yaratish 

uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan.  

Donishmand  fikricha,  ezgu  orzularga  faqat  toat-  ibodat  bilangina  etishib 

bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, 

 

Yusuf Xos Hojib 



1020 yil

 

 

 

53 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



degan  fikrni  ilgari  suradi.  Borliq  haqidagi  bilimlarga  to'qnashib,  odam  bilishi 

mumkin  bo'lmagan  narsa,  bilim  bilan  echilmaydigan  jumboq  yo'q,  bilim  tufayli 

osmon  sari  ham  yo'l  ochiladi, deydi. Bilish  uchun  esa  tinmasdan  o'rganish  lozim, 

deb uqtiradi.  

Taniqli  iqtisodchi  Adam  Smitning  iqtisodiy  ta'limotga  ko'ra  (XVIII  asr), 

mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa:  

1. Tinchlik-osoyishtalik;  

2. Me'yoridagi soliqlar;   

3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.  

Ana  shu  g'oya  aslida  bizning  mutafakkir  tomonidan  etti  asr  avval  bayon 

etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, 

deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:  

1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish);  

2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish; 

3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.  

Shoh  esa  fuqarolardan  soliqni  vaqtida  to'lashni  (hozirgi  kunda  ham 

nihoyatda  dolzarb),  chiqargan  farmon  qonunlarini  bajarish  hamda  do'stiga  do'st, 

dushmanga  dushman  bo'lishni  talab  qiladi,  deb  yozadi.  Ko'rinib  turibdiki,  bunda 

jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda 

etiladi.  

Pulning  qadrli  bo'lishi  haqidagi  g'oya,  aslini  olganda  inflyasiya  muammosi 

bilan  chambarchas  bog'liq,  baholarning  mo'tadilligi  ham  ta'min  etiladi.  U  o'z 

navbatida  inqirozsiz  iqtisodiyot,  erkin  muomaladagi  valyuta  masalalariga  borib 

taqaladi.  

Xususiy  mulk  huquqini  ta'minlash  bozor  munosabatlarining  bosh  unsuridir, 

mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan 

va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, 

umumxalq mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida 

boshimizdan kechirganmiz.  

Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-

import)  ni  ta'minlash  va  qo'llab-quvvatlashning  o'zginasidir.  Bu  erda  savdoning 

xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi.  

Yusuf  Xos  Hojib  barcha  imtiyozlardan  mahrum  kambag'al  tabaqalar 

ahvoliga  achinish  hissini  izhor  qiladi.  Donishmand  hokimlarni  quyi  tabaqa 

vakillarini  ularga  nisbatan  mehr  shafqatli,  insof-adolatli,  marhamatli  bo'lishiga, 

ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana 



 

 

54 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



shunday  kelishtirish  yo'li  bilan  osoyishta  hayotga  erishishga  umid  bildiriladi  (bu 

esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).  

Kitobdagi  g'oyalar  dunyodagi  hamma  ishlarda  qo'l  keladi.  Unda  mulk 

tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-

mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo’lish belgilari 

berilgan.  Mutafakkir  ayniqsa  kasb-hunar  ahlining  faoliyatini  yuqori  baholaydi. 

«Bir  yigitga  qirq  hunar  oz»  bobi  xuddi  shu  masalaga  bag'ishlangan.  Vazir, 

qo'mondon,  elchi  va  boshqa  hukmdorlarning  faoliyat  mezonlari  diqqatga 

sazovordir.  

Masalan,  «Vazir  ko'zining  to'q  bo'lishi  uni  har  xil  mol-mulk  oldida 

suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. 

Dehqon,  savdogar,  chorvador,  oddiy  mehnatkash  ahli  to'g'risida  nodir  fikrlar 

bildiriladi.  «Bular  bilan  yaqin  bo'lgin  hamisha,  to  tomoq  tashvishin  bilmasdan 

yasha», deb aytiladi.  

Ayniqsa  bilim  va  aql-idrokka,  shu  soha  sohiblariga  katta  e'tibor  beriladi. 

«Odamzod  naslining  ulug'ligi  bilimdan.  U  aql-idrok  tufayli  ne-ne  tugunlarni 

echishga qodir», deb yozadi alloma.  

Aql-idrok  egalarining nafi  har doim  ko'pchilikka tegib turadi.  Bilim  egalari 

esa  elda  aziz  bo'ladi,  hurmat  qozonadi.  Butun  ishlar  o'quv-idrok  bilan  amalga 

oshadi.  Barcha  murakkab  ishlar  bilish  bilan  hal  etiladi.  Ko'rinib  turibdiki, 

yurtimizda  iqtisodiy  rivojlanish  bo'yicha  tanlangan  o'z  yo'nalishimizda  ham 

yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar 

yaratilayotir. Bu tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi.  

 

Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) — 

Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn 

Ishoq  at-Tusiyning  unvoni,  «Nizomulmulk»,  ya‘ni 

mulkning  nizomi, tartibi nomi  bilan  shuhrat  qozongan. 

Nishopur  va  Marvda  oqib,  voyaga  yetgach,  Balxga 

borib,  Ali  ibn  Shodon  xizmatiga  kiradi.  Saljuqiylar 

shohi  Alp  Arslon  saroyida  vazirlik  mansabigacha 

ko’tariladi.  1072  yili  Alp  Arslon  o’ldirilgach,  uning 

o’g’li,  17  yoshlik  Malikshoh  (1072-1092  yillar) 

saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning 

hamma  ishlarini  o’zi  olib  borgan.  Nizomulmulk 

mamlakatda  yirik  mulkdorlar  va  qabila  boshliqlarining 

ayirmachilik  (separatistik)  harakatlariga  qarshi  kurashib,  davlatni  boshqarish 

ishlarini  markazlashtirish  siyosatini  o’tkazgan.  1067  yili  Bag’dodda  «Nizomiya» 

  

Nizomulmulk (1017, 

Tus - 1092, Nahovand)

 


 

 

55 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») 

asarini  yozadi.  Unda  davlat  boshqaruviga  aloqador  qariyb  hamma  qoida  va 

qonunlar,  usul  va  vositalar,  qozi  va  qozixona  ishlari,  qo’shin  va  sarbozlar, 

xizmatchi  va  shaxsiy  sarbozlar  masalalari,  saroydagi  soqchilaru  posbonlar 

vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning 

moddiy  jihatlari,  hatto  shohning  oilaviy  ishlari,  soliq  va  hiroj,  zakot  va  vaqf 

masalalari  ham  o’rin  olgan.  Asarning  asosiy  g’oyasi  shundan  iboratki,  vazir 

Nizomulmulk.  shoh  va  hokimlarni  adlu  insofga,  sulh  va  muruvvatga,  davlatni 

oqilona  boshqarib,  qat‘iy  qoida  va  tartib  o’rnatishga,  amaldorarni  vijdonli,  pok, 

halol  va iymonli bo’lishga,  mamlakat  obodonligi,  uning  ahli farovonligi,  tinchlik 

va  totuvligini  ta‘minlash  uchun  harakat  qilishga  da‘vat  qiladi.  Nizomulmulk 

Bag’dod safari yo’lida yollangan qotil tig’idan halok bo’ladi.  

Nizomulmulkning  "Siyosatnoma"  yoki  "Siyar  ul-muluk"  asari  saljuqiylar 

sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e‘tiborga sazovor 

manba bo’lib, u o’zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. 

Asar  IX-X  asrlarda  hukm  surgan  sulolaning  siyosiy  dasturi  bo’lib,  unda  o’rta 

asrlarda  O’rta  Osiyo  va  Eronda  VI  asrdan  to  XI  asrgacha  sodir  bo’lgan  muhim 

siyosiy  voqealar  bayoni  va  g’oyaviy-mafkuraviy  jarayonlar  yuzasidan  tarixiy 

ma‘lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga 

oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

 - siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar  

- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar;  

- ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar;  

- islom mazhablari o’rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar;  

- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;  

 - siyosat falsafasi, o’zini o’zi boshqaruv institutlari. 

1  Qonun  ustuvorligining  siyosiy-amaliy  jihatlari  qonunlarning  podshoh  va 

sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo’lib, ular xalq (raiyat) hayoti 

bilan bog’liq. 

Birinchidan,  podshoh  tomonidan  farmonlar  yozilib,  xalqqa  tanishtirib 

boriladi. Bu oddiy hol bo’lib ko’rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo’l 

keladi.  Biroq  u  jamiyat  hayotiga  monand  tarzda  mudom  ishlab  turishi  shart.  Ana 

shunda  siyosiy  institutlar,  shu  jumladan,  ularning  ijrosini  ta‘minlovchi  idoralar 

ham hayot talablaridan orqada qolmaydi.  

Ikkinchidan,  agarda  farmonga  salbiy  munosabat  bildirilsa  yoki  uning  ijrosi 

cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, podshoh mas‘ul va mutasaddi shaxslar 

uchun  jazo  belgilagan  (ular  o’z  yaqinlari  bo’lsa  ham).  Chunki,  markazlashgan 


 

 

56 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



davlat siyosati shoh farmoniga so’zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o’sha davrning 

eng oliy siyosati edi, albatta. 

Uchinchidan,  shoh,  sulton  farmonlari  barchaga  taalluqlidir,  uni  hatto 

hukmdorga  yaqin  odamlar  ham  buzishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun  ham 

Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" 

asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, 

aforizmlar  Nizomulmulkning  jamiyat  va  davlatni  boshqarish,  falsafa,  axloq 

masalalariga  oid  javoblaridir.  Asarda  jamiyat  va  davlatni  boshqarish  masalalari 

falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy 

qarashlarida  podshoh  (sulton),  xalq  (raiyat)  va  shaxs  (fuqaro)  o’rtasidagi 

munosabatlarda uyg’unlikni ta‘minlash asosiy o’rinda turgan. 

Nizomulmulk  markazlashgan  davlat  qurish  tarafdoridir.  To’g’ri,  u 

markazlashgan  davlat  barpo  etish  uchun  ijtimoiy-siyosiy  loyihalar,  istiqbolli 

dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o’tkazishni o’rtaga tashlaydi. Uning 

mushohadalari  podshoh  (sulton)  bilan  xalq  (avom),  amaldor(xizmatchi)lar  bilan 

kishi(fuqaro)lar o’rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.  

Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o’ylaydi, 

zo’rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon 

ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo’q deb hisoblaydi», 

degan  g’oyani  o’z  davrida  alloma  Konfusiy  ilgari  surgan  edi.  Bunday  g’oyalarni 

Nizomulmulkda  ham  kuzatish  mumkin.  Demak,  insonparvarlik  shaxslararo 

munosabatlardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli 

voqelikdir.  To’g’ri,  ba‘zan  Nizomulmulk  insoniylikni  kichiklarning  kattalarga 

hurmat ko’rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va 

xalq  (raiyat),  amaldor  (xizmatchi)  va  fuqaro  (inson),  davlat  va  shaxs 

munosabatlariga  ko’chiradi.  Qanday  bo’lmasin,  jamiyat  va  davlatni  boshqarishda 

insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da‘vat - Nizomulmulk ijodidagi 

olijanob  jihatdir.  Xalq,  odamlar,  amaldorlarning  qanday  sifatlarni  o’zida 

shakllantirishi  yoki  ulug’lashi  podshoh  (sulton)dagi  fazilatlarga  bevosita 

bog’liqdir.  Bu  o’rinda  Sharq  xalqlariga  xos  bo’lgan  «aravaning  katta  g’ildiragi 

qayerdan  yursa,  kichik  g’ildirak  ham  shu  yerdan  yuradi»,  degan  maqol  esga 

tushadi.  «Xalqni  o’z  ketidan  ergashishga  majbur  qilish  mumkin,  lekin  u  nima 

uchun  majbur  qilinayotganini  bilmasa,  davlat  uchun  yomondir».  «Hukmdor  o’z 

axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik 

oxir-oqibatda  davlatni,  boshqaruvni  tanazzulga  olib  keladi..."1  Bunday  siyosiy 

qarashlar  Nizomulmulk  asarining  maqsadini  ifoda  qiladi.  Agar  Nizomulmulk 

Makiavelli,  hukmdor  xalqni,  davlatni  kuch  bilan,  qurol  ishlatib  ushlab  turishi 

zarurligini  ta‘kidlasa,  Nizomulmulk  siyosiy  jihatdan  boshqarishni  yoqlaydi. 



 

 

57 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



Shubhasiz,  Nizomulmulk  Makiavelli  qadimgi  Rim  va  Gretsiya  davlatlarida 

shakllangan idora usullarini o’rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, despotiyani 

ilgari  suradi.  Hokimiyatda  turli  manfaatlar,  intilishlar  to’qnashadi,  ularning 

barchasini  qo’llab-quvvatlash  podshoh  (sulton)ni  1  Nizomulmulk,  Siyosatnoma 

yoki  Siyar  ul-muluk,  -T.:,  1997,  20-bet.  32  tilyog’lamalik  qilishga,  natijada 

umummanfaatlarni  unutishga  majbur  qiladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  Nizomulmulk 

Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb hisoblaydi. 

 

A.Temurning iqtisodiy qarashlari.

 

 



 

Amir  Temur  (1336-1405)  iqtisodiyotni 

boshqarishda    o’ziga  xos  maktab  yaratdi. 

Sohibqiron  davlatida    devoni  buzurg  (bosh 

vazir)dan  tashqari,  har  bir    viloyatda  Devon 

deyiluvchi  boshqarma  bo’lgan.  U  davlatning 

muhim  ishlarini:  soliq  yig’ish,  tartib  saqlashni, 

ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, 

suv  inshootlarining  tarmoqlarini  nazorat  qilib 

turgan.  Uning  xodimlari  vaqti-vaqti  bilan 

tekshirish  va  taftish  ishlarini  olib  borgan.  

Ayniqsa,  toshu  tarozi  to’g’riligi,  odil  baho 

tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq 

jazolangan. 

 

Mamlakatda  ko’rilgan  bunday  va  shu  kabi  boshqa  chora-tadbirlar,  birinchi 



navbatda,  raiyatning  qashshoqlikka,  mamlakatning  esa  og’ir  ahvolga  tushib 

qolishining  oldini  olishga  qaratilgan.  Negaki,  A.Temur:  “Raiyatni  xonavayron 



qilish  davlat  xazinasining  kambag’alashishiga  olib  keladi.  Xazinaning  kamayib 

qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi.  Sipohlarning tarqoqligi 

esa,  o’z  navbatida,  saltanatning  kuchsizlanishiga  olib  boradi”,    –  deb  ko’rsatib 

bergan. 


 

Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik qilish 

quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: 

 

1.  Suyurg’ol  yerlar.  Katta  hajmdagi  bu  yerlar  davlat  tomonidan  ajratib 



berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. 

Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i – xiroj olganlar. 

Amir Temur (1336-1405)

 

3-savol


 

 

 

58 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



 

2.  Tarxon  yerlar.  Bu  yerlar  xususiy  mulk  bo’lib,  ular  odamlarga  biron-bir 

xizmati uchun berilgan. 

 

3.  Ushr  yerlar.  Sayid  va  xo’jalarga  mansub  yerlar.  Bu  yerlarda  olingan 



hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.  

 

4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga 



doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om 

etiladi. 

 

5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.  



 

Kimda-kim  biron  sahroni  obod  qilsa  yoki  koriz  (yerosti  suvlarini  tortib 

chiqarish  uchun  qurilgan  inshoot)  qursa,  biron    bog’  ko’kartirsa  yoxud  birorta 

xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi 

yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur 

muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda 

muhim mavqega ega bo’ladi. 

 

Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib 



o’tadigan,  kambag’al  etim-esirlarga  ovqat  beriladigan  joy),  g’aribxonalarni 

qurishni,  kasallar  uchun  shifoxonalar  bunyod  etishni  va  ularda  ishlash  uchun 

tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni 

qilgan. 


 

Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo 



aloqalarini  rivojlantirishga  harakat  qilgan.  Mashriqdan  mag’ribgacha  bo’lgan 

savdo-sotiq  ishlarini  kuchaytirish  uchun  zarur  bo’lgan  shart-sharoitlar  yaratib 

berilgan.  Masalan,  bir  kunlik  karvon  yo’lida  barcha  narsa  muhayyo    etilgan 

(karvonsaroyda  doimo  ot,  em-xashak,  oziq-ovqat,  suv  bo’lgan,  sardobalar 

qurilgan),  qaroqchilar  qattiq  jazolangan.  Shu  narsaga  alohida  e’tibor    berish 

kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin 

bo’lgan.  Bu,  hozirgi  davr  tili  bilan  aytganda,  birinchidan  –  chet  el  tovarlariga 

bo’lgan  talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan 

ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi. 


 

 

59 



 

 

O’rta asr iqtisodiy qarashlari 



 

A.Temurning  iqtisodiy  fikrlari  «Temur  tuzuklari»da  bayon  etilgan  bo’lib, 

quyida  biz  ko’rib  chiqmoqchi  bo’lgan  g’oyalar  mazkur  asar  asosida  keltirildi. 

(«Amir tuzuklari». Toshkent,1991). 

 

Unda  o’sha  davrdagi  davlatning  12  ijtimoiy  toifadan  iborat  bo’lganligi 



ko’rsatilgan: 

1.  Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 

2.  Aqlli, donishmand odamlar. 

3.  Xudojo’y kishilar. 

4.  No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar. 

5.  Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq). 

6.  Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. 

7.  Vazirlar, sarkotiblar. 

8.  Hakimlar  (faylasuflar,  donishmand,  allomalar),  tabiblar,  munajjimlar, 

muhandislar (injenerlar). 

9.  Hadis olimlari. 

10.  Ahli hunar va san’atchilar. 

11.  Kasbu hunar egalari. 

12.  Savdogar va sayyohlar. 

 

Davlat  taqdirini  esa  podsho,  xazina,  askar  hal  qiladi  deyilgan.  Qo’shin 



a’zolarining  maoshi  to’g’risida  aniq 

ma’lumotlar    keltirilgan.  Masalan, 

oddiy  sipoh  o’zi  mingan  ot  bahosiga 

teng 


miqdorida 

maosh 


olishi, 

bahodirlar  ikki  ot  bahosidan  to’rt  ot 

bahosigacha  maosh  olishi,  o’nboshi 

o’z  qaramog’idagi  askarga  nisbatan 

ikki 

barobar 


ko’p, 

yuzboshi 

o’nboshidan  ikki  marta  ortiq  maosh 

olishi tayinlangan. 

 

«Tuzuklarda»  A.Temur  davrida 



soliq  va  jarimalarni  yig’ish  va  xarj 

(sarf)    qilishga    alohida  e’tibor 

berishgan.  «Xirojni  yig’ish  vaqtida,  – 

deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan  molni 

yozib,  raiyat  ahvolini  tekshirib    tursin,  boj  oluvchilar    fuqaroga  zulm  qilib, 

ularning  ahvoliga  xaroblik  etkazmasinlar.  Viloyatlarda  yig’ilgan  barcha  mol-

ashyoni  kirim  daftariga  yozishlari  lozim.  Ikkinchi  vazir  esa,  chiqim  daftariga 

yozib,  yig’ilgan  mollardan  sipoh  maoshiga  taqsim  qilsinlar».  Demak,  ko’rinib 

turibdiki,  hisob-kitob  ishlari  to’g’ri  yo’lga  qo’yilishi  talab  etilgan.  Xiroj,  odatda, 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling