Ўрта махсус касб-ҳунар таълими тизими кадрлар малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


-rasm. Pedagogika kolleji o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyaasini rivojlantirish mantiqiy-funktsional tuzilmasi


Download 1.04 Mb.
bet9/28
Sana31.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1310875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
3.1. Avtoreferat.Azizov O.E.(тах кейинги) 24.02.23

1-rasm. Pedagogika kolleji o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyaasini rivojlantirish mantiqiy-funktsional tuzilmasi.
Taʼlim jarayonini tashkil qilishning shakllari kommunikativ kompetensiyaning gnostik va interaktiv komponentlarini rivojlantirish uchun yanada samaralidir. Darsdan tashqari shakllaridan o‘quvchilar kommunikativ kompetensiyasi aksiologik va empirik komponentlarini rivojlantirish uchun foydalanish maqsadga muvofiqroq.
Biz tomonidan pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning tuzilmaviy-metodik modeli ishlab chiqildi (2-rasm).
Pedagogika kolleji o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modelini ishlab chiqish jarayoni bosqichli jarayon bo‘lib, bunday bosqichlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maqsadni aniqlash; kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayonida o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlari tizimini qurish; kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishni taʼlim bosqichlarida ko‘rib chiqish hamda kutilayotgan natijalarni baholash uchun zarur va yetarli baholash mezonlarini aniqlashdir.
Taklif etilayotgan modelning funktsional aspekti model tarkibi to‘rtta bosqichi, yaʼni maqsadli , mazmunli, jarayonli va baholash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Pedagogika kollejlari o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayonida kommunikativ, innovatsion va tizimlilik yondashuvga hamda individuallashtirish; rivojlantiruvchi taʼlim; tizimlilik va izchillik; ilmiy asoslilik va amaliy qo‘llanilish; ijodiy faoliyat tamoyillariga asoslanildi.
Kommunikativ yondashuv o‘quvchilarni insoniyatning kommunikativ tajribalarini, kasbiy faoliyatda ishbilarmonlik va shaxslararo kommunikatsiyaning mahsuldor shakllarini egallashga yo‘naltirgan.
Innovatsion yondashuv pedagogika kolleji o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayoni xususiyatlarini o‘rganish va ushbu modeldagi komponentlarni egallashni faollashtiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi o‘qitishning metod, vosita va tashkiliy shakllarini tanlashga imkon beradi.
Tizimlilik esa o‘quv materialining va axborotlarning tizimli mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilishini nazarda tutadi.
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun treninglardan foydalanildi. Treninglardan foydalanish o‘quv jarayonini jadallashtiradi, qiziqarli qiladi, taʼlim mazmunining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda eng muhimi, pedagogika kolleji o‘quvchilari kasbiy faoliyatining barcha jihatlarini integratsiyalashuviga imkon beradi.
Pedagogika kolleji o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taʼlim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Innovatsion taʼlim texnologiyalari va metodlari” fanini modulli o‘qitishda taʼlim metodlari sifatida “dispute”, “pedagogical coaching”, “suggestiya” kabi interaktiv taʼlim metodlari, rasmlarga nom berish, so‘zlar va rasmlarni moslashtirish kabi innovatsion trening mashqlari qo‘llanildi.





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling