Rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi I. Umumiy qoidalar
Download 78.76 Kb.
|
3-Касблар ойлиги тартиби dekabr kasblar oyligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasdiqlayman”
V. Kutilayotgan natija
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Prezidentisizning “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tarbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son qaror bilan respublikamizda uch bosqichli professional ta’lim joriy etilishi talablarida belgilangan talablariga kompleks yondoshish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini ta’minlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishga, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mavjudligi, ma’naviy ruhiy salohiyatini oshirishga, shuningdek, aqliy salohiyatini rivojlantirishga, ta’lim talablariga mutanosib rivojlanishiga olib keladi. Yoshlik davrida tashqi dunyo haqidagi tasavvurlar sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga keladi va sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, fikrlash kabi bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyatlari va holati, diqqati, his-tuyg‘usi va xislatlarida qiziqishi va ehtiyojlari o’z ifodasini topishi tufayli, bu davrda o‘quvchilarga kasblar olami va ularning tasniflari, hayotda tutgan o‘rni haqida tushunchalarni singdirib borishga erishiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda turli kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning kelib chiqishi va maqsadi haqida dastlabki ma’lumotlarni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, jamiyatning asosiy qadriyatlariga (inson, tabiat, tinchlik, bilim, mehnat, madaniyat) ijobiy munosabatini shakllantirishga, shuningdek ularning kommunikativ, axloqiy va ijtimoiy vakolatlarini shakllantirishga erishiladi. O‘quvchilarning har-xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatlarda tarkib topib borishi tufayli “Kasblar oyligi” faoliyati davomida respublikamizda mavjud kasblar va kasbga tayyorlov yo‘nalishlari haqida tushunchalarni berish, o‘quvchilarni kasb-hunar tanlashlari uchun yetarli sharoitlar bilan tanishtirishga erishiladi.
“Tasdiqlayman” ____-maktab direktori ____________ R.Alijonova “___”__________2020 yil
Download 78.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling