3. Odam – Badiiy obraz kasb tipiga kiruvchi kasblar
Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi.
Bunda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Tasviriy faoliyat bilan bog’liq kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish bo’yicha duradgor, toshga o’yib gul soluvchi, yoritish elektrotexnigi, konstruktor-model’er, grafik rassom.
Musiqa faoliyati bilan bog’liq kasblar: pianino va royallarni sozlovchi, orkestr artisti, kompozitor.
Adabiy-badiiy faoliyat bilan bo’lgan kasblar: badiiy adabiyot redaktori, adabiy xodim, teatr artisti, estrada artisti.
“Odam-badiiy obraz” tipidagi kasblarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xodim amalga oshirgan, sarf qilgan mehnatining anchagina qismi tashqi tomondan qaragan kishining ko’ziga ko’rinmay, yashirincha qoladi.
Bundan tashqari mehnatning so’nggi natijasiga erishish uchun, ya’ni ijroning yengil, zo’riqmasdan bajarilishi va o’ynalayotgan rolning tabiiy chiqishi uchun ko’pincha maxsus kuch g’ayrat sarf qilishga to’g’ri keladi.
“Odam – badiiy obraz” kasb tipiga - drama teatr aktyori, qo’g’irchoq teatri aktyori, estrada artisti, musiqiy teatr aktyori, sirk artisti, sirk va original janrlar artisti, havaskorlik xor jamoasi dirijyori, akademik vokal artisti, an’anaviy vokal artisti, estrada vokal artisti, fortepiano ijrochisi, torli cholg’ular ijrochisi, xalq cholg’ulari ijrochisi, rassom, teatr liboslari san’ati rassomi, kino va televidenie rassomi, dizayner, reklama bo’yicha mutaxassis, interer va mebellar dizayneri, me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi-dizayneri, milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri, haykaltarosh, chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi, ganch, naqqoshlik bo’yicha usta-rassom, musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash bo’yicha usta, kashtachilik, zardo’zlik, zargarlik misgarlik bo’yicha usta-rassom, raqs ijrochisi, folklor-etnografik jamoalari rahbari, ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori, madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi, dinshunos va boshqa kasblarni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |