Rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi I. Umumiy qoidalar
Download 78.76 Kb.
|
3-Касблар ойлиги тартиби dekabr kasblar oyligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kasblar ko’pdir dunyoda bir-biridan ziyoda”
- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi
- Maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash ustasi
- Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o’rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi.
- Liboslar bo’yicha dizayner
- Axborot resurs markazi kutubxonachisi
MAZMUNI 1. Kasblar olamiga kirish. “Kasblar olami” taqdimoti. Kasb egallash uchun ta’lim maskanlari haqida (kasb-hunar kollejlari, o’quv markazlari, texnikumlar va Oliy o’quv yurtlari haqida ma’lumotlar) “Kasb-hunarlar” ilovasi. Kasb egallash yo’llari. Kasbiy fazilatlar. Qobiliyat va imkoniyatlar haqida suhbat. Shifokor kasbi. Shifokorning kasbiy fazilatlari. Uning intellektual salohiyatining ahamiyati. “Shifokor qabulida” rolli o’yin. O’quvchilarda ilm ma’rifatga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish. Mas’uliyatlilik, bag’rikenglik, bilimdonlik xislatlarini rivojlantirish. Bolalar shifokori. “Kichkintoy anketasi” kitobchasini tayyorlash. Bolalarni sevish. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, boshqalardan ham talab qilish ko’nikmalarini rivojlantirish. Gurux bo’lib ishlash ko’nikmasini shakllantirish. Oshpaz kasbi “Eng mazali taom” konkurs. Dasturxon bezatish san’ati, Salat tayyorlash sirlari. Maktab oshxonasi oshpazlari bilan suhbat. Kasbning o’ziga xos xususiyatlari. Etiket qoidalari. Syujetli o’yin “Dasturxon bezatamiz” taomlar uchun retsept tuzamiz (guruxlarda ishlash). Hayot faoliyati muhofazasi. Sartarosh kasbi. Go’zallik saloniga ekskursiya. “Soch turmaklari” mashg’uloti yakka va guruxiy tarzda olib boriladi. Go’zallik saloni sartaroshi bilan suhbat. Gigiena talablari. Tergovchi kasbi. Syujetli o’yin “Tergovchining kasbiy xususiyatlari”, “Ta’rifiga ko’ra toping” Guruxlarda syujetli o’yin. Kasbiy xususiyatlarini amaliyotga tatbiq eta olish. Internet orqali tergovchilik kasbi, uning zarur kasbiy fazilatlari haqida ma’lumotlar olish. Xuquqshunos kasbi. Mavzuga oid rebuslar tuzish va yechish. Mashg’ulotlar juft bo’lib va guruxiy tarzda olib boriladi. Qo’shimcha manbalrdan uquqshunos kasbi haqida ma’lumotlar olish .Kasbiy fazilatlarni o’rganish. Rebuslar tuzish va ularni yechish. Jurnalist kasbi. “Kun qahramoni” mavzusida reportaj tayyorlash. Mashg’ulotlar juft bo’lib olib boriladi. Notiqlik san’ati haqida tushunchalar beriladi. Maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi va taklif etilgan shu soha vakillari ishtirokida suhbatlar uyushtiriladi. Sinf devoriy gazetasiga eslatmalar tayyorlash Sotuvchi kasbi. “Supermarket” o’yini. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi. Taqdimot namoyish etiladi. Sotuvchi kasbidagi ota-onalar taklif etiladi. Ular yordamida suhbat olib boriladi. Harbiy. “Vatanni mardlar qo’riqlaydi” harbiy-sport o’yini. Maktabning YoChT o’qituvchisi yordamida musobaqa uyushtiriladi. Harbiy soha vakillaridan taklif etiladi. Suhbat olib boriladi. Haydovchilik kasbi. Loyiha « Svetofor maketi», «Transport». O’yin “Yo’l qoidasi –umr foydasi” Mashg’ulotlar yakka va guruxiy tarzda olib boriladi. Guruxlar ishtirokida “Yo’l belgilari” mavzusida savol-javob o’tkaziladi. Muhandis quruvchi. Zamonaviy shaharcha maketi.Bunyodkorlik ishlarida muxandis quruvchililarning roli haqida suhbat. “Eng qulay va zamonaviy uylar” konkursi. G’ishtlardan (Lego komplekti ) uy qurish. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi. Kasbiy fazilatlar haqida suhbat Konstruktor detallaridan avtomobil modelini yasash. Mashg’ulotlar yakka va juft tarzda olib boriladi. Uchuvchi kasbi. “Aeroport” «Kosmos» mavzularida taqdimot namoyish etiladi. Uchuvchi bo’lish uchun kasbiy va intelllektual salohiyat haqida suhbat o’tkaziladi. Konstruktor to’plami yordamida samolet va raketa modellari yig’iladi. “Balli yigitlar” konkursi o’tkaziladi. Maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash ustasi. Kasbning o’ziga xos xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.Fanlardan olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyati beriladi. Tok manbai nima. Parallel va ketma-ket ulash . Ularning afzalligi va farqi. savollariga javob olinadi. Mavzuga oid fizikadan masala yechish. musobaqasi o’tkaziladi. G’oliblarni taqdirlanadi. Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o’rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi. Kompterdagi nosozliklarni aniqlash bo’yicha musobaqa. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi. Rabototexnika va dasturlash sirlari . “Zamonaviy texnologiyalar va mening kompyuterda sevimli mashg’ulotim” mavzusida konkurs o’tkazish Kompyuter dasturlovchi . Informatika xonasiga dagi jixozlar. Zamonaviy kompyuterlar. Mobil sinf xonasi. Kompyuter texnologiyalari mavzularida suhbat o’tkazish.Kompyuterda ishlash (mavzu «Internet») yakka tartibda. Internet yordami ma’lumotlar olish. Ma’lumot jo’natish .Elektron pochta va h.k.z . Qandolatchi kasbi. Kasbning nozik jihatlari haqida maktab oshxonasi oshpazi bilan suhbat o’tkazish. “Eng shirin kasb egasi” konkursi o’tkazish. G’oliblarni taqdirlash. Landshaft dizayneri Bog’bon, dehqon, gulchi, , ko’kalamzorlashtiruvchi kabi kasblar xaqida hamda ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, landshaft-dizaynerlik yo’nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar haqida ma’lumotlar berish. Liboslar bo’yicha dizayner. Taklif etilgan soha vakillari bilan suhbat. Modalar ko’rgazmasini o’tkazish. Fotograf. Taklif etilgan soha mutaxassisi yordamida fotostudiya jihozlari bilan tanishtirish. “ Eng yaxshi ishlangan fotosurat” mavzusida taqdimot tayyorlash. Syujetli o’yin «Oilaviy albom».Mashg’ulot frontal va guruxiy tarzda olib boriladi. Zargarlik kasbi. Mavzuga oid taqdimot namoyish etiladi. Usta zagarlar haqida ma’lumotlar beriladi. Ustoz-shogird an’analari haqida so’z yuritiladi. Kasbning xususiyatlari, jumladan sabrlilik, nozik did egasi bo’lish, mehnatsevarlik kabi xususiyatlar haqida suhbatlashiladi. Kulolchilik kasbi . Qadimiy me’morchilik an’analari. Kulolchilik san’ati haqida suhbat. O’quvchilarning qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji kabi o’quv muassasalarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini, meroslarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik kasbini egallashlari uchun taxsil olishlari mumkin ekanligi haqida suhbatlar uyushtirish. Aktyorlik kasbi. Filmlar, spektakllar, kontsertlar haqida ma’lumotlar. Men sevgan akter. Mini spektakl tayyorlash. Mashg’ulot guruxiy tarzda olib boriladi. Axborot resurs markazi kutubxonachisi. Kitobxonlar kuni o’tkazish. Yozuvchi va shoirlarni taklif qilish. Suhbat o’tkazish. Eng yaxshi kitobxon konkursini o’tkazish. Hisobchi kasbi. Taklif etilgan Hisobchi kasbi egasi bilan kasbning xususiyatlari haqida suhbat. Syujetli o’yin «Oilaviy byudjet» Mashg’ulot frontal va guruxiy tarzda olib boriladi. Bank xodimi. Tadbirkor ota-onalar taklif etiladi. Tadbirkorlik va biznes reja haqida ma’lumotlar beriladi. Guruxlarda syujetli o’yin «Kichik tadbirkor». “Biznes reja qanday tuziladi” mavzularida o’yin tashkillashtiriladi. Arxitektor kasbi. Loyiha nima ? Mening shahrim Mening uyim. Mening qishlogim haqida suhbat o’tkaziladi.Zamonaviy loyihalar haqida tasavvurlarim mavzusida suhbat «Mening uyim».Yakka tartibda. Loyiha «Mening shahrim» Guruxiy tarzda o’tkaziladi. Agronom. Inson hayotida o’simliklarning ahamiyati..Qishloq xo’jaligi ekinlari. Ekinlarni sug’orish, unumdor tuproqlar. Mineral o’g’itlar va ularning ahamiyati haqida suhbat. Xona o’simliklari parvarishi. (tuproqni yumshatish, suv qo’yish, ko’chat o’tkazish. Issiqxona va uning afzalliklari haqida suhbat. Mashg’ulotlar frontal va guruxiy o’tkaziladi. Ekolog. Havoning ifloslanish omillari. Havo muhofazasi. Yakka tartibda. Atrof muhit muhofazasi- barchamizning burchimiz bahs-munozara. Guruhiy. “O’zbekistonning qizil kitobi” yordamida yo’qolib borayotgan hayvonlarini aniqlash.Yakka tartibda. Maktabning “Kasblar olami” to’garagi a’zolarining “Kasblar ko’pdir dunyoda bir-biridan ziyoda” mavzusidagi tadbiri. Download 78.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling