4. Odam – Belgilar tizimi kasb tipiga kiruvchi kasblar
Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi sistemalari dunyosida – tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi.
Odam belgilar tizimi tipidagi kasblar quyidagilarni o’z ichiga oladi: hujjatlarni rasmiylashtirish, ish yuritish, tekstlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog’liq kasblar, tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor.
Hisoblash mashinalarining operatori, programmist, telegrafchi, texnik redaktor.
Shartli belgilar sistemasi, ob’ektlarning sxematik tasviri ko’rinishidagi informatsiyalarni qayta ishlash bilan bog’liq kasblar: chizmachi, topograf, texnik–geodezist, injener.
Buxgalter, auditor, analitik, marketolog, byudjet analitigi, baholovchi, stenografist, statist, iqtisodchi, axborot–resurs markazi kutubxonachisi, arxivshunos va ish yurituvchi, menejer, tovarshunos, birja agenti, moliyachi, bank ishi mutaxassisi, soliq mutaxassisi, sug’urta agenti, kompyuter operatori, korrektor, redaktor, sekretar-referent, aloqa operatori, aloqachi, kassir, kontroler-kassir, kartograf, pochtalon, notarius va boshqa kasblarni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |