Rta ta’lim muassasalarida “Kasblar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi I. Umumiy qoidalar


Download 78.76 Kb.
bet9/15
Sana08.01.2022
Hajmi78.76 Kb.
#254814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3-Касблар ойлиги тартиби dekabr kasblar oyligi

Qo’shimcha manbalar

KASBLAR TASNIFI

1. Odam – Odam kasb tipiga kiruvchi kasblar

“Odam-odam” tipiga kiruvchi kasblarga oid mehnatning asosiy mazmuni odamlarning o’zaro bir- biriga ta’sir ko’rsatishidan iboratdir. Bunday bir-biriga ta’sir ko’rsatishning muhim qismi o’zaro munosabatlar hisoblanadi.

Bu kasb tipida asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv predmetlaridan tashqari siz shaxsan o’zingiz jamoat ishlarida kollektiv ravishda o’tkazilgan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi.

Mazkur tipda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Odamlarni o’qitish va tarbiyalash bilan bog’liq kasblar: tarbiyachi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi, o’qituvchi.

Ishlab chiqarishni boshqarish, odamlarga, kollektivlarga rahbarlik qilish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: Jamoa va korxona rahbarlari, avtotransport korxonalarining dispetcherlari, injener ekonomist.

Maishiy savdo xizmati ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan kasblar: sotuvchi, sartarosh, poyafzal ta’mirlash ustasi, tikuvchi va h.k.

Odam – Odam” kasb tipi bo’yicha - tarbiyachi, o’qituvchi, pedagog, hamshira, feldsher, shifokor, yurist, yuriskonsultant, advokat, sudya, prokuror, tergovchi, sotuvchi, oshpaz, gid, resepshen, styuardessa, ekskursovod, ofitsiant, barmen, sartarosh, stilist, kosmetolog, massajist, kutubxonachi, auditor, brokker, makler, diler, tarjimon, psixolog, rejissyor, ijtimoiy ish xodimi, trener, davlat avtomobil nazorati xodimi, diplomat va boshqa kasblarni aks ettiradi.




Download 78.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling