Ruboiy janri tavsifi (xorazm shoirlari ijodi misolida)
Download 42.42 Kb.
|
RUBOIY JANRI TAVSIFIXORAZM SHOIRLARI IJODI MISOLIDA(1)
RUBOIY JANRI TAVSIFI(XORAZM SHOIRLARI IJODI MISOLIDA)Masharipova Dildora Gulomovna Urganch shahar 31-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi UrDU 1-kurs Adabiyot yo'nalishi magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada ruboiy janrining kelib chiqish tarixi, tavsifi, bu janrda ijod etgan Xorazmlik shoirlarning bitiklaridan namunalar keltirilib, tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: aruz; ruboiy; poetik shakl; misra; bahr; vazn; rukn. KIRISH Ma’lumki, ruboiy musulmon Sharqi she’riyatida keng tarqalgan she’riy janrlardan biri bo‘lib, arabcha “to‘rtlik” degan ma’noni bildiradi. Adabiy istiloh sifatida esa to‘rt misradan iborat, a-a-a-b-a yoki a-a-a-a tarzida qofiyalanib keluvchi va o‘ziga xos vaznda yoziladigan mustaqil she’rni anglatadi. Ruboiy janri dastavval forsiy she’riyatda vujudga kelgan bo‘lib, uning genezisi xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Ushbu poetik shakldagi she’rlar xalq og‘zaki ijodida ancha qadimdan yaratilib kelingan1. ADABIYOTLAR SHARHI Fors-tojik aruzshunosi Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”da ma’lumot berishicha, ruboiyning vujudga kelishi Abu Abdulloh Rudakiy she’riyati bilan bog‘liq. Asarda keltirilishicha, Rudakiy ushbu janrning ohangini xalq og‘zaki ijodidan olgan ekan. Shams Qays Roziy ushbu ma’lumot bilan bog‘liq bir rivoyatni keltiradi: Bir kuni Rudakiy hayit bayrami munosabati bilan G‘azni shahrining go‘zal va orombaxsh hududlarini sayr qilib yurgan paytida, yig‘ilib turgan xaloyiqni ko‘rdi. Odamlar bir guruh bolalarning atrofini o‘rab olishgan edi. Bu bolalar gavzbon (yong‘oqlarni maxsus chuqurchalarga tashlash) o‘yinini o‘ynayotgan edilar. Ushbu bolalar orasida 10–15 yoshli chiroyli bir o‘smir o‘yindagi mahorati va mavzun kalomi (chiroyli so‘zlari) bilan atrofdagilarni hayratga solar edi. Rudakiy ham uning betakror mahorati va fasohatga to‘la nutqidan hayratga tushib, Qur’on suralarini o‘qiy boshlaydi. Shu vaqt chuqurchaga otilgan yong‘oqlardan biri chuqurchadan chiqib, bir zum o‘tmay, hayratlanarli tarzda yana chuqurchaga qaytib tushadi. Bunday ajoyib manzaradan hayratlangan bola hozirjavoblik bilan quyidagi misrani o‘qiydi: G‘alton-g‘alton hameravad to buni ku... (Tarjimasi: Dumalab-dumalab, chuqurchaning ichiga tushadi.) Ushbu misraning vazni va yoqimli ohangi shoirga ma’qul tushib, aruz qonunlaridan mazkur vaznni izlab topdi va uning hazaj bahriga mos tushishini aniqladi. Download 42.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling