Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar


Download 0.96 Mb.
bet2/5
Sana15.12.2020
Hajmi0.96 Mb.
#167477
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu uchun maqolalar O'znetda savodsizlik

Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlarda, xususan Linux operatsion tizimi va undagi dasturlarda o‘zbekcha matnlarni imloga tekshirish uchun aspell-uz paketidan foydalanish mumkin. Lekin, hozircha uning yordamida faqat o‘zbek kirill alifbosidagi matnlarni tekshirishingiz mumkin xolos.

Albatta, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imloni tekshirish dasturlari o‘zbek tilidagi imlo xatolaringizni to‘liq bartaraf qila olmaydi. Agar siz yozgan so‘zni o‘zining so‘zlar bazasidan topa olmasa, hatto to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni ham xato deb ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, hamma ham veb-sayt uchun matnni biror matn muharririda tayyorlamaydi. Ko‘p holatlarda sayt matni to‘g‘ridan to‘g‘ri saytning o‘ziga, uning kontentini boshqarish tizimi yordamida veb interfeysdan kiritiladi. Ushbu holatda saytdagi matnni imlo xatolariga tekshirib beruvchi Internet xizmatlarining (masalan, Yandex kompaniyasi taqdim qiladigan veb-masterlar uchun uskunalar tarkibiga kiruvchi imloni tekshirish xizmati kabi xizmatlarning) tashkil qilinishi foydadan xoli bo‘lmas edi. Afsuski, bugungi kunda O‘znetda birorta ham bunday xizmat mavjud emas.



Kirill alifbosiga xos bo‘lgan muammolar
Muammo. Kirill alifbosiga xos bo‘lgan muammolar asosan Ўў, ??, ?? va ?? harflari bilan bog‘liq. Bu harflarni kiritish uchun klaviatura tugmalari tartibi paydo bo‘lganiga qariyb 10 yil bo‘lgan bo‘lsada, afsuski, shu kungacha bu harflarni klaviaturadan kiritishni bilmaydiganlar topiladi (2-rasm).

2-rasm. Ў ў, ? ?, ? ? va ? ? harflaridan foydalanilmagan sayt.



Ayrim saytlarda esa sahifalarning kodlash usuli ??, ?? va ?? harflarini qo‘llab-quvvatlamaganligi sababli bu harflardan atayin foydalanilmaganligini ko‘rish mumkin (3-rasm). Ushbu holatlarda muammoga odatda saytning kodlash usuli sifatida „windows-1251“ tanlanganligi sabab bo‘ladi. 3-rasmdagi saytning dastlabki kodini ochib, muammo aynan shunda bo‘lganligini ko‘rish mumkin:



3-rasm. Sahifalarning kodlash usuli ??, ?? va ?? harflarini qo‘llab-quvvatlamaganligi sababli bu harflardan foydalanilmagan sayt.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling