Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar
Download 0.96 Mb.
|
2-mavzu uchun maqolalar O'znetda savodsizlik
„windows-1251“ kodlash usuli Microsoft Windows operatsion tiziming barcha ruscha versiyalarida asosiy kodlash usuli hisoblanganligi sababli vebda kirill yozuvi uchun eng ko‘p shu kodlash usulidan foydalaniladi. Afsuski, unga o‘zbek kirill alifbosidagi ??, ?? va ?? harflari qo‘shilmagan. Ўў harfi esa belorus alifbosida ham uchraganligi sabab ushbu kodlash usuli uni qo‘llab quvvatlaydi. Yechim. Yechim. Albatta, muammoning yechimi mavjud va u juda murakkab ham emas. Agar sayt sahifalarida „windows-1251“ kodlash usuli ishlatilgan bo‘lsa, unda ??, ?? va ?? harflarini chiqarish uchun quyidagi HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish mumkin: ? – Қ ? – қ ? – Ғ ? – ғ ? – Ҳ ? – ҳ Masalan, O‘znetda bu usuldan „O‘zbek futbol fanatlari“ (uff.uz) veb-sayti samarali foydalanadi. Yana bir variant UTF-8 kodlash usuli bo‘lib, bugungi kunda Internet tarmog‘idagi ko‘plab saytlar aynan shu kodlash usulida ishlashadi. Bu kodlash usulining ustun tomoni, endilikda siz nafaqat kirill alifbosidagi muammoli harflarni balki, dunyodagi deyarli barcha alifbolarning simvollarini veb-saytingizda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Agar bu kodlash usulidan foydalanadigan bo‘lsangiz, HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish shart emas, matnni to‘g‘ridan to‘g‘ri operatsion tizimdagi o‘zbek kirill klaviatura tugmalari tartibidan foydalangan holda kiritishingiz mumkin. Faqat, sayt sahifalarining dastlabki kodidagi meta-ma’lumotlarda va sahifani saqlayotganda kodlash usuli sifatida UTF-8 usulini ko‘rsatishni unutmang. Lotin alifbosiga xos bo‘lgan muammolar Muammo. Lotin alifbosiga xos bo‘lgan muammolar asosan O‘o‘ va G‘g‘ harflari, hamda ’ tutuq belgisini noto‘g‘ri ifodalash bilan bog‘liq. Ko‘p hollarda O‘o‘ va G‘g‘ harflari ustidagi yuqoriga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvol va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yiladi (4-rasm). 4-rasm. O‘ o‘, G‘ g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi. O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining noto‘g‘ri yozilishi O‘znetdagi deyarli barcha saytlarda uchraydi. uza.uz, gov.uz, onatili.uz kabi asosiy kontent lotin yozuvida taqdim qilinadigan saytlarda sayt kontentiga ancha e’tibor bilan yondashilsada, baribir, sahifalarda imlo xatolari tez-tez uchrab turadi (5-rasm). Uza.uz kabi saytlarda yangiliklar matnining noto‘g‘ri yozilishi ko‘plab davlat tashkilotlari saytlarida ham ushbu xatoning qaytarilishiga olib keladi, chunki davlat tashkilotlari veb-saytlaridagi yangiliklar odatda Milliy axborot agentligi veb-saytidan olinadi. 5-rasm. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi. Lotin alifbosiga xos bo‘lgan boshqa muammolar asosan transliteratsiya bilan bog‘liq. Ko‘p hollarda matn avval kirill yozuvida tayyorlanib, keyin transliterator dastur yordamida lotin yozuviga o‘tkaziladi. Afsuski, bugungi kunga qadar o‘zbek kirill yozuvidan lotin yozuviga va teskari yo‘nalishda barcha imlo qoidalariga to‘liq amal qilib o‘giradigan birorta ham dastur yo‘q. Transliteratsiyada eng ko‘p xatolar kirill alifbosidagi Цц va Ее harflarini lotin yozuviga o‘tkazishda, sanalarning yozilishida (Lotin yozuvining imlo qoidalariga ko‘ra sanalar chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: 14-dekabr. Bundan tashqari, сентябрь – sentabr, октябрь – oktabr deb yozilishi kerak.), ayrim lotin yozuvidagi so‘zlarning transliteratsiya qoidalariga umuman mos kelmasligi (Masalan: бюджет – budjet, бюро – buro, валюта – valuta, дублёр – dublor, дюйм – duym, изолятор – izolator, иллюзия – illuziya, калькулятор – kalkulator) e’tiborga olinmaganligi kabi holatlarda yuzaga keladi. Veb-saytlardagi lotin yozuvi bilan bog‘liq imlo xatolarining sabablari odatda quyidagilardan biri yoki bir nechtasi bo‘ladi: 1) Matn muallifi lotin alifbosini yaxshi bilmaydi va bu harflarning aynan to‘g‘ri yozilishidan xabari yo‘q; 2) Matn muallifi transliteratsiya qiluvchi dastur yordamida kirilldan lotinga o‘tkazilgan matnni qayta tahrirlab chiqmaydi; 3) Windows operatsion tizimi bilan taqdim qilinadigan o‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura tugmalari tartibida ushbu yuqoriga va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvollar mavjud bo‘lmaganligi uchun matn muallifi ularni qanday kiritishni bilmasdan, klaviaturadagi inglizcha tugmalar tartibidan foydalanib qo‘ya qoladi. Yechim. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolardan birinchi ikki muammo albatta matn muallifining o‘z savodlilik darajasi, lotin yozuvining imlo qoidalaridan qanchalik xabardorligiga bog‘liq. Bunda albatta sayt kontent menejerining o‘z ustida ishlashi, imlo qoidalari bo‘yicha bilimini oshirishi kerak bo‘ladi. Uchinchi muammoning yechimi esa, unchalik qiyin emas. Darhaqiqat, Windows operatsion tizimi bilan taqdim qilinadigan o‘zbek lotin alifbosi asosidagi klaviatura tugmalari tartibida O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi uchun zarur bo‘lgan yuqoriga va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvollarning mavjud emasligi ularni kiritishda qiyinchilik tug‘diradi. Ularni veb-sahifaga chiqarish uchun HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish mumkin: &lsquо; (O‘o‘ va G‘g‘ harflari uchun) va &rsquо; (tutuq belgisi uchun). Lekin, veb-sahifalarni kod ko‘rinishida emas, balki vizual tahrirlayotganda HTML tilining maxsus simvollarini kiritish noqulaylik tug‘diradi. Odatda ko‘pchilik o‘ziga qulay bo‘lgan matn muharririda matnni ingliz harflari bilan yozib olib, so‘ngra avval O‘o‘ va G‘g‘ harflarini, so‘ngra tutuq belgisini avtomat tarzda almashtirish yo‘li bilan to‘g‘rilab chiqadi. Bu esa, albatta, juda noqulay. Agar, bu muammoli simvollarni matnni yozayotgan vaqtingizda birato‘la to‘g‘ri kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda o‘zbek lotin alifbosi uchun moslashtirilgan klaviatura tugmalari tartibi kerak bo‘ladi. Bunday klaviatura tugmalari tarkibini quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin: http://behzod.uz/projects/uzl-keyboard/. Siz o‘qiyotgan ushbu maqolani yozishda ham aynan shu tugmalar tartibidan (6-rasm) foydalanildi. 6-rasm. O‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura tugmalari tartibi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling