Rustamjon o‘rinov
Download 463.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Uslubiyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘ZLASHUV USLUBI Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir
uslublari deyiladi.
O‘zbek tilining nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga esa o‘zbek tili uslubiyati deyiladi. O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o‘rganish bizga bu til haqida to‘la axborotni bera olmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so‘zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so‘zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo‘shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo‘llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo‘llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz. O‘zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: 1) so‘zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) ilmiy uslub. Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki nutqqa xos bo‘lsa, qolgan uslublar esa ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi esa og‘zaki nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi) ko‘rinishi borligini bilasiz. Тilimizda barcha uslublarda teng qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud. Shuning uchun so‘zlar ana shu belgiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) uslubiy betaraf so‘zlar (masalan, so‘zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so‘zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar). SO‘ZLASHUV USLUBI Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir- biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so‘zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi. Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so‘zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiрtaxonasidan chiрta olish uchun so‘raysiz: — Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chiрta bering deb o‘tirmaysiz). So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi: 1) adabiy so‘zlashuv uslubi; 2) oddiy so‘zlashuv uslubi. Download 463.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling