Rustamjon o‘rinov
Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiy uslub hisoblanadi
Download 463.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Uslubiyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- RASMIY USLUB Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi.
Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiy uslub hisoblanadi.
Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olish bilan birga, o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o‘quvchida estetik zavq uyg‘otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o‘quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangandir. Badiiy uslub, ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so‘zlashuv uslubining ham, rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo‘laveradi. RASMIY USLUB Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga bo‘ysunadi. Masalan, «Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘. Mo‘minov haqiqatan ham O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi...» Download 463.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling