Rustamov Anvar Mavzu: Optik aloqa tarmoqlari. To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xuxusiyatlari
Download 265.08 Kb.
|
3-Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optik izolatoming tuzilish sxemasi va ish prinsipi
Optik izolatorlar Optik signal tola bo‘ylab tarqalish chog‘ida uning nobirjinsliklaridan, ayniqsa, tolaning ulangan joylaridan aks etishi mumkin. Bunday aks etishlar natijasida nurlanish quwatining muayyan qismi teskari yo‘nalishda qaytadi. Yorug‘lik manbayi sifatida lazer diodidan foydalanilgan holda aks etgan nurlanish uning rezonatoriga tushib, majburiy nurlanishlar — foydali signalga qo‘shimcha tarzda zararli signallar, ya'ni shovqin ham hosil qiladi. Ko‘p sonli ajraluvchi va ajralmas ulagichlar va boshqa xil optik qurilmalar — tarmoqlagich, spektr bo'yicha zichlashtirish qurilmalari, optik kuchaytirgichlardan tarkib topgan keng polosali tarmoqlarda bunday teskari aloqaxatarli tus olib, nurlanish manbayi shovqin sathining ortishiga olib keladi.
Optik izolator optik signalning mujassamlashtirgan nurlanish oqimini bir yo‘nalishda deyarli yo‘qotishlarsiz, boshqa (teskari) yo‘nalishda esa katta so‘nish bilan uzatishga mo‘ljallangan optik qurilma bo‘lib, u hozirgi kunda ko‘pgina lazerli tizimlar va tolali optik kuchaytirgichlarning asosiy tarkibiy qurilmalaridan biri sifatida ishlatiladi. Optik izolatorlardan, shuningdek, optik aloqa liniyasining alohida qurilmasi sifatida ham foydalaniladi. Optik izolatorning ish prinsipi ayrim shaffof modalarda magnit maydoni ta’sirida sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarishi natijasida yorug‘lik to ‘lqini qutblanish tekisligining burilishi hodisasidan — Faradey effektidan foydalanishga asoslangan. Bunda qutblanish tekisligining burilishi magnitooptik modalar deb nomlanadigan modalarda magnit maydoni ta'sirida sindirish ko‘rsatkichining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda turlicha bo‘lib qolishi, natijada yorug’lik elektromagnit to‘lqini elektr va magnit tashkil etuvchilari tezliklarining o‘zaro farqlanishi tufayli yuzaga keladi. 4-rasm. Optik izolatoming tuzilish sxemasi va ish prinsipi: a — to‘g ‘ri yo'nalishdagi foydali optik signal undan to‘siqlarsiz o'tadi; b — teskari yo ‘nalishdagi zararli signal qutblagich orqali o ‘tmaydi. Optik sikulatorlar Faradey hodisasidan yana bir turdagi tolali optik qurilmalar — optik sirkulatorlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Optik sirkulatorlar bitta kirish va bitta chiqishga ega bo'lgan ikki portli optik izolatorlardan farqli ravishda 3 yoki 4 portli qurilma bo‘lib, ular bitta kirish va ikkita chiqish yoki ikkita kirish va ikkita chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Optik tola bo'ylab tarqalayotgan nurlanishning bu portlar orasidagi taqsimoti uning tarqalish yo'nalishi bilan aniqlanadi. 5- rasmda 3-portli va 4portli sirkulatorlarning sxemasi keltirilgan. Sxemasi 5-a rasmda keltirilgan T-tusdagi sirkulator quyidagi xususiyatlarga ega. Unda 1-portga kiritilgan nurlanish, 2-portga boradi. Biroq 2-portga kiritilgan nurlanish 1-portga qaytmaydi, balki 3-portga boradi, 3-portga kiritilgan nurlanish 2- portga bormaydi. 5- b rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha tayyorlangan sirkulator quyidagi xossalarga ega: 1-portga kiritilgan nurlanish 2-portga horadi, 2-portga kiritilgan nurlanish 3-portdan chiqadi, 3-portga kiritilgan nurlanish 4-portga boradi. 4- portga kiritilgan nurlanish l-portga bormaydi. Boshqacha aytganda, bu turdagi sirkulator ikkiga parallel ulangan F-tusdagi sirkulator vazifasini o‘taydi. Download 265.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling