Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish
Amaliy dasturiy ta‘minot va uning tarkibi
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1-5 mavzu
4. Amaliy dasturiy ta‘minot va uning tarkibi.
Hisoblash texnikasini amaliyotga samarali tatbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. ADPlarga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi kompyuterning ilmiy sohaga, iqtisodiyot, madaniyat, ta‘limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tatbiq qilinmoqda. Amaliy dasturli ta‘minot foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini yechish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlar paketini o‘zida qamrab oladi. Aksariyat amaliy dasturlar paketi biror interaktiv muhit ko‘rinishiga ega bo‘lib, unda foydalanuvchi ma‘lumotlarni o‘zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy vositalarga ega bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o‘tish mumkin: - matn muharrirlari, matnli protsessorlar va noshirlik tizimlari; - grafik muharrirlar va tadbirkorlik grafika vositalari; - katta o‘lchamli elektron jadvallar, jadval protsessorlari; - telekommunikatsion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari; - ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi; - ma‘lumotli qidirish tizimlari; - sun‘iy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari; - avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari; - ma‘lumotlarni statistik qayta ishlash; - matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari; - avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari; 25 - tarkibiga muammoga mo‘ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi; Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta‘minlaydi. Amaliy dasturlar paketlarini uchta guruhga ajratish mumkin: - operatsion sistemalar imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar; - umumiy belgilanishdagi paketlar; - avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ishlashga mo‘ljallangan paketlar. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling