Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish
Axborot adekvatligi. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1-5 mavzu
3. Axborot adekvatligi. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari.
Axborot mahsulotlari boshqa barcha rеsurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlab bеradigan yagona rеsursdir. Informatika model – algoritm - dasturga asoslangan uchlikka tayanadi. Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bо‘lib kelgan. Tinch hayot davrida ham, urush yoki tahlika kunlarida ham axborot hayot - mamot masalasi sifatida qaralgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan uni har doim saqlash, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, telivedeniye ishtirok qilgan. Tо‘g‘ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan, deyish mumkin. Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan va texnika yuqori chо‘qqilarga kо‘tarilgan о‘ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida nomoyon bо‘ladi. Endi yangi ma’lumot va bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxasisslar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq, hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan о‘z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog‘liq desak mubolog‘a bо‘lmaydi. Bu mutaxasislarini kuch qudrati, bir tomondan о‘z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan axborot texnologiyalarini (zamonaviy kompyuterlarni) о‘zlashtirganliklari bilan belgilanadi. Haqiqatdan ham, kompyuter, aniqrog‘i u va unga ulanadigan nihoyatda kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuisi quyidagi sxemaga kо‘ra ma’lumotni qayta ishlaydi, о‘zidan о‘tkazadi: 16 Axborotning sintaktik o‘lchovi Axborotning bu o‘lchovida obyektga nisbatan ma’noga ega bo‘lmagan axborot bilan ish ko‘riladi. Axbortdagi ma’lumotlar hajmi VM - bu axborotdagi simvollar (xonalar) soni bilan o‘lchanadi. Turli sanoq sistemasida bir xona turli salmoqqa ega va demak, ma’lumotlarning o‘lchov birligi o‘zgaradi. Sintaktik bosqichda axborot miqdorini sistema holatining noaniqligi (sistema entropiyasi) tushunchasini ko‘rmasdan aniqlab bo‘lmaydi. Aytaylik, axborot olinishgacha foydalanuvchi sistemasi xususida qandaydir dastlabki (aprior) ma’lumotga ega bo‘lsin. Uning sistemadan voqif emaslik o‘lchovi H( ) funksiya bo‘lib, bu funksiya o‘z navbatida sistema holatining noaniqlik darajasi va o‘lchovi hisoblanadi. Qandaydir ma’lumot qabul qilingandan so‘ng qabul qiluvchi qandaydir qo‘shimcha I ( ) axborotga ega bo‘ladi va uning aprior voqif emasligi kamayadi, natijada sistema holatining aposterior ( ma’lumot qabul qilingandan so‘nggi) noaniqligi H ( ) ga teng bo‘ladi. Unda, ( ma’lumotdagi sistema xususidagi axborot miqdori I quyidagicha aniqlanadi: I ( ) H( ) - H ( ) (1) ya’ni, axborot miqdori sistema holati noaniqligining o‘zgarishi (kamayishi) orqali o‘lchanadi. Agar so‘nggi noaniqlik H ( ) nolga aylansa, dastlabki to‘liq bo‘lmagan bilim to‘liq bilim bilan almashtiriladi va axborot miqdori I ( ) H( ) bo‘ladi. Boshqacha aytganda, sistema entropiyasi H yetishmaydigan axborot o‘lchovi sifatida ko‘rilishi mumkin. Axborotning semantik o‘lchovi Axborotning ma’noli mazmunini, ya’ni uning semantik bosqichidagi miqdorini o‘lchashda tezaurusli o‘lchov keng tarqalgan. Bu o‘lchov axborotning semantik xususiyatlarini axborot qilinishidagi foydalanuvchining qobiliyati bilan bog‘laydi. Buning uchun foydalanuvchining tezaurusi tushunchasi ishlatiladi. Tezaurus - foydalanuvchi yoki sistema ixtiyoridagi ma’lumotlar majmui. Foydalanuvchi qabul qiladigan va kelgusida o‘zining tezaurusiga kiritadigan axborot miqdori I c axborotning ma’noli mazmuni S va foydalanuvchi tezaurusi Sf orasidagi o‘zaro nisbatda o‘zgaradi. Foydalanuvchi semantik Axborotning maksimal miqdoriga axborotning ma’noli mazmunini o‘zining tezaurusi bilan muvofiqlashtirgan holda (S р S p opt ) ega bo‘ladi. Unda qabul qilingan axborot foydalanuvchiga tushunarli bo‘ladi va unga oldin номаълум бўлган (унинг тезаурусида bo‘lmagan) ma’lumotlarni beradi. Shunday qilib, foydalanuvchi qabul qiladigan ma’lumotlardagi semantik axborotning miqdori, yangi bilimlar miqdori nisbiy kattalikdir. Bir xil ma’lumotlar bilimdon foydalanuvchi uchun ma’noli mazmunga ega bo‘lsa xabarsiz foydalanuvchi uchun ma’noga ega bo‘lmaydi (semantik shovqin). Semantik Axborot miqdorining nisbiy o‘lchovi sifatida semantik Axborot miqdorining uning hajmiga nisbati orqali aniqlanuvchi mazmunlik koeffitsiyenti S xizmat qilishi mumkin: C I c V M (2) Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling