Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

4.Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
Ma'lumki, kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus qurilmada tokning 
bor bo'lishini 1 ga teng, aks holda, ya'ni tok bo'lmaganda 0 ga teng axborot deb oladi. Ikkinchi 
tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash sistemasi ikkita belgidan iborat bo'lishi yetarli 
bo’ladi. Endi belgilarni ikkita belgi orqali qanday kodlash mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni 
farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; 
ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 1 raqami 
bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi 
yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:
A-01000001 H-01001000 M-01001101 T-01010100
В-01000010 К-01001011 О-01001111 U-01010101


18 
D-01000100 I -01001001 R-01010010 Х-01011000
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos 
qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli о’rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni 
kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin 
almashtirishlar soni 
ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli 
boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.
KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu tartibda yondashiladi. 
Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga 
bog'liq bo'lgan holatdir.
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash 
usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga 
ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi 
raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har 
bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard 
Code for Information Interchange-axborotlarni almashtirishni amerikancha standart kodi) jadvali 
hosil bo'ladi. Axborot inson uchun - bilimdir. Inson o‘z bilimi orqali axborot bilan nima qilar 
ekan?
Birinchidan, inson axborotni o‘z shaxsiy xotirasida ("aqlida" deb ham aytiladi) yoki 
qandaydir tashki xotirada (qog‘ozda) saqlaydi. Ushbu biz biladigan jami malumotlardan doimo 
foydalanishimiz mumkin. Masalan, agar siz ko‘paytirish jadvalini yodlagan bo‘lsangiz, besh 
karra besh necha bo‘lishini hech bir narsaga qaramasdan darhol javobini aytishingiz mumkin. Har 
bir kishi uzining manzilini, telefon raqamini shunindek, yaqin kishilarining manzili va telefon 
raqamlarini yaxshi biladi. Agarda yodingizdan ko‘tarilgan manzilgoh yoki telefon raqamiga 
zaruriyat tug‘ilsa, unda yozuv daftarchasi yoki telefon ma‘lumotnomasi yordamga keladi. 
Insonning shaxsiy xotirasini operativ xotira deyish mumkin. Bu yerdagi "operativ" so‘zi "tezkor" 
so‘zining sinonimidir. O‘zlashtirilgan bilim insonda bir zumda xotiralanadi. Shaxsiy xotirani ichki 
xotira deb ham atashimiz mumkin. U inson ichki organizmidagi miyada joylashgan. Yozuv 
daftarchasi, ma‘lumotnomalar, magnitofon lentasi va shu kabilarni axborotni tashqi saqlovchilari 
deb ataymiz. Ular bizning xotiramiz uchun yordamchi vazifasini o‘taydi. Tashqi manbaadagi 
axborotdan foydalanish uchun dastlab mazkur axborot "tezkor" qilinadi (masalan, telefon raqami 
o‘qiladi), so‘ngra esa ko‘rsatma bo‘yicha foydalaniladi(apparatdan raqam teriladi). Inson tezkor 
axborotni unutishi mumkin. Tashqi omildagi axborot esa ishonchli saqlanadi. Kitoblar va undagi 
yozuvlarni xuddi bizning tashqi xotiramiz kabi kengaytirilgan xotira deb qarash mumkin.
Ikkinchidan, inson doimo axborotni uzatish jarayonida ishtirok etishiga to‘gri keladi.
Ushbu jarayon insonlar o‘rtasidagi bevosita suhbat, xatlar, aloqaning texnik vositalari bo‘lgan 
telefon, radio, televidenie orqali amalga oshirilishi mumkin. Aloqaning bunday vositalari
axborotni uzatish kanallari deb ataladi. Agarda axborotni uzatish kanallarini sifati yomon yoki 
uzatish liniyasida xalaqit beruvchi omillar(shovqinlar) bo‘lsa, u holda uzatish jarayonida axborot 
o‘zgarishi yoki yo‘qolishi mumkin. Ko‘pchiligingiz yomon telefon aloqasidan foydalanish 
qanchalik og‘ir ekanligini yaxshi bilasiz.
Axborotni uzatish doimo ikki yoqlama, axborot manbaasi va axborotni qabul qiluvchi 
jarayondan iborat bo‘ladi. Manbaa axborotni uzatadi(junatadi), qabul qiluvchi esa uni oladi (o‘ziga 
qabul qiladi). Siz kitobni o‘qiganingizda yoki o‘qituvchini tinglaganingizda axborotni qabul 
qiluvchi hisoblanasiz, adabiyotdan insho yozganda yoki darsda o‘qituvchiga javob berganda esa 
axborotni uzatuvchi bo‘lasiz. Ko‘rinib turibdiki, inson o‘z faoliyati davomida doimo axborotni 


19 
qabul qilish yoki uzatish rolini bajaradi. Uchinchidan, inson doimo axborotga ishlov berish bilan 
mashg‘ul bo‘ladi. Bunga quyidagicha misollar keltirish mumkin:

yangi axborotni matematik hisoblashlar yoki mantiqiy fikrlash orqali olishimiz 
mumkin. Masalan, matematik masalani yechimi, yig‘ilgan dalillar bo‘yicha jinoyatni ochish;

mazmunini o‘zgartirmasdan axborot ko‘rinishini o‘zgartirish.
Masalan, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish, matnni shifrlash (kodlashtirish);

axborotni tartiblash (saralash). Masalan, sinf o‘quvchilarini familiyasini alifbo 
bo‘yicha tartiblash; poezdlarning qatnash jadvalini vaqt bo‘yicha tartiblash;

bir necha axborotlar to‘plamidan kerakli axborotni topish. Masalan, telefon 
raqamlari yozilgan kitobdan zaruriy raqamni izlash; xorijiy so‘zni lug‘atdan foydalanib topish, 
aeroportda samolyotlarni qatnash jadvalidan
samolyotning reysi haqida ma‘lumot izlash.
Bajarilayotgan axborot ustida ishlash axborotli jarayon deb ataladi. Axborotli jarayonning 
quyidagi uchta tipi mavjud: saqlash, uzatish va ishlov berish.
Inson o‘zini o‘rab turgan borliqdan axborotni quyidagi beshta sezgi organlari, ya‘ni
ko‘rish, eshitish, ta‘lim, oid va sezish orqali qabul qiladi:
Masalan, ko‘chada ketayotganimizda ko‘zimiz orqali axborot yigamiz. Ko‘zning nerv 
hujayralarida yuqolgan axborot murakkab ravishda almashinadi va bosh miyaning ko‘rish 
bo‘limlariga uzatiladi. Bu yerda axborotga navbatdagi ishlov beriladi va ishlov natijasidan shu 
zahotiyoq foydalaniladi. Muskullarimizga signallar (axborotlar) yuboriladi. Buning natijasida biz 
svetofor chirog‘iga qarab yo‘ldan o‘tishimiz yoki to‘xtashimiz mumkin. Demak, axborotni qabul 
qilish, yig‘ish, ishlov berish, saqlash va uzatish mumkin ekan.
Axborotni 90 % dan ortig‘ini ko‘rish va eshitish orqali qabul qilamiz. Masalan, biologiya 
darsida usimliklarni o‘rganamiz, ya‘ni o‘simliklarni hayoti haqida "axborot olamiz". Biror-bir 
issiq predmetga qo‘limiz tegib ketsa, dargol qo‘limizni tortib olamiz. Bu vaziyatda bosh miyamiz 
mazkur predmetning yuqori temperaturaga ega ekanligi haqida "axborot oladi". Avtobusda 
ketayotsak motorning shovqinini eshitamiz. Shovqin biz uchun odatiy hol, lekin tajribali shafiyor 
uchun esa bu-axborot. U ushbu axborotni eshitish orqali avtobus motorini texnik holatini hamda 
ishlash sifatini aniqlashi mumkin.
Xush axborot nima o‘zi? Bu savolga javob berish uchun e‘tiborni dastlab o‘zaro bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ikki ob‘ektga, ya‘ni axborot manbaasi va axborot iste‘molchisiga 
qaratish zarur. Tabiiy ob‘ektlar - planetalar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar dunyosi,
o‘rmonlar, ilmiy tadqiqotlar, mashinalar va hokazolar axborot manbaidir. Odamlar, hayvonlar, 
o‘simliklar, turli xil texnikalar va shu kabilar axborot iste‘molchisidir. Shuning uchun ham hozirda 
axborot tushunchasi sezilarli darajada kengaymoqda.
Axborot ob‘ektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to‘plamidir.
Olingan axborotlar belgili, matnli va grafikali ko‘rinishda ifodalanadi.
Belgili ko‘rinishdagi axborot asosan harflar, raqamlar, belgilar va shu kabi belgilar ko‘rinishdan 
iborat bo‘ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo‘lmagan signallarni uzatish uchun 
foydalaniladi. Masalan, kuchadagi svetoforning yashil chirog‘i transport va odamlarni 
harakatlanishini bildirsa, qizil chiroq esa, aksincha harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chiroq esa 
ko‘cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi.
Matnli ko‘rinish axborotni tasvirlashning deyarli murakkab ko‘rinishidir. Bunda ham 
yuqorida keltirilganidek harflar, raqamlar, matematik belgilardan foydalaniladi. Lekin, axborotni 
tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan foydalanamiz, balki ularni tutgan o‘rni ham muhim 
ahamiyatga egadir. Masalan, "nok" va "kon" so‘zlari bir xil harflardan iborat bo‘lsada, lekin turli
xil axborotni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng foydalaniladi. Jahonda juda ko‘plab 
kitoblar, oynomalar, kundalik ro‘znomalar va hokazolar matnli ko‘rinishda chop etilmoqda.


20 
Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkabli ko‘rinishi grafikali ko‘rinish 
hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko‘rinishi, fotografiya, chizmalar, sxemalar, 
rasmlar va hokazolar kiradi.
Bir-birimiz bilan o‘zaro almashinayotgan axborotlar nutq yoki yozma shaklda bo‘lib,
belgili axborotlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlar va boshqa 
belgilardan iborat bo‘ladi.
Og‘zaki nutq ham belgilardan iborat, lekin bu belgilar yozma emas balki ovozlidir.
Tilshunoslar buni fonemlar deb ataydilar. Fonemlardan so‘zlar yig‘iladi, so‘zlardan esa iboralar 
hosil bo‘ladi. Yozma belgilar va ovozlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud. Dastlab ovoz,
so‘ngra yozuv paydo bo‘lgan. Inson nutqini qog‘ozga tushirishni zarurati tufayli, yozuvga bo‘lgan 
ehtiyoj paydo bo‘lgan. Alohida harflar yoki harflar birikmasi nutq ovozini, tinish belgilar esa 
pauzalarni, intonatsiyalarni ifodalaydi. Inson nutqi va yozuvi tilni tushunish bilan qattiq 
bog‘liqdir. Albatta, bu yerda nutq organi nazarda tutilgani yo‘q, balki odamlar orasidagi muomala 
formasi nazarda tutilayapti. Muomala tili milliy xarakterga ega. Uzbekcha, qozoqcha, ruscha, 
inglizcha, xitoycha, fransuzcha va boshqa bir qancha tillar mavjud. Tilshunoslar ushbu tillarni 
tabiiy tillar deb ataydilar.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling