3- MA’RUZA. IQTISODIYOTDA FOYDALANADIGAN DASTURIY MAHSULOTLAR
REJA:
1. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti va uning tasnifi
2. Tizimli dasturiy ta‘minot va uning vazifalari
3. Operatsion sistema funksiyalari
4. Amaliy dasturiy ta‘minot va uning tarkibi
5. Windows operatsion sistemasining umumiy ta‘rifi
6. Windows XP, UNIX operatsion sistemalarining vazifalari va foydalanuvchi
interfeyslari
7. Microsoft Office paketining tarkibi, funksiyalari va qo‘llanish sohalari
1. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti va uning tasnifi.
Kompyuterning dasturiy ta‘minoti deganda, hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan
dasturlar majmuasi tushuniladi. Dasturiy ta‘minot kompyuterning ajralmas qismi bo‘lib, u texnik
vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Aniq bir kompyuterning qo‘llanish sohasi uning
uchun yaratilgan dasturiy ta‘minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Zamonaviy
kompyuterlarning dasturiy ta‘minotlarini quyidagi uchta toifaga ajratish mumkin:
Amaliy dasturlar, foydalanuvchilar tomonidan zarur bo‘lgan ishlarni bajarilishini
bevosita ta‘minlaydi.
Tizimli dasturlar, turli xil funksiyalarning bajarilishini ta‘minlaydi, masalan:
kompyuterning resurslarini boshqaradi; foydalanilayotgan axborotning nusxalarini tuzadi;
kompyuter qurilmalarining ishlash imkoniyatini nazorat qiladi; kompyuter haqida ma‘lumotnoma
taqdim qiladi va hokazo.
Instrumental dasturlar, kompyuterlar uchun yangi dasturlar tuzishni osonlashtiradi. Bu
kategoriyalarning har biri o‘ziga minglab dasturlarni qamrab olishini hisobga olib, ularni quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
Amaliy dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchilar: matn muharrirlari, elektron jadvallar, grafik
muharrir dasturlari, ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi; integrallashgan dasturlar paketi;
Amaliy dasturiy ta‘minot foydalanuvchining aniq muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir
muammo sohasida ishlatishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar paketini o‘zida qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |