Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

3. Operatsion sistema funksiyalari.  
Operatsion sistema(OS)- bu kompyuter zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni yuklash 
va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, 
shuningdek foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta‘minlovchi dasturiy vositalar 
yig‘indisidir.
Operatsion sistema – bu dastur bo‘lib, foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasida 
vositachilik funksiyasini bajarishda ikkita maqsad uchun xizmat qiladi: kompyuter resurslarini 
samarali taqsimlash va foydalanuvchining samarali ishlashi uchun imkoniyat yaratish.


24 
Kompyuterning resurslari deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: protsessorning ishlash 
vaqti, asosiy xotiraning manzilli kengligi, kiritish-chiqarish vositalari, tashqi xotirada saqlanuvchi 
fayllar.
Operatsion sistemalar foydalanuvchining ishini tashkil qilish muhiti bilan birga turli xil 
dasturlarning bajarilishini va o‘zaro aloqa muhitini belgilaydi.
Operatsion sistema funksiyalari:

foydalanuvchi bilan muloqotni ta‘minlash;

ma‘lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish;

ma‘lumotlarni dasturda qayta ishlash jarayonini rejalashtirish va tashkil etish;

resurslarni taqsimlash(operativ va kesh xotiraga, protsessorga, tashqi qurilmalarga); - 
bajarish uchun dasturni yuklash

yordamchi xizmat qilishning barcha mumkin bo‘lgan operatsiyalarni bajarish;

turli xil ichki qurilmalar o‘rtasida axborotlarni uzatish;

monitor, klaviatura, diskli yig‘uvchilar, printerlar va boshqa qurilmalar ishlashini dasturiy 
qo‘llab-quvvatlash;

ishlayotgan dasturlar o‘rtasida axborot almashuvini ta‘minlash.
Bir aniq vaqtning ichida bajaradigan vazifalariga va foydalanuvchilar soniga qarab
operatsion sistemalarni quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

bir foydalanuvchili bir vazifali, bitta kompyuterda bajariladigan, faqat bir masala bilan 
ishlaydigan;

bir foydalanuvchili ko‘p vazifali, bir foydalanuvchida bir vaqtning o‘zida bir nechta masalalar 
bilan ishlaydigan;

ko‘p foydalanuvchili ko‘p vazifali, yoki serverli, bitta kompyuterda ko‘p foydalanuvchilarga 
bir vaqtning o‘zida bir nechta masalalar bilan ishlaydigan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling