23
4.
Maxsus muammoli ta‘minlashda muammoli masalalar yechimining dasturiy paketlari
ishlab
chiqilib, kompyuterda yechiladi. Demak, har qanday iqtisodiy jarayon muammolari
dasturlash tizimlari orqali hal qilinadi.
Dasturiy ta‘minot tizimining tasnifi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Dasturiy ta’minot tizimining tasnifi.
Tizimli dasturiy ta‘minotning vazifalari
•
Tizimli utilitalar. Tizimli utilitalar kompyuterning apparat vositalariga, ayniqsa,
tashuvchilarga, operatsion tizimlar va boshqa ilovalarga xizmat qilishga mo‘ljallangan.
•
Testlash va diagnostika dasturlari. Bu dasturlar kompyuter va har bir uzellarining ishlash
imkoniyatlarini tekshirish, mavjud, yuzaga kelgan yoki potentsial nosozliklarni aniqlash uchun
xizmat qiladi.
•
Yig‘uvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar. Diskli yig‘uvchilar
va ularda saqlanadigan
axborotlarga xizmat qilishga mo‘ljallangan dasturlar sinfi.
•
Diagnostika dasturlari disk yig‘uvchilarida joylashtirilgan axborotlarning mantiqiy
tarkibidagi nosozliklarni aniqlaydi va bartaraf qiladi.
•
Difragmentator dasturlari disklarda axborotlarni joylashtirishni
shunday tartiblaydiki,
natijada ularga murojaat qilish yoki kirishning maksimal tezligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: