5. Axborotning o`lchov birliklari.
Kompyuter faqat sonli ko`rinishda ifodalangan axborotni qayta ishlay oladi. Shuning uchun
kompyuterda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan axborotni sonli ko‘rinishda tasvirlash kerak.
Boshlang‘ich ma‘lumot kompyuterga kiritilishi jarayonida har bir raqamga, harfga va belgiga
ma‘lum bir son mos qo‘yiladi. Kelgusida kompyuterga ishlatiladigan barcha harflarni, raqamlarni
va belgilarni qisqaroq belgi yoki simvol deb ishlatamiz. Belgilar bilan ularga mos quyiladigan
sonlar orasida moslik o‘rnatish belgilarni kodlash deyiladi. Kompyuterda barcha belgilar 0 va 1
raqamlari yordamida kodlanadi. Bunday kodlash ikkili kodlash deyiladi. 0 va 1 raqamlari bitlar
deb ataladi. Bu atama quyidagi ingliz so‘zlarida kelib chiqqan: binory digit – ikkilik raqamlar. Har
bir belgi 8 ta 0 va ular ketma-ketligi ko‘rinishida kodlanadi. Masalan, katta A harfining kodi, 9
raqamining kodi, + va belgilarining kodi quyidagicha
A 01000001 + 00101011
9 00110011 ) 00101001
Sakkizta 0 va 1 larning ketma-ketligi bir bayt deyiladi. Demak, har bir belgi bayt 8 bitga
barobar. Berilgan ma‘lumotdagi belgilar sonini sanab, ma‘lumotning axborot hajmi tushunchasini
kiritish mumkin. Masalan, “Hisoblash texnikasi fani” degan ma‘lumotning axborot hajmi 24 ta
baytdan iborat. Bit va bayt bilan birga ulardan kattaroq axborotning quyidagi o‘lchov birliklari
ham mavjud. Umuman olganda o‘lchov birliklarni quyidagicha keltirishimiz mumkin: 1 bayt=8
bit
1 Kbt=1024 Bt
1 Mt=1024 KBt
1 Gbt=1024 MBt
1 Tbt=1024 GBt
Takrorlash uchun savollar
1. Iqtisodiy axborot nima?
2. Axborot adekvatligi deganda nimanu tushunasiz?
3. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari haqida ma’lumot bering.
4. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi haqida fikr bildiring. 5. Axborot o`lchov
birliklari haqida ma’lumot bering.
21
22
Do'stlaringiz bilan baham: |