Ruza. Kimyoviy reaksiya turlari. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari
Reaksiya unumi yoki mahsulot unumi
Download 177.5 Kb.
|
4-Mavzu Kimyoviy reaksiya turiari. Anorganik birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining turlari. Oksidlovchilar va qaytaruvchilar.
- Mavzu: Oksidlar
Reaksiya unumi yoki mahsulot unumi. Amalda hamma kimyoviy reaksiyalarda olingan reaksiya mahsulotlari massasi, dastlabki moddalar massalariga teng bo’lmaydi. Uskunalar va texnologik jarayonlarning mukammal emasligi, tajribani bajaruvchining o’ta mohir emasligi natijalarida reaksiya mahsulotlari miqdori hamisha tenglamalar bo’yicha hisoblangandagidan kam bo’ladi. Shu bilan bog`liq holda reaksiya unumi yoki mahsulot unumi degan kattalik kiritilgan. Mahsulot unumi – amalda olingan mahsulot massa, miqdor yoki hajmda, reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblangan (nazariy mumkin bo’lgan) massa, miqdor yoki hajmning qanday qismini tashkil qilishini ko’rsatadigan kattalikka aytiladi. Mahsulot unumi odatda birning qanday ulushida yoki foizlarda (%) ifodalanadi va η bilan belgilanadi: Foizlarda ifodalanganda topilgan qiymat 100 ga ko’paytiriladi yoki tenglamaga 100 qo’yiladi. Masalan biror reaksiyada mahsulot unumi 0,75 (75%) ga teng bo’lsa, bu reaksiyada 0,25 (25%) mahsulot yo’qolganini anglatadi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining turlari. Oksidlovchilar va qaytaruvchilar. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan barcha kimyoviy reaksiyalarni tupga bo’lish mumkin: 1. Reaksiya natijasida elektronlar bir atomdan boshqasiga o’tmaganligi yoki elektronlar jufti siljimaganligi uchun, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar. Masalan: H2SO4+2NaOH=Na2SO4+2H2O Ushbu reaksiyalarda ishtirok etayotgan moddalarda birorta ham elementnig oksidlanish darajalari o’zgarmagan. 2. Reaksiya jarayonida elektronlar bir atomdan boshqasiga o’tishi yoki elektron juftlarining siljishi natijasida reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar. Ikkinchi tipdagi reaksiyalarga yoki reaksiyaga kirishayotgan molekulalar tarkibiga kiradigan elementlarning oksidlanish darajalarini o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish rekstiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalar orasida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko’p tarqalgan reaksiyalar qatoriga kiradi. Nafas olish, fotosintez, modda almashinish va qator biologic hamda kimyoviy jarayonlar asosida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yotadi. Sanoatda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati juda katta. Hamma metallurgiya sanoati oksidlanish-qaytarilish reakstiyalariga asoslangan bo’lib, ularning borishida tabiiy birikmalardan metallar ajratib olinadi.
Umumiy formulasi: R2On Ularni nomlash uchun element nomidan keyin “oksid” so‘zi qo‘shiladi. Agar element o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, uning valentligi rim raqami bilan qavs ichida ko‘rsatiladi. Na2O – natriy oksidi, CO – uglerod (II) oksidi, Mn2O7 – marganets (VII) oksidi. Amalda He, Ne va Ar dan boshqa barcha elementlarning oksidlari ma’lum. Oksidlar quyidagicha bo‘linadi: Indefferent (befarq) oksidlar – ular tuz hosil qilmaydi. Masalan, N2O, NO, CO. Tuz hosil qiluvchilar 3 ga bo‘linadi: Asosli oksidlar – suv bilan ta’sirlashib asoslarni hosil qiladi. Masalan, Li2O – Cs2O, CaO – BaO, MgO, FeO, CuO. Kislotali oksildar – ya’ni angidridlar. Ular suv bilan ta’sirlashib kislotalarni hosil qiladi. Masalan, CO2, N2O5, SO3, CrO3, Mn2O7, Cl2O7. Amfoter oksidlar – ham kislota ham asos hosil qiluvchi oksidlar. Masalan, BeO, ZnO, SnO2, PbO2, Al2O3, Fe2O3. Olinishi. Elementlarning bevosita kislorod bilan ta’siridan: C+O2=CO2 2Mg+O2=2MgO Asoslarni parchalab olinadi: Ca(OH)2→CaO+H2O Cu(OH)2→CuO+H2O Tuzlarni parcahalab olinadi: Mg(HCO3)2→MgO+2CO2+H2O Cu(NO3)2→CuO+2NO2+1/2O2 Murakkab moddalarni yoqib olinadi: 2CuS+3O2=2CuO+2SO2 Fizikaviy xossalari. Asosli oksildar qattiq moddalar bo‘lib, faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari suvda yaxshi eriydi. Kislotali oksidlar gaz, suyuq va qattiq holda bo‘ladi. Kimyoviy xossalari.
Asosli oksidlardan faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlari suv bilan ta’sirlashadi: Na2O+H2O=2NaOH CaO+H2O=Ca(OH)2 Kislotali oksidlar suvda erib kislotalarni hosil qiladi: SO3+H2O=H2SO4 Cl2O7+H2O=2HClO4 Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiladi: CaO+SO2=CaSO3 Asosli oksidlar kislotalarda erib tuz hosil qiladi: FeO+H2SO4=FeSO4+H2O Kislotali oksidlar asoslar bilan ta’sirlashadi: N2O5+Ca(OH)2=Ca(NO3)2+H2O Amfoter oksidlar kislota va asoslar bilan ta’sirlashadi: ZnO+2NaOH=Na2ZnO2+H2O ZnO+2HCl=ZnCl2+H2O Oksidlar dissosilanmaydi. Download 177.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling